O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendumda ovoz berish byulletenlarini yetkazib berish



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

30-modda. Referendumda ovoz berish byulletenlarini yetkazib berish
Oldingi
 tahrirga qarang.


Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari ovoz berish byulletenlarini referendum
o‘tkaziladigan kunga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun
qolganida okrug komissiyalaridan oladi. Ovoz berish byulletenlari berilganligi va olinganligini
referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi
tegishli hujjatda o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi oladigan ovoz berish byulletenlarining soni
uchastka bo‘yicha ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar sonining yarim foizidan ko‘p bo‘lishi mumkin
emas. Ovoz berish byulletenining o‘ng tomoni yuqori burchagiga referendum o‘tkazuvchi uchastka
komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining
muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan ovoz berish
byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchilar soni haqida O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ovoz berish byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib
berilishini ta’minlaydi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə