O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatlari xususida bahslashuv



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

28-modda. Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatlari xususida bahslashuv
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidagi xato yoki
noaniqlik to‘g‘risida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasiga arz qilishi mumkin.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi yigirma to‘rt soat ichida bunday arizani tekshirib
chiqishi va xatolarni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari ko‘rsatilgan holda
ma’lumotnoma berishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda
belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
29-modda. Referendumda ovoz berish byulleteni
Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendumda ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masalaning matni aniq
aks ettiriladi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari “ha” yoki “yo‘q” yoxud “rozi” yoki “qarshi”
deb ko‘rsatiladi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-796-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
Referendumga bir nechta masala qo‘yilganda ular bitta ovoz berish byulleteniga kiritiladi,
ketma-ket raqamlab chiqiladi va biri ikkinchisidan gorizontal chiziqlar bilan ajratiladi. Qonun
loyihasi biron-bir moddasining muqobil matnlari ham ketma-ket raqamlab chiqiladi va biri
ikkinchisidan gorizontal chiziqlar bilan ajratiladi.
Ovoz berish byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bo‘lishi kerak.
Byulletenlar davlat tilida, shuningdek referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining qaroriga
binoan tegishli referendum okrugi aholisining ko‘pchiligi muomala qiladigan tillarda chop etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ovoz berish byulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi mumkin.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli 
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-
son)

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə