O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

2-modda. Referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar
Quyidagi masalalar referendum predmeti bo‘lishi mumkin emas:
O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o‘zgartirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar;
amnistiya va afv etish;
jamoat tartibini, aholi sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha favqulodda va shoshilinch
chora-tadbirlar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni
bajarish;
mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
3-modda. Referendum o‘tkazilishini istisno etadigan holatlar
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilgan harbiy vaqt yoki favqulodda holat
sharoitlarida, shuningdek harbiy vaqt tugagan yoki favqulodda holat bekor qilingandan keyin uch
oy davomida referendum o‘tkazilmaydi.


Referendum natijalari rasman e’lon qilingandan keyin bir yil davomida mazmun yoki
ma’nosiga ko‘ra xuddi shunday savol qo‘yilgan referendum o‘tkazilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
4-modda. Referendum to‘g‘risidagi qonunchilik
Referendum to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi
, ushbu
Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. Referendum o‘tkazishning asosiy prinsiplari
Referendum fuqarolarning o‘z xohish-irodasini umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bildirishi
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini referendumda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka
majbur qilish maqsadida ularga, shuningdek xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga
hech kim haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda teng asoslarda ishtirok etadilar. Har bir
fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi.
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
Fuqarolarning o‘z xohish-irodasini bildirishi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda bevosita ishtirok etadilar.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə