O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendumga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

10-modda. Referendumga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish


O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari referendum o‘tkazilishini yoqlab yoki unga qarshi, referendumga qo‘yilayotgan qonun
loyihasi, amaldagi qonun yoki boshqa masalani yoqlab yoki unga qarshi moneliksiz tashviqot olib
borishga haqlidirlar.
Referendumga qo‘yiladigan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish maqsadida radio,
televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
Tashviqotni fuqarolarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish
(axborot xizmatlari bundan mustasno), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish
taqiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendum o‘tkaziladigan kunda va referendumni o‘tkazishga bir kun qolganda tashviqot
yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
II. REFERENDUMNI TAYINLASh
11-modda. Referendumni o‘tkazish tashabbusi
Referendumni o‘tkazish tashabbusi bilan:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;
(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi
714-II-son 
Qonuni
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-
modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi mumkin.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
ko‘rsatib o‘tilgan subyektlar referendum o‘tkazish
to‘g‘risidagi tashabbusni ko‘rsatishda, referendumga qo‘yiladigan qonun loyihasini yoki o‘zga qaror
loyihasini ishlab chiqishda, shuningdek masala ta’rifini (mohiyatining aniq ifodasini) belgilashda
teng huquqlarga egadirlar.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə