O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendumda ishtirok etish huquqi



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

6-modda. Referendumda ishtirok etish huquqi
Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to‘la haqlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir
jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida
saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda
sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning
referendumda ishtirok etish huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli
Konstitutsiyaviy 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-
son)
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga
munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish
huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.
7-modda. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda oshkoralik
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda qatnashayotgan davlat organlari va
jamoat birlashmalari o‘z faoliyatlarini oshkora amalga oshiradilar.
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni referendum o‘tkazuvchi komissiyalar
amalga oshiradilar. Ular fuqarolarni o‘z ishlaridan, okruglar, ovoz berish uchastkalari tuzilganligi,
komissiyalarning tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, ovoz beruvchi
fuqarolarning ro‘yxatlari bilan tanishtiradilar, ovoz berish yakunlaridan xabardor qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari referendumga tayyorgarlikning
borishi va u qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə