O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari ustidan tushgan



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

25-modda. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari ustidan tushgan
shikoyatlarni ko‘rib chiqish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolar, shuningdek kuzatuvchilar referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari
ustidan ushbu qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul
qilinganidan keyin besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, agar referendumga olti kundan kam vaqt qolgan
bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqiladi. Shikoyat bergan shaxslar shikoyatni ko‘rib chiqishda bevosita ishtirok
etish huquqiga ega.
(25-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
25 -modda. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi
Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar referendumni o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik
shaxslarning ushbu Qonun talablari buzilganligi yoki referendumni tashkil etishning boshqa
masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqishi,
ushbu murojaatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar
berishi, referendumga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni
esa darhol ko‘rib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning
harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
Murojaatlar qaydlov daftarida ro‘yxatga olinishi lozim.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyaning raisi murojaatni ko‘rib chiqish va unga doir qaror
qabul qilish uchun tegishli komissiyani ushbu Qonunda belgilangan muddatlarda chaqiradi va
uning majlisini o‘tkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolatiga kirmaydigan referendum o‘tkazuvchi uchastka
komissiyasiga kelib tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan
shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.
Murojaatni ko‘rib chiqqan referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolari uni ko‘rib chiqish
natijalari va qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
(25 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə