O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini tuzish



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

21-modda. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini tuzish
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon
qilinganidan keyin okrug komissiyasi tomonidan yigirma besh kundan kechikmay besh — o‘n
to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan komissiya raisi, rais o‘rinbosari va kotibidan iborat tarkibda
tuziladi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tarkibining soni zarur bo‘lgan hollarda
ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisining vazifalarini ularning rahbari
amalga oshiradi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif
etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama
qilinadi hamda tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya
etiladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
22-modda. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi:
1) uchastka bo‘yicha referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning
ro‘yxatini tuzadi;
2) fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar
va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli
o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
(22-modda birinchi qismining uchinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi
O‘RQ-563-sonli 
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y.,
03/19/563/3685-son)
4) aholini ovoz berish o‘tkaziladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor etadi;
5) ovoz berish xonalari, kabinalari va qutilari hamda boshqa ashyolar tayyorlab qo‘yilishini
ta’minlaydi;
6) referendum uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
7) referendum uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
8) ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni o‘tkazish masalalari yuzasidan tushgan
ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.


9) ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga
oshiradi.
(22-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə