O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


IV. REFERENDUM O‘TKAZUVChI KOMISSIYALARNI TUZISh VA ULARNING VAKOLATLARI



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

IV. REFERENDUM O‘TKAZUVChI KOMISSIYALARNI TUZISh VA ULARNING VAKOLATLARI
17-modda. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar
Referendumni tashkil etish va o‘tkazish quyidagi komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendum o‘tkazish bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat, tuman va shahar hokimiyat vakillik organlariga saylovlar o‘tkaziladigan
bo‘lsa, referendumni o‘tkazish tegishli saylov komissiyalari zimmasiga yuklanishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son 
Qonuni
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi:
O‘zbekiston Respublikasida referendum o‘tkazish uchun tashkil etiladigan referendum
o‘tkazuvchi komissiyalar tizimiga boshchilik qiladi, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida
ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlaydi;
referendum o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi,
referendumni tashkil etish masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi,
yo‘riqnomalar chiqaradi, nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatidan foydalanishga doir
faoliyatga umumiy rahbarlikni va bu faoliyatni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
referendumni o‘tkazuvchi okruglarni tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan referendum uchastkalarini tegishli okruglarga biriktirish to‘g‘risidagi masalalarni
hal etadi;
referendumni o‘tkazuvchi okrug komissiyalarini tuzadi, shuningdek ularning joylashgan eri
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
referendumni o‘tkazuvchi komissiyalar tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
agar referendumni o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining qarorlari ushbu Qonunga zid bo‘lsa,
ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning referendumdagi kuzatuvchilariga mandatlar
beradi;
referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasini ishlab
chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablag‘larini referendumni o‘tkazuvchi komissiyalarga taqsimlaydi,
referendumni o‘tkazuvchi komissiyalarning binolar, transport va aloqa vositalari bilan
ta’minlanishini nazorat qiladi, referendumni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa
masalalarni ko‘rib chiqadi;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari, ommaviy axborot
vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun mandat
namunasini belgilaydi;
referendumda ovoz berish byulletenlarining, referendumda ishtirok etish huquqiga ega
fuqarolar 
ro‘yxatlarining, 
imzo 
varaqalarining, 
referendum 
o‘tkazuvchi 
komissiyalar
bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namunalari hamda shakllarini, ovoz berish
qutilarining va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar muhrlarining namunalarini, ularni saqlash
tartibini belgilaydi;
referendum o‘tkazuvchi komissiyalar, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va
idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari hamda nodavlat notijorat
tashkilotlari vakillarining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar
yuzasidan ma’lumotlarini eshitadi;
referendumning natijalarini aniqlaydi va referendum yakunlarini e’lon qiladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib
chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan referendum o‘tkazuvchi
komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
(18-moddaning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)


ushbu Qonunning talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki huquqni
muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
xorijiy mamlakatlardagi referendumlarni kuzatishda ishtirok etadi, shu jumladan xalqaro
tashkilotlarning missiyalari tarkibida ishtirok etadi;
xalqaro tashkilotlarni, chet davlatlarning saylov organlarini va vakillarini referendumni
kuzatish uchun taklif etadi;
referendumni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning idoraviy arxivlarga
topshirilishini ta’minlaydi;
jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ushbu Qonun bilan tartibga
solinmagan vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Saylov 
kodeksi 
va saylov to‘g‘risidagi boshqa
qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə