O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalariga a’zolik



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

23-modda. Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalariga a’zolik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga hamda
referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi
o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka
komissiyasining a’zolari bo‘lishi mumkin.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli 
Qonuniga
asosan
birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining,
sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar
referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pini bir tashkilotda
ishlaydigan shaxslar tashkil etadigan bo‘lsa, ular ushbu komissiya tarkibiga tavsiya etilishi mumkin
emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa
vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda
hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish
joylarida tashkil etilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari mustasno.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuniga 
asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Komissiyaning a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum
etilgan taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli
bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki o‘z vazifalarini muntazam ravishda
e’tiborsiz qoldirib kelgan taqdirda o‘z vakolatlaridan mahrum etiladi.
Zarurat bo‘lganda komissiyaning yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda
tasdiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(23-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuniga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y.,
03/22/779/0528-son)
Ayni bir shaxs referendum o‘tkazuvchi faqat bitta komissiyaga a’zo bo‘lishi mumkin.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə