Javob: 44-modda. Markaziy bankning vazifalari



Yüklə 196,52 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.12.2022
ölçüsü196,52 Kb.
#97491
BIA-91-2 Ungarov M Bank huquqi amaliy



 
 
Savol:
Markaziy bankning hukumat bilan munosabatlarini keltiring va asoslang 
Javob:

44-modda. Markaziy bankning vazifalari 
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal 
agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi. 
Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor 
barcha muhim masalalar bo‘yicha maslahat beradi. 
Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek 
monetar va valyuta siyosati bo‘yicha davlat budjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga 
olgan ma’ruzani taqdim etadi. 
 
45-modda. Davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida maslahatlar berish 
Hukumat kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz 
ajratish, shu jumladan ushbu qarz doirasida to‘lanadigan summalarni berish rejalari, shuningdek 
kredit berishning taklif etilayotgan muddatlari va shartlari to‘g‘risida Markaziy bank bilan 
maslahatlashadi. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan 
barcha qarzlar to‘g‘risida Markaziy bankka xabar beradi. 
 
46-modda. Depozitariy va kassirning vazifalari 
Markaziy bank hukumatning, shuningdek Moliya vazirligining ruxsatnomasi bo‘lgan 
taqdirda boshqa davlat organlarining pul mablag‘larini va valyuta qimmatliklarini depozitga 
qabul qilishi mumkin. Markaziy bank depozitariy sifatida pul mablag‘larini va valyuta 
qimmatliklarini oladi va beradi, ularning hisobini yuritadi. Markaziy bank ko‘rsatib o‘tilgan 
depozitlar yuzasidan foizlar to‘lashi mumkin. 
 
47-modda. Fiskal agentning vazifalari 
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlarda ish tutib, O‘zbekiston 
Respublikasi va davlat organlarining fiskal agenti sifatida: 
Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari chiqargan qarz majburiyatlarini 
joylashtirish, bu joylashtirishlarni ro‘yxatga olish va ularni topshirishda agent rolini bajarish
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymatini, ular bo‘yicha foizlar va boshqa 
to‘lovlarni to‘lash; 
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisobvaraqlari yuritish va ularga doir 
to‘lov operatsiyalarini bajarish
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish 
borasida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. 


Markaziy bank Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va davlat 
qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga 
ta’siri va monetar siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi. 
48-modda. Hukumatga kredit berish 
 
Kreditlar hukumatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan 
miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining
 
birinchi qismida
 
ko‘rsatilgan va bir yil ichida qiymati 
to‘lanadigan aktivlar garovga qo‘yilishi sharti bilan beriladi. 
Kredit berish hukumat va Markaziy bank o‘rtasida alohida kredit shartnomasi tuzish 
bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, to‘lanadigan foizlar 
normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi. 
Markaziy bank hukumatga obuna bo‘yicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki 
bu xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa to‘lovlar uchun ancha uzoq muddatli 
kreditlar berishga haqli. 
Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlaridan tashqari hollarda 
moliyaviy yordam berishga haqli emas. 
 
49-modda. Hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasida axborot almashuvi 
Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar. 
Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u o‘z vazifalarini bajarishi uchun 
zarur bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy axborot va hujjatlarni taqdim etadilar. 

Yüklə 196,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə