O‘zbekiston sharoitida yo‘bop beton qorishmasi tarkibidagi yirik to’ldiruvchilar xossalarini aniqlash Amirov Tursoat Jummayevich



Yüklə 21,19 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü21,19 Kb.
#104560
Maqola


O‘zbekiston sharoitida yo‘bop beton qorishmasi tarkibidagi yirik to’ldiruvchilar xossalarini aniqlash


Amirov Tursoat Jummayevich
Toshkent davlat transport universiteti, dotsenti
Raxmatov Suxrob Soli o’g’li
Toshkent davlat transport universiteti, magistranti

Transport vositalarining soni o'sishi va yo'llarda harakatning ortishi bilan yo'l qoplamasining ishonchliligi, xizmat ko'rsatishi va chidamliligiga talab ortib bormoqda. O'tgan o'n yil ichida, O'zbekistonning avtomobil parki bir necha barobar ko'paydi. Yo'l mutaxassislarining fikriga ko'ra, ayrim yo'llarda harakat intensivligi ruxsat yetilganidan 1,5-3 baravar yuqori bo‘lmoqda[1, 2]


Shu sababli ko‘plab magistral yo‘llarmizda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, ushbu yo‘llar asfaltbeton qoplamalaridan sementbeton qoplamalariga o‘tkazilmoqda. Bu esa o‘z navbatida yuk va yo‘lovchilarni tashishda har tomonlama qulayliklar yaratmoqda. Biroq, sementbeton qoplamali avtomobil yo‘llarini qurish bir muncha murakkab texnologik jarayon hisoblanadi.
Ogir betonlar uchun yirik to‘ldirgichlar sifatida GOST 8267-93 bo‘yicha zich tog’ jinslaridan olingan chaqiqtosh va shag’al, shuningdek GOST 26644 bo‘yicha IES shlaklaridan olingan chaqiqtosh va shlaklardan foydalaniladi.
Betonga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra, yirik to‘ldirgich quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tanlanadi: donadorlik tarkibi va eng katta yirikligi, tarkibida changsimon va gil zarralari, zararli aralashmalar borligi, donalarning shakli, mustahkamligi, bo‘sh jinsli donalarning borligi, petrografik tarkibi va radiatsiya-gigienik tavsifi[2].
Bugungi kunda A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yo‘lining 228-315 kmlar (87) oralig‘ida rekonstruksiya ishlari olib borilib, Xitoy Xalq Respublikasining “China Railway 20 Bureau Group Corporation” qurilish tashkiloti tomonidan to’rt tasmali sementbeton qoplamasi qurilmoqda. Ushbu kompaniyaning “CHINA RAILWAY 20 BUREAU GROUP CORPORATION MFF2/CWP3” labaratoriyasida yirik to’ldiruvchi (chaqiqtosh)


Foydalanilgan adabiyotlar

1. Amirov T.J, Raxmatov S.S X. J. . «Yangi yotqizilgan yo‘lbop beton qoplamasini parvarishlashda parda hosil qiluvchi polimer materiallardan foydalanish» // Toshkent davlat transport universiteti Transportda resurs tejamkor texnologiyalar. 2021. C. 246–250.


2. Amirov T.J. Avtomobil yo’llari va aerodromlar sementbeton qoplamalarini qurish / Amirov T.J., Tashkent: «Sano-standart», 2017. 256 c.


Yüklə 21,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə