O'zbekiston tarixi. Final indd


O‘rta Osiyo qadimgi tarixini davrlashtirish shartli ravishda quyidagicha namoyon bo‘ladi



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə23/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘rta Osiyo qadimgi tarixini davrlashtirish shartli ravishda quyidagicha namoyon bo‘ladi:


Tosh davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan zamon bo‘lib, moddiy manbalar va arxeologik yodgorliklar topilgan joylar nomiga qarab, alohida bosqichlar va madaniyatlarga bo‘linadi. Qadimgi tosh davri – paleolit tarixi bilan antropogenez – odamning paydo bo‘lishi va rivojlanishi muammosi bog‘lanadi.
Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo janubida ilk dav- latchilik tuzumiga o‘tish bosqichi bronza davriga to‘g‘ri keladi. Min- taqaning boshqa hududlarida ilk shaharlar va davlatlarning vujudga kelishi turli davrlar bilan belgilanadi. Ularning o‘troq dehqonchilik vilochtlarida va dasht chorvadorlar madaniyati sharoitida shaklla- nishi turlicha omillarga asoslangan. Mazkur xususiyatni ijtimoiy-iqti- sodiy munosabatlarni o‘rganish va tarixni davrlashtirish jarayonida hisobga olish lozim.
O‘rta Osiyo xalqlari ajdodlarining davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Asrlar davomida ular chet el bosqinchilari (ahamoniy- lar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli mahalliy sulolalar davrida o‘lkamizda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‘zgarib turdi. O‘rta Osiyo bronza davri tarixiga mansub yozma man- balar aniqlanmagan. «Avesto»da oila va jamoa, iqtisodiy va boshqaruv tizimiga oid, ya’ni kohin – «zaotara», jangchi – «ratayshtar», hunar- mand – «xuti», ziroatchi – «vastryoshan» hamda uy egasi – «nmanopa- ti», urug‘ jamoasi boshlig‘i – «vispati», zodagon – «azata», mulk – «gay- ta», uy-qo‘rg‘on – «maytana» kabi ijtimoiy qatlamlar va mulk egala- rini belgilab beruvchi maxsus tushunchalar mavjud. Ulardan ilk dav- latchilik tizimiga o‘tish va dastlabki davlatlarning rivojlanish tarixini o‘rganishda foydalanish mumkin.

O‘zbekistOn tarixi
O‘zbekiston tarixini o‘rganishda arxeologik davrlashtirish muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, qadimgi va o‘rta asrlar tarixni davr- lashtirish masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotning ijtimoiy-iqti- sodiy omillariga asosiy e’tibor qaratildi. Tarix fanida, Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan toki Sharqda ilk davlatchilik vujudga kelganigacha bo‘lgan davrni «Ibtidoiy jamiyat tarixi» deb atash rasm bo‘ldi. Milo- diy 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan vo- qealar kechgan «Qadimgi dunyo tarixi» deb ataldi. Yangi madaniy, ij- timoiy-iqtisodiy shakllar rivojini o‘z ichiga olgan olis jarayonlar tarixi turli-tuman arxeologik manbalar asosida o‘rganiladi.
«Qadimgi dunyo tarixi» ibtidoiy urug‘chilik tuzumining yemiri- lishi natijasida quldorlik davlatlarning vujudga kelishi, o‘rta asr- lar esa ularning o‘rnida feodal ishlab chiqarish usuliga asoslangan davlatchilikning tarixi sifatida tavsiflangan. Bunday yondashuv ijti- moiy-iqtisodiy formatsiyalarning shakllanishi, rivojlanishi, inqirozi, ya’ni tobora o‘sib almashuvi nazariyasiga asoslangan.
Shu bois O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar (V-VIII) davri G‘arbiy Yevropa- da feodal jamiyati vujudga kelishi sabablari, uning xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarining ayrim jihatlari bilan qiyoslandi.
O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini (mulkchilik, yer egaligi, mulkdorlar ahvoli, ijtimoiy guruhlarning o‘za- ro aloqalari) Yevropa ilk o‘rta asrlar jamiyati bilan qiyoslaganda qu- yidagi holatlar e’tiborga molik:

  • O‘rta Osiyoga nisbatan G‘arbiy Yevropada ilk o‘rta asrlar uzoq davr mobaynida rivojlangan (V asr oxiri – XI asr o‘rtalari);

  • G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari ilk o‘rta asrlar- da taraqqiyot jihatdan O‘rta Osiyodan orqada qolgan, misol uchun, franklar jamiyatida xususiy – oilaviy yer egalligi VI asrda shakllana boshlagan;

  • O‘rta Osiyoga nisbatan ilk o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada sha- harlar madaniyati rivojlanmagan (Fransiya, Angliya va Germaniyada dastlabki shaharlarning vujudga kelishi jarayoni X-XI asrda boshla- nadi), xo‘jalik shakllari va hunarmandchilik natural ahamiyatga ega bo‘lib, savdo-sotiq va tovar-pul munosabatlari sust taraqqiy topgan, hunarmandchilik esa qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqmagan;



  • Yüklə 8,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə