O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə22/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
madaniy komplekslar (majmualar) – sivilizatsiyalar belgilab berishi to‘g‘risida konsepsiya shakllangan. Shuningdek, turli mintaqalardagi jamiyatlar taraqqiyotiga geografik muhitning ta’siri, tabiiy sharoitning xilma-xilligi tufayli inson madaniyati umumiy tarixiy qonuniyat asosi- da taraqqiy topmagani kabi g‘oyalar paydo bo‘ldi.
Sovet davri tarixshunosligida umumjahon tarixiy jarayonlarning biryoqlama rivojlanishi tan olinib, madaniy-tarixiy konsepsiya, sivili- zatsiya yondashuvidan foydalanishga markscha nazariya to‘siq bo‘lib turdi. Bu nazariya mazmunida ijtimoiy sinflarning vujudga kelishi, hukmron sinflarning manfaatlarini himoya qilish zaruriyati, qara-

O‘zbekistOn tarixi
ma-qarshi sinflar o‘rtasidagi doimiy ziddiyatlar va kurashlar haqidagi
g‘oyalar katta o‘rin topgan edi.
bir necha yuz ming yillarni o‘z ichiga olgan eng qadimgi tarixni davrlashtirish haqida fanda yagona fikr yo‘q. Yevropa va Osiyo hudud- larida tarixiy va madaniy jarayonlar rivojlanishning notekisligi, ayniq- sa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi o‘zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi sababli, ayrim hududlarga tegishli sana va davrlashtir- ish bir-biridan farqlanadi.
Mehnat qurollari va hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarish- ning rivojlanishi va ularning xomashyo hamda ishlab chiqarish texni- kasi izchil o‘zgarishiga asoslangan qadimgi tarixning davrlarga bo‘li- nishi va sanasi tizimidan, ya’ni arxeologik davrlashtirishdan foydala- nish keng qo‘llaniladi. Umumiy ko‘rinishda bular tosh davri (paleolit, mezolit, neolit), mis-tosh davri (eneolit), bronza asri va temir davridir. Arxeologik davrlashtirish Yer tarixining geologik davrlari bilan so- lishtirgan holda, pleystotsen – muzlik davri arafasi va muzlik davri, golotsen – muzlik chekinishidan so‘ng davrlar ajratilib, ular Qadim- gi Sharqda mil. avv. IV mingyilikka qadar ibtidoiy jamiyat tarixiga to‘g‘ri keladi. XX asrda L.G.Morgan davrlashtirish tizimi tahrir qilingan bo‘lsa-da, uning ko‘p jihatlaridan foydalanildi. Ibtidoiy tarixining ilk bosqichi «ibtidoiy to‘da», ikkinchi bosqichi – «ibtidoiy urug‘ jamoa- si» va so‘nggi bosqichi – «harbiy demokratiya» davri deb atash rasm
bo‘ldi (S.P.Tolstov, M.O.Kosven, A.M.Xazanov va boshq.).



Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə