Tarixiy geografiyasi va kartografiyasi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix23.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#155708
5487 (1)



SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
161 
JILD:01 NASHR:07 2022 yil
 
O’RTA OSIYONING IBTIDOIY JAMOA VA ANTIK DAVRDAGI 
TARIXIY GEOGRAFIYASI VA KARTOGRAFIYASI 
 
Davlatov Orziqul Bahodirovich, Turdiyev Sanjar Sobir o’g’li 
Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti talabasi 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada O‟rta Osiyoning qadimgi tarixini o'rganishda antik davr 
mualliflarining asarlaridan foylanilgan.Ular bergan malumotlar Qadimgi O'rta Osiyo tarixini 
o'rganishdagi qanchalik ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatib o'tilgan.Shuningdek ular aytib o'tgan joy 
nomlari hozirgi qaysi hududga to'g'ri kelishi yoritib o'tilgan. 
Kalit so’zlar:
Baqtriya, Girkan dengizi, Xorazm, Pont dengizi, Parapamiz tog'lari, Pyankov, 
Strabon malumotlari. 
O‟rta Osiyo hududida joylashgan tarixiy viloyatlar, davlatlar arxeologik madaniy yodgorliklar 
joylashgan o‟rni , chegaralarini o‟rganilishi dolzarb muammo bo‟lib kelmoqda.Bu davrga kelib O'rta 
Osiyo svilizatsiya o'chog'i hisoblangan Baqtriya hududida davlatlarning paydo bo'la boshlashi, uning 
hududiy chegaralari, So'g'diyonaning tarixiy geografik chegaralarini aniqlash, Katta Xorazm 
masalalari va Xorazm svilizatsiyasining ilk kurtaklari qachondan paydo bo'lganligi hozirgi kunda aniq 
ravshan dalillar asnosida hech bir olim, arxeolog aniq fikrlarni ayta olmayapti. Antik davr 
mualliflarining asarlaridagi Baqtriya, Marg'iyona va So'g'diyona haqidagi ma'lumotlarga tadqiqotchi 
olimlarning qiziqishlariga, tarixiy geografiyaga oid haqiqatni qidirishlariga turtki bo'lgan. G'arb va 
sharq olimlari tadqiqotlari natijalarida ko'pchilik olimlar O'rta Osiyo hududlari tarixiy geografik 
chegaralarini belgilaganlar. Bu borada fikrlar turlicha. 
Qadimgi davrda Gerodot, Strabon, Klavdiy Ptolemey va boshqa antik mualliflaming asarlaridagi 0„rta 
Osiyo haqidagi ma‟lumotlar ushbu hududlar haqidagi dastlabki tarixiy-kartografik ma‟lumot 
hisoblanadi. Chunonchi, Gerodot (miloddan awalgi 484-425 yillar) o „zining „Tarix“ kitobida Kaspiy 
dengizidan sharqda bepoyon kengliklar mavjudligi haqida ma‟lumot beradi. U Kaspiy 
(Girkan)dengizini yopiq havza deb, uning ko„lami haqida shunday filer yuritadi: „ Uzunligini eshkakli 
kemada 15 kunda, kengligini esa hammasi bo „lib 8 kunda suzib о „tish mumkin Gerodot 
massagetlaming yerlari haqida ham fikr yuritib, ular „Kaspiy dengizidan sharqda, quyosh chiqish y 
o„nalishida joylashgan deb yozadi. Uning Baqtriya va Xorazm haqidagi ma‟lumotlari ham qiziqarlidir. 
Gerodot ma‟lumotlariga tayanib, Dj.Tomson, V.Fedchina, V.Dementyev, O.Andryushenko kabi 
olimlar antik davr tarixiy kartalarini yaratganlar. Dj.Tomson Kaspiy dengizining kengligini uzaytirib 
yuborgan, bu esa Gerodot yozganlariga mos tushmaydi. V .D em entyev, O .A ndryushenkolar Araks 
(Amudaryo)nibirmuncha to„g„riroq chizganlar; lekin uning Kaspiyga quyiluvchi irmog„i 
tasvirlanmagan. Shuningdek, baqtriyaliklar yurti ham aks etmagan. V.Fedchina tiklagan kartada 
Gerodot tilga olgan „botqoqlik va ko„llar“ mavjud hududlar tasvirlangan bo„lsa-da, biroq baqtriyaliklar 
va massagetlar yerlari chizilmagan.Keyinroq antik davming yirik geograf olimi Strabon milodiy I 
asrda 17 kitobdan iborat „Geografiya“ asariniyaratdi. U miloddan awalgi V asrdan-milodiy I asrgacha 
bo„lgan barcha geograf va tarixchilaming asarlaridan tanqidiy foydalandi. “Geografiya“ning XI 
kitobida 0 „rta Osiyoning Parfiya va Girkaniya kabi o „lkalari, Araks, Oks (Amudaryo), Yaksart 
(Sirdaryo), PoUtimet (Zarafshon), Epard (Murg„ob) daryolari haqida, shuningdek, kitobda 0 „rta 
Osiyoda yashovchi sak, so„.g„d, skif massaget qabilalari haqida ham ma‟lumotlar bor. Amudaryoning 


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
162 
suvlari esa botqoqliklarga emas, „suvlar mamlakati“ga singishi haqida yozilgan. „Suvlar mamlakati“, 
Shimoliy dengiz deganda Strabon Orol dengizini tushungan, Amudaryoning bir o„zani qo„ltig„iga 
quyiladi, deb o„ylagan.Strabon Yaksart va Oks daryolari b o „ylarida yashovchi qabilalarning 
joylashuv holatiga ham to „g„ri baho bergan. L Parapamiz (Hindikush) tog„larining shimoliy 
tarmog„ini Imaus (Pom ir) tog„lari deb tushungan. Strabonga ko„ra, 0 „rta Osiyoda massaget 
qabilalarining bir qismi tog„larda, yana bir qismi tekisliklarda, uchinchi qismi botqoqliklarda, 
to„rtinchi qism i esa ana shu botqoqliklardagi orollarda istiqom at qilganlar. Strabon tilga olgan tog„lar 
Orol dengizi va Kaspiydan sharqdagi tog„lar, ya‟ni Tyanshan va Pomirni, vodiy deganida esa 
Amudaryo va Sirdaryo oralig„idagi yerlami nazarda tutgan.Shuningdek O‟rta osiyo tarixini yana bir 
yunon olimi Ktesiy ham o‟rgangan .Ktesiy (miloddan awalgi V-IV asrlarda yashagan yunon olimi. 
Kichik Osiyoning Knid shahridan bo„lib, miloddan awalgi 414 yildan boshlab ahamoniylar podshosi 
Artakserks II saroyida tabib bo„lib xizmat qilgan. Shu vaqt mobaynida u 0 „rta Osiyoning qadimgi 
davlatlari va shaharlari to„g„risida batafsil m a‟lumot to „plagan. Asosiy m a‟lumotlarini o„zining 
„Persiya tarixi“ kitobida yozib qoldirgan bo„hb, uning kattagina bir qismi Baqtriya tarixiga 
bag„ishlangan). Uning qayd etishicha, qariyb barcha xalqlar satrapliklarga bo„lingan bo„hb, faqatgina 
sak qabilalarigina satrapliklarga kirmagan. Ktesiy davrida Baqtriya sharqdagi yirik va ahamiyatli 
satrapliklardan biri bo„lgan. Baqtriya yerlaridagi kumush konlari haqida gapirib, Ktesiy ushbu 
zaminning chuqur yer qatlamlarida ushbu metalining ko„pligini yozadi. Ktesiyga ko„ra, sharqda yirik 
Shimoliy dengiz (Kaspiy dengizi) bo„lib, dengiz bo„yida girkanlar va ulaming qo„shnisi darbiklar 
istiqomat qilganlar. Ulardan ham sharqda esa parfiyalik vabarkaniyaliklar, xoramney va karmoniylar 
istiqomat qilishgan. Baqtriya tekisliklariga esa g„arbdan faqatgina kichik tog„yo„li orqali o„tish 
mumkin bo„lgan. Baqtriya yerlari Tanais daryosidan Hind daryosi bo„ylarigacha bo„lgan yerlami 
egallagan. Tanais Baqtriya yerlarini Yevropadan Hind esa Hindistondan ajratib turgan. Ktesiy 
tasawuriga ko„ra, Tanais Hind daryosiga qarama-qarshi bo„lib, Pont (Qora) dengiziga 
quyilgan.Yuqoridagi olimlar O‟rta Osiyo tarixini o‟rganib kerakli ma‟lumot yozib qoldirgan. 
Antik davrning yirik davlatlaridan biri Baqtriya davlati hisoblanadi. Baqtriya o‟sha davrda rivojlangan 
va yirik davlat bo‟lgan.Uning chegaralatini olimlar o‟rganib quyidagicha xulosa bergan.XX asrning 
50-yillaridan esa M.M.Dyakonov tomonidan «Shimoliy Baqtriya» tushunchasini ilmiy muomalaga 
kiritildi[1]. Bu hududga shimoldan Hisor tog' tizmalari, g'arbdan Ko'hitang tizmasi, janubdan 
Amudaryo, sharqdan Pomir tizmalarigacha bo'lgan keng hududlarni qamrab olgan. Bu atamadan kelib 
chiqib, shimoli-sharqiy va Shimoli-G'arbiy Baqtriya atamalari ham paydo bo'ldi. Shimoli-G'arbiy 
Baqtriya atamasining kelib chikishi Shimoliy Baqtriya hududiy chegaralarining ancha kengayishiga va 
uning tarkibiga Turkmanistonning Kelifdan Kerkigacha bo'lgan janubi-sharqiy hududi va hatto 
Chorjuyning ham kiritilishiga sabab bo'ldi.B.Ya.Staviskiy Baqtriyaning shimoliy chegaralari 
masalasining yechimiga arxeologiya va epigrafikaga oid yangi ma'lumotlarni keng jalb qildi hamda 
kushonlar davrida janubga va shimolga Amudaryodan boshlab Hisor tizmalariga qadar bo'lgan hudud 
etnik va madaniy munosabatlarda yagona tarixiy-madaniy viloyatni o'zida aks ettirganligini ko'rsatib 
berdi. Amerikalik olim R.Frayning fikriga ko'ra, Baqtriya keng qamrovli viloyatning madaniy markazi 
bo'lib, uni shimoldan, sharqdan va janubdan tog'lar o'rab to'rgan, uning erlarini sug'oruvchi Amudaryo 
uni ikki qismga: janubiy, ya'ni Afg'on Turkistoniga va Shimoliy, o'ng qirg'oq, ya'ni Tojikistonga ajratib 
turgan. Bir qator olimlar bu fikrga qo'shilmaydilar. Ular antik davr manbalariga tayanib yuqorida 
ko'rsatilgan viloyat So'g'diyonaga qarashli bo'lgan va Baqtriyaning shimoliy chegarasi Amudaryo-Oks 
orqali o'tgan deb hisoblaydilar. I.V.Pyankov antik yozma manbalarda Oks Baqtriya va So'g'd 
o'rtasidagi chegara sifatida e'tirof qilinishi bilan birga unga tubdan qarama-qarshi bo'lgan ma'lumotlar 
ham borligini takidlab o'tadi. Bu ma'lumotlar ikki xil taxminga asoslangan. Ularning biriga ko'ra, Hisor 
tizmasining janubi-g'arbiy bo'lagi va Amudaryo oralig'idagi viloyat Baqtriyadan farq qilgan bo'lsa-da, 
lekin shu davrning o'zida So'g'diyonadan ham aniq ajralib turgan. Ikkinchi tahminga ko'ra, bu hudud 
to'g'ridan-to'g'ri «Baqtriya» deb atalgan[4]. Bir qator tadqiqotchilarning fikricha, Baqtriya va 
So'g'diyona o'rtasidagi chegara Amudaryo va Surxondaryo bo'ylab o'tgan. Bu chegara Vaxsh va 
Amudaryo orqali o'tgan degan fikrlar ham mavjud. 
Bundan tashqari antik davrning yana bir yirik davlati bo‟lgan Xorzam haqida ham ma‟lumotlar 
uchraydi.Xorazm vohasi inson yashagan qadimgi hududlardan birisi hisoblanadi. Xorazm hududi 
haqidagi ilk ma‟lumotlar zardushtiylarning muqaddas kitobi bo„lmish “Avesto” da va Behistun 


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
163 
qoyalari yozuvida ham ma‟lumotlar uchraydi [1, б.10]. Antik davr mualliflaridan biri bo„lgan Miletlik 
Gekatiy asarida ham Xorazm haqida ma‟lumotlar mavjud. Uning asarida Xorazm nomi Xorasmiya 
shaklida uchraydi. U Xorasmiyani parfiyaliklardan sharqda joylashgan Xorasmiya viloyatidagi yagona 
shahar sifatida ta‟kidlab o„tgan.Mil.avv. IV–II asrlarda qadimgi Xorazm mustaqil davlat bo‟lib, 
Iskandar, Salavkiylar, Yunon–Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bunday siyosiy qulaylik 
Xorazmda o‟ziga xos mahalliy davlatchilik tizimiga ega bo‟lgan davlatning shakllanishida muhim 
omil bo‟ldi. Iskandar O‟rta Osiyoning janubiy hududlarida hukmronlik qilgan vaqtda Xorazmda 
Farasman ismli odam podsholik qilgan. Yunon tarixchisi Arrian Farasmanning Iskandar bilan bitim 
tuzganligi xaqida ma‟lumot qoldiradi («Aleksandrning yurishlari» asari).Antik davri Oqchahonqala, 
Tuproqqala, Xiva va kabi yirik shahar markazlarida hayot sustlashib, ayrim hollarda tashlandiq holga 
kelib qoladi. Bu davrdagi shaharlaridan Tuproqqala antik davri o'rnida faoliyat yuritadi.S.P.Tolstov 
rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari keng miqyosda tarixiy 
obidalarni ro‟yxatga olishni olib bordi, natijada 400ga yaqin obidalar topilib, ular antik va o‟rta 
asrlarga oiddir. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, antik davrda O'rta Osiyo tarixini yunon va boshqa ko'plab 
olimlar o'rgangan . Ular o'rganib yozib qoldirgan qoldirgan malumotlar esa hozirgi kunda O'rta Osiyo 
tarixini o'rganishda qanchalar aks qotishini ko'rib turibmiz . Biz bular orqali O'rta Osiyoning qadimgi 
joy nomlarini, o'troq yashagan joylarini va shahar-davlatlarini o'rganamiz.Biz ular keltirgan 
malumotlar asosida ko'plab yodgorliklari o'rganyapmiz . Agar ularning malumotlari yanada chuqurroq 
o'rganilsa O'rta Osiyodagi dolzarb muammolar o'z yechimini topishi mumkin. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
T.S. Saidqulov "O'rta Osiyo xalqlarning tarixinig tarixshunosligidan lavhalar" ( 1-qism) Toshkent-
1993 
2.
A. Sagdullayev "Qadimgi O'rta Osiyo tarixi". Toshkent-2004 
3.
O'.I. Abdullayev " O'rta Osiyoda Qadimgi boshqaruv va ilk davlatchilik tarixshunosligi". 
Toshkent-2009. 
4.
E.V. Rtveladze "O'zbekistonning tarixiy o'tmishi". Toshkent-2009.
5.
G'ayratdin Xo'janiyozov "Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari". Toshkent-2007. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə