O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə34/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Yuqorida odamning paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalasiga qisqa ta’rif berildi. Mazkur mavzu o‘ta bahsli muammodir. XX asrning 70-yil- lariga qadar antropogenezning biryoqlama nazariyasi tan olingan edi (Homo erectus – neandertal – Homo sapiens, ilk zamonaviy odam). bu- gungi kunga kelib, odamning rivojlanishi jarayonidagi to‘rtta yo‘nalishi to‘g‘risida quyidagi g‘oyalar ilgari surildi: 1) Yevropa neandertallari; 2) Afrika xomo sapienslari; 3) Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo xomo sa- pienslari; 4) Sibir-Oltoy xomosapienslari. Olis o‘tmish zamonlarda ular umumiy ildizga ega bo‘lgan, keyinchalik bu odamlar bir darahtning turli shoxlariga o‘xshab ajralgan va davr o‘tishi bilan yana birlashib, yaqinlashgan deb hisoblandi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, neandertallar va ilk zamonaviy odamlar bir davrda, turli hududlarda istiqomat qil- ganlar. Ular biologik jihatdan aralashib (qorishib) borganlar va o‘zaro aloqalarini davom ettirib, ko‘nikmalar va bilim-tajriba, tosh qurollar yasash usullari hamda tosh qurollar bilan almashib turganlar.
Qiyosiy o‘rganish uchun misol keltiradigan bo‘lsak, o‘tgan asrning 30-yillari boshlarida Falastinda «Echki g‘ori» degan o‘rta paleolit g‘or-makonida tosh qurollari bilan birga ibtidoiy odamlarning skelet suyaklari aniqlangan. Antropologik belgilarga ko‘ra, «falastin odami- ning» tashqi qiyofasi Yevropa neandertallaridan farq qilgan (pesho- nasi kengroq, miya kosasi balandroq, yuzining tuzilishi zamonaviy odamga yaqinroq bo‘lgan). Shu bois neandertal va zamonaviy qiyo- fadagi eng qadimgi odamning qo‘shilishi, qorishib ketishi haqidagi g‘oya vujudga keldi. Shuningdek, zamonaviy ko‘rinishdagi odamning ildizlari juda qadimgi davrlarga borib taqalishi, uning neandertallar bilan bir zamonda rivojlanishi degan g‘oyalar ilgari surildi.
Ammo sovet davri tarixshunosligida bu g‘oyalar rad etildi, shu davr qarashlariga ko‘ra, antropologik ko‘rinishdagi neandertal odami doimo bir xil bo‘lmagan, u tadrijiy rivojlanib, ancha o‘zgargan.
bu nazariyaning davomi shundaki, o‘rta tosh asridagi tinimsiz mehnat va tabiy muhitni bilishga intilish jarayonida inson tafakkuri- ning rivojlanishi natijasida, neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana borganlar. Ular jismoniy va aqliy jihatdan kamol topib, zamonaviy qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga etdi, deb taxmin qilindi.
Odamning paydo bo‘lishi Yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo‘lib, u dastlab toshdan oddiy to‘qmoq yasagan bo‘lsa, uzluksiz mehnat, tinimsiz izlanishlar natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi. biroq ta’kidlash lozimki, insoniyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalalarini o‘rganishda talabalar turli nazari- yalarga e’tibor berishlari lozim.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə