Shaharlarning



Yüklə 40,76 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü40,76 Kb.
#162774
2mustaqil ish


Reja:



  1. Shahar hosil qiluvchi omillar.




  1. Shaxar tashkil qiluvchi va shaharga hizmat qiluvchi omillar.




  1. Shaharlarning vujudga kelishida geigrsfik oʻrinning ahamiyati.




  1. Xulosa.

    1. Shahar hosil qiluvchi omillar.

Shaҳarlar duch kеlgan yerda, oʻz-oʻzidan vujudga kеlavеrmaydi, ular qulay gеografik oʻrinda, aholi ehtiyojiga koʻra, turli omillar taʼsirida shakllanadi. Dastlabki shaharlarning shakllanishida tabiiy sharoit muhim rol oʻynagan, shaharlar asosan issiq mintaqalarda, sugʻorma dеhqonchilik rivojlangan yеrlarda paydo boʻlgan. Insoniyat ҳayoti tarixida uch asosiy oʻzgarishlar yuz bеrgan:



  1. m.avv. 7000 yillikda qishloq xoʻjaligining rivojlanishi natijasida yuzaga kеlgan inqilob va Iroqdagi Jarmo, Isroildagi Jеricho kabi nеolit davri manzilgohlari rivojlanishi boʻlgan.

  2. sanoatdan oldingi inqilob boʻlib, u shaharlarni yuzaga kеltirgan.




  1. XVIII-XIX asrlardagi sanoat inqilob boʻlib, bizning Hozirgi shaharlarimiz ilk koʻrinishini yaratib bеrgan. Bu shaҳarlar ҳozirgi postindustrial shaҳarlargacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.

Atrof-muhit, topografiya, iqlim, ijtimoiy ahvol va tabiiy rеsurslar ilk shaharlar oʻsishga asosiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar boʻlganligini biz Yaqin Sharq shaharlarining Tigr va Yevfrat daryolari oraligʻida joylashganligi, daryolar shaharlarni nafaqat suv, balki, unumdor tuproq bilan ҳam taʼminlanganligida koʻrishimiz mumkin.
Agar xaritaga qarasak, tabiiy sharoiti noqulay boʻlgan oʻlkalarda, choʻl, togʻ yoki sovuq mintaqalarda ularning niҳoyatda siyrak joylashganini koʻramiz. Qadimda shaҳarlar savdo —sotiq va hunarmandchilik nеgizida paydo boʻlgan. Kеyinchalik bunga eng koʻp sanoat va transport sababchi boʻlgan. Koʻp hollarda garchi tabiiy sharoit noqulay boʻlsada, tabiiy rеsurslarni oʻzlashtirish asosida koʻplab shaharlar vujudga kеlgan. Qazilma boyliklarni oʻzlashtirish asosida shakllangan shaharlarni ilmiy adabiyotlarda «rеsurs shaharlar» dеb ham yuritiladi. Bunday shaharlar, odatda, oʻz atrofi, qishloq joylar bilan kam bogʻlangan boʻladi. Ularning nomlari ham koʻpincha kon nomini anglatadi, masalan, Gazli, Jеzqazgʻan, Toshkoʻmir, Magnitogorsk va boshqa rеsurs shaharlar odatda kichik boʻladi, agar shahar hayoti shu rеsurs bilangina bogʻliq boʻlsa, rеsurs tugagach shahar inqirozga uchrashi mumkin. Lеkin, koʻp hollarda bunday shaharlarda boshqa tarmoqlar shakllanib, uning iqtisodiy asosini tashkil etadi va shahar rivojlanishda davom etadi. Masalan, Angrеn shahri koʻmir konini qazib olish asosida vujudga kеlgan “rеsurs shahar” boʻlgan, kеyinchalik kaolinni qayta ishlash, chinni ishlab chiqarish, Angrеn IESi faoliyati bilan u sanoat shahriga aylandi. 2013 yilda Angrеn iqtisodiy industrial zonasining tashkil etilishi uning rivojlanishi uchun yana bir muhim omil boʻldi.
Shaharning vujudga kеlishi va rivojlanishining muhim omilidan biri-aholi boʻlib, u shaharning tarkibiy qismi hisoblanadi. Aholisiz shahar boʻlmaydi, shaharning oʻlchami – katta-kichikligi ham aholi soni bilan bеlgilanadi. Aholining tabiiy va mеxanik oʻsishi, qishloqlarning shaharga aylanishi shaharning oʻsishiga taʼsir etadi va aksincha. MDH davlatlari mustaqillikka erishgach, Rossiyaning shimoliy sovuq oʻlkalaridagi shahar va shaharchalardan aholi koʻplab markazga koʻchib kеtib, ular “boʻshab” qoldi. Kalkutta, Lagos, Shanxay kabi shaҳar va aglomеratsiyalar esa aksincha atrofdan aholini yigʻib olib yiriklashib ketmoqda.
XIX asrda shaharlar rivojlanishiga FTI (texnologik inqilob) ta’sir eta boshladi. Shahar hosil qiluvchi tarmoqlar sifatida ilm-fan, texnika chiqa boshladi. Bu esa ko‘plab aholini o‘ziga jalb etib, shaharlar juda yiriklashib ketdi.Shaharlaming geografik o‘mi deganda, biz shaharlaming atrofidagi geografik obyektlarga nisbatan joylashgani va bu obyektlaming shahar rivojlanishiga ta’sirini tushunamiz.Shahaming geografik o‘mi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi va dunyoning eng yirik shaharlari ham o‘z darajasini o‘zgartirishi mumkin. Resurslaming kamayishi, iqlimiy o‘zgarishlar, qurg‘oqchilik oqibatida qishloq xo‘jalik mahsulotlari taqchilligi va siyosiy o‘zgarishlaming barchasi shahaming holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ikkilamchi omillar sifatida esa, shahar va shaharchalaming о‘mi bo‘lib, hududiy birlik egallab turgan joyning tabiiy xususiyatlari uning boshlang‘ich va keyingi rivojini ko‘rsatib beradi. Ammo, rivojlanish mobaynida xuddi shu o‘rin shahar o‘sishi va kengayishi uchun cheklovchi omil bo‘lib qolishi mumkin. Atmosfera ifloslanishi, suv ta’minoti muammolari, transport yo'nalishidagi o‘zgarishlar ijobiy joylashuvni salbiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. Shahardan tashqarida, uning yon atrofida o‘mashgan geografik obyektlar tog‘, ko‘l, daryo, yo‘l, kon, boshqa aholi manzilgohi, qishloq xo‘jaligi dalalari, davlat chegaralari, elektr stansiyalari, sug‘orish inshootlari, rekreatsiya obyektlari va hokazolar bo‘lishi mumkin.

    1. Shaxar tashkil qiluvchi va shaharga hizmat qiluvchi omillar.



Dunyodagi jami aholi yashaydigan manzilgohlar ikki turga bo‘linadi: shahar (shahar va shaharchalar) va qishloq aholi manzilgohlari (qishloq vaovullar). Ular bir-biridan qator belgilariga, xususan, aholi soni va zichligi, aholining iqtisodiyotda bandlik tarkibi, binolar, uy-joylar, yo‘llaming qurilish xarakteri, bajarayotgan funksiyasiga ko‘ra farqlanadi.Shuni alohida ta’kidlash joizki, «shahar» tushunchasi; barcha el va yurtlarda, mamlakat va muzofotlarda aynan bir ma’noda talqin qilinmaydi, ular bunday maqomda turli davlatlarda turlicha belgilanadi. Chunonchi, islom dini mamlakatlarida shaharlar (qubbalar) avvalambor bozor va masjidlaming soni bilan belgilangan. G‘arb mamlakatlarida shaharlar aholi soni va zichligi, joylaming arxitekturasi va qurilish shakli, manzilgohning bajaradigan vazifasiga o‘xshash mezonlar orqali ajratilgan.«Shahar» forscha so‘z bo‘lib, “qal’a” (rus tilida “gorod” - ogorodit, ya’ni o‘rab olmoq) ma’nosini anglatadi. Qadimda odatda shaharlaming ichki - markaziy qismi mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, bu yerda saroy, hukmdorlar va ular oilalarining qo‘rg‘onlari, muhim ma’muriy-diniy binolar, bosh maydon (registon), ba’zilarida oddiy aholi xonadonlari ham bo‘lgan va u “shahriston” deb atalgan. Darvozalar orqali ularga kirib-chiqilgan. Uning atroflarida “rabod” deb ataluvchi devorlar bilan o‘ralgan boshqa qismlari ham bo‘lib, bu yerdan bog‘, ekinzorlar, keyinchalik oddiy aholining uy-joylari o‘rin olgan. Masalan, Xivada to‘quvchilar, kulollar, gadoylar mahallalari bo‘lgan. Shahar - tarixan tarkib topgan aholi manzilgohidir. Shahar tushunchasi nisbiy bo‘lib, qaysi aholi manzilgohini shahar deb yuritish lozimligi borasida olimlar tomonidan hanuzgacha bir fikrga kelinmagan.Urbanizatsiya o‘lchov birligi sifatida urbanizatsiyalashgan hududni (shahar) aniqlashtirishning quyidagi usullari bor:Aholi о ‘Ichami. Urbanizatsiyalashgan hududlar qishloq joylardan katta deb tan olingan vaqtdan beri ba’zi hollarda aholi o‘lchamiga alohida qaraladi. Amalda bu shahar aholisi vaqt va makonda boshlang‘ich nuqta sifatida farqlanadi. Shvetsiyada 200 nafardan ortiq bo‘lgan aholiga ega har qanday manzil milliy urbanistik tizimda alohida o‘rin egallasa, AQSHda 2500, Shveytsariyada 10 000, Yaponiyada 30 000 dan ortadi. Shvetsiyada 200 nafardan ortiq aholiga ega bo‘lgan aholi manzillariga alohida maqom berilsa, shu bilan birga, aholisi zich joylashgan Yaponiya kabi mamlakatda bu kabi kam aholiga ega hududiy birliklarga maqom berilishi uning amalda shahar turlari va birliklari juda ko‘payib ketishiga olib keladi. Keyinchalik bu holat xalqaro taqqoslashni qiyinlashtiradi.Iqtisodiy asos. Ba’zi mamlakatlarda urbanizatsion hududlami aniqlashda aholi soni boshqa mezonlar bilan birga qo‘llanadi. Masalan, Hindistonda aholi manzilgohidagi 75 foizdan ortiq erkak aholi noqishloq xo‘jaligi ishlarida band bo‘lishi lozim. Dunyodagi ko‘pgina shaharlar va shaharchalar qonuniy yoki ma’muriy mezonlarga qarab ajratiladi. Milliy hukumat tomonidan urbanistik hududlami izohlash turli xilma-xillik kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu esa dunyo bo‘yicha taqqoslash, tadqiqot olib borish bo‘yicha olimlar tomonidan o‘z fikrlarini berishda qiyinchilik tug‘diradi. Ma’muriy tushuntirishda ikkinchi muammo shundaki, urbanistik hudud haqiqiy fizik oMchami bilan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha shahaming o‘z ma’muriy chegarasidan chiqib ketishi kuzatiladi. Bu markaziy shaharda moliyaviy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Chunki qatnovchilarda soliq va daromadning qayta taqsimlanishi va uning shahardan chiqib ketishi kabi muammolar kelib chiqadi. Shahaming chegaradan chiqib ketishi, uning o‘zgarishi kabi bir qator muammolar tufayli urbanistik tadqiqotchilar tomonidan urbanizatsiyaning haqiqiy
manzarasini ko‘rsatadigan fiinksional urbanistik mintaqalar aniqlangan. Kengaygan urbanistik hududlar konsepsiyasi birinchi marta AQSH yillik to‘plamida 1910-yilda va keyinchalik 1960-yilda Standart Metropoliten Hudud Statistikasida rivojlantirilgan. U ikki va undan ortiq Metropoliten Standart Hududini o‘z ichiga oladi. Hozirda Rossiyada 12 ming, AQSH da 2,5 ming, Islandiyada 200 kishi, 0 ‘zbekistonda 7 ming, Turkmanistonda 5 ming kishi boigan aholi manzilgohi shahar deb yuritiladi. BMT tadqiqotlarida xalqaro miqyosda aholi soni 20 mingdan, milliy miqyosda esa 5 mingdan kam bo‘lmagan aholi manzilgohini shahar deb hisoblash qabul qilingan. Shunday shaharlar ham borki, ular davlat ham hisoblanadi va shahardavlatlar deyiladi. Masalan, Vatikan, Singapur, San-Marino.

    1. Shaharlarning vujudga kelishida geigrsfik oʻrinning ahamiyati.



Shahaming iqtisodiy geografik o‘rni ham murakkab, uning ichida transport, gidrografik, demogeografik, agrogeografik kabi yo‘nalishlar mavjud. Shubhasiz, bularning orasida eng muhimi transport geografik o‘rindir.N.Baranskiy IGO‘ning uch masshtabga egaligini ta’kidlaydi: makro, mezo va mikrogeografik o‘rin.13 Bu bosqichlaming hududiy koiami va qamrovi bir xil emas. Masalan, mikrogeografik o‘rin shahaming bevosita o‘mashgan joyi, uning eng yaqin atrofi bo‘Isa, mezogeografik о‘mi esa shahaming nisbatan kengroq va kattaroq hududdagi mavqeyidir; makrogeografik o‘rin o‘rganilayotgan shahaming yanada ulkanroq hududdagi holatini anglatadi. Bu yerda shuni unutmaslik lozimki, muayyan bir shahaming mezo yoki makrogeografik о‘mi boshqa shahar uchun (hatto ular qo‘shni joylashgan bo‘Isa ham) hudud ko‘lami jihatidan to‘g‘ri kelmaydi. Bu shahaming katta-kichikligi, bajaradigan fimksiyasiga bog‘liq. Masalan, Toshkentning mezogeografik o‘mi (u Markaziy Osiyo mintaqasi bilan belgilanishi mumkin) Chirchiq yoki Bekobodning, Namangan yoki Qarshining mezogeografik o‘miga muvofiq kelmaydi, aksincha, bu shaharlar uchun Markaziy Osiyo makrogeografik mazmunga ega bo‘lishi mumkin.Toshkent viloyatidagi Bo‘ka shahrining makrogeografik o‘mi esa juda nari borsa, Toshkent viloyati va unga tutash bo‘lgan kichik hududlar doirasida belgilanadi. Axir, Bo‘kaning rayon markazi, kichik shahar ekanligini Qirg‘iziston yoki Tojikiston, Orolbo‘yi yoki Farg‘onada hamma bilmay di-da.Shahaming vujudga kelishi, aynan shu joyda o‘mashganligiga eng avvalo uning mikrogeografik holati sababchi bo‘ladi. Bu tog‘ yonbag‘ri, daryoning quyilish joyi yoki uning qirg‘og‘i, tepalik va boshqa joyida bo‘lishi mumkin. Vujudga kelgan shahaming keyinchalik gurkirab rivojlanishida esa uning mezo va makrogeografik o‘mi katta rol o‘ynaydi. Demak, agar mikrogeografik o‘rin noqulay bo‘lsa, shahar xuddi shu joyda vujudga kelmagan bo‘lardi (bunday qadimiy shaharlar xarobalarini Panjakent, Axsi, Nasaf, Pop, Kosonsoy, Qiyot va boshqa joylarda ko‘rish mumkin). Ba’zi shaharlar, masalan, Chust, Denov, G‘ijduvon, Nurota, Piskent, Xiva kabilar juda katta tarixga ega bo‘lishiga qaramay, ular hamon kichik shahar darajasida qolmoqdalar. Ehtimol, buning sababi, ulaming mezogeografik o‘mini noqulayligi bo‘lsa ajab emas. Ayni vaqtda, uncha katta tarixga ega bo‘lmagan Navoiy yoki Chirchiq esa allaqachon «yuz minglik» chegarani bosib o‘tgan yirik shaharlardir. Albatta, bunga ulaming mezogeografik o‘mini qulayligi katta ta’sir qilgan.Shaharlar iqtisodiy geografik o‘mini o‘rganishda ayniqsa, Toshkent, Xo‘jand (Aleksandr Es
-Xate), Bekobod, Stanbul (Konstantinopol, Vizantiya), Kiyev, Volgograd, Samara, Moskva, Sankt- Peterburg, Buxoro va Samarqand, Tbilisi, Novosibirsk misollariga murojaat qilish samarali natijalar beradi. Shu bilan birga, talabalaming o‘zlari ham istagan shaharlarining iqtisodiy geografik o‘rnini ochib berishlari kerak. Biroq, eng muhimi, iqtisodiy geografik o‘rin - bu shaharlaming iqtisodiy geografik ta’siri va tavsifi emas, aksincha, u o‘rganishning, tahlil qilishning maxsus usuli, iqtisodiy geografik bilimning «kaliti» ekanligini unutmaslik lozim. Ana shundagina, biz nima uchun mazkur shahar xuddi shu joyda vujudga kelgan va rivojlangan, nima uchun u shunday vazifalami bajaradi va bu yerda sanoatning shu tarmoqlari rivojlangan kabi jumboq savollarga javob topa olamiz.Xuddi shu ma’noda, Buxoroi sharif va Sayqali ro‘yi zamin Samarqandning tarixiy «musobaqasini», Movarounnahming dorulsaltanati bo‘lishga talashganligini, Soxibqiron Amir Temuming Samarqandni o‘zining buyuk imperiyasining poytaxti, Somoniylaming esa Buxoroni «Qubbai islom» qilinishini o‘rganish qiziqarli bo‘Isa kerak.
Xulosa

Shaharlar ma’lum sabab, omil asosida vujudga keladi. Ularning paydo bo‘lishi, qulay geografik o‘rin bilan bir qatorda, turli xil qazilma boyliklami qazib olish, ilmu-fan, rekreatsiya, savdo-sotiq,


sanoat tarmoqlari, transport kabilaming rivojlanishi bilan bog‘liq. Shahar hosil qiluvchi tarmoqlaming eng muhim xususiyati shundaki, ularning ahamiyati, ta’sir doirasi mazkur aholi manzilgohidan chetga chiqadi.Shaharlaming aksariyati bizning sharoitimizda, ya’ni dehqonchilik rivojlangan mamlakatlarda, qishloqlar asosida tashkil etiladi; ular muayyan talab darajasiga yetgandan so‘ng qonuniy ravishda bu rasmiy maqomni olishadi. Shaharlaming bunday genetik xususiyatlari urbanizatsiya jarayonining, ayniqsa, qishloq urbanizatsiyasining «sharqona» rivojlanishidan darak beradi.Shaharlar kelib chiqishiga qarab, «yangi» va «eski» shahar bo‘lishi mumkin. Biroq bu tushunchalar nisbiydir. Sababi, biz sobiq sho‘rolar davrida vujudga kelgan shaharlaming barchasini «yangi shaharlar» guruhiga kiritar edik. Hozir esa yangi shaharlami mustaqillik davri bilan belgilash to‘g‘riroqdir.Biroq aholi manzilgohining yuridik ravishda shahar maqomiga ega bo‘lishi, uning haqiqiy yangiligini ifodalamaydi. Chunki bunday aholi yashaydigan joylar qadim-qadimdan mavjud. Masalan, Chust shahri so‘nggi marta shahar unvonini rasmiy ravishda 70-yillarda oldi, vaholanki uning real tarixi bir necha yuz yilliklami o‘z ichiga oladi. Xuddi shunday, G‘ijduvon, Piskent, Nurota, Rishton va hokazolar ko‘p yillik tarixga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.|A.S.Soliyev,S.K.Tashtayeva,M.M.Egamberdiyeva.Shaharlargeografiyasi.Toshkent2018. 2.http://uz.m.wikipedia.org
3.АхmеtоvE.А.O`zbеkistоnShaharlаri.T.,1991.
Yüklə 40,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə