O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/175
tarix22.05.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#112019
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   175
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi

1. 
XV asrda
 
shoirlar va adiblardan kimlar yashab ijod qil dilar?
2. 
Ayting-chi, Lutfiy o‘zbek shoirlari ichida qanday o‘rin tutadi? 
U haqda qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plang.
3. 
O‘zbek adabiyotining ravnaqida Alisher Navoiyning xizmati 
nimalardan iborat?
4. 
Mirxond va Xondamir qaysi davr tarixi haqida tarixiy asarlar 
yozib qoldirganlar?
43-§. TASVIRIy SAN’AT
Tayanch tushunchalar: kitobat san’ati, tasviriy san’at, 
xattotlik, musavvirlikning Hirot maktabi.
Kitobat san’ati.
 
XV asrda kitobat san’ati, ya’ni qo‘lyozma 
asarlarni ko‘chirib yozish va u bilan bog‘liq bo‘lgan xattotlik, 


154
musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda yax-
shi taraqqiy etadi. 
Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan 
zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko‘paytirish og‘ir 
mehnat va ko‘p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish 
bo‘lgan.
Har bir kitob qog‘ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan 
tortib to bo‘yoqlari-yu zarhaligacha ma’lum qoida asosida 
tayyorlanar edi. Xattot bo‘lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat 
va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi 
baland kishi bo‘lishi lozim edi. Mohir xattotlar o‘z usuli va 
uslubini shogird lariga o‘rgatardi. Shu tariqa xattotlik an’analari 
davom ettirilar va rivojlantirilar edi.
Mashhur xattot 
Mirali Tabriziy 
(1330–1404) 
nasta’liq
deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xush navis 
xattotlardan biri 
Sultonali Mashhadiy 
(1432–1520) edi. 
Sul-
tonali
tomonidan ko‘chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko‘pgina 
qit’alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə