|
![](/i/favi32.png) O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)7-sinf Òzbekiston tarixi kitobiQozizoda Rumiy,
G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy, Mirzo Ulug‘bek
va uning
shogirdi
Alouddin Ali Qushchi
lar turli fanlardan dars
berganlar. Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni
Shamsiddin
Muhammad Xavofiy
o‘qigan, darsda tolibi ilmlardan to‘qson
nafari qatnashgan. Madrasada ilmi hay’at (astronomiya)dan
darsni
Qozizoda Rumiy
bergan. Madrasada kamida 15–16 yil
tahsil ko‘rib, uning dasturi bo‘yicha fanlarni to‘la o‘zlashtirgan
va imtihonlarda o‘z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga
sanad
(shahodatnoma) yozib berilgan.
O‘sha davrda Samarqandda Ulug‘bek madrasasidan tashqari
Xonim, Qutbiddin Sadr va Muhammad Sadr madrasalari ham
mavjud edi.
Madrasa va xonaqoh tinglovchilari fanning turli sohalaridan
ko‘pgina kitoblarni tahlil qilar edilar. Amir Temur va uning
avlodlari saroylarida ko‘hna dunyo va o‘rta asrning noyob
asar lari saqlanib kelayotgan boy kutubxonalari bor edi. Samar-
qandda Amir Temur va Ulug‘bekning, Hirotda Shohrux, Boy-
sung‘ur, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning boy kutub-
xonalari ziyo tarqatish bilan mashg‘ul edi.
1
. Temur va Temuriylar davrida madrasa qanday vazifani bajar-
gan?
Dostları ilə paylaş: |
|
|