117
Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘-
shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang
1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida so-
dir bo‘ladi. Bu jang tarixda
«Anqara jangi» deb ataladi. Uch
kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo‘lib
360 ming nafar, shu jumladan, Sohibqiron Amir Temurning
taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari
qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan qo‘-
shinning markaziy qismiga Amir Temurning o‘zi qo‘mondonlik
qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchla-
ri turk qo‘shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi.
Uning bilan birga o‘g‘li Muso Chalabiy ham asirga tushadi.
Amir Temur rumlik askarlarni ta’qib etib Bursa va O‘rta de-
ngizning sharqiy sohilida joylashgan
Izmir shahrini zabt etadi
va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham
beradi. Amir Temurga
Misr ham o‘z itoatkorligini izhor etadi.
Vizantiya va boshqa nasroniylik olamidan Bo yazidga beriladigan
bojlar endi Amir Temurga to‘lanadigan bo‘ldi.
Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Te-
murni Fransiya qiroli
Karl VI (1380–1422), Angliya qiroli
Gen-
rix IV (1399–1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli
Genrix III
(1390–1407) tabriklab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradi-
lar. Chunki Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ul-
kan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib,
butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur
1404-
yilning 27-noyabrida 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan
Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning
to‘satdan vafot etib qolishi
(1405-yil 18-fevral) tufayli amalga
oshmay qoldi.
Amir Temur 35 yil davomida mamla-
katni boshqardi. Hindiston va Xitoydan
Qora dengizga qadar va Orol dengizidan
Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat kat-
ta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bun-
dan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don
bo‘ylari, Balxash ko‘li va elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistonga-
cha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. U nafaqat Mova-
Anqara jangi
Amir Temurning
Vatanimiz va jahon
tarixida tutgan o‘rni