O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50

116
changalzorga kirdi va ta’qib etib kelayotgan askarlardan bekindi. 
Rusiya  tarixchilari  B.  D.  Grekov  va  A.  Y.  Yakubovskiylarning 
ta’kidlashicha,  Amir  Temurning  To‘xtamish  ustidan  qozongan 
g‘alabasi  faqat  O‘rta  Osiyo  uchun  emas,  balki  butun  Sharqiy 
Yevropa,  shuningdek,  Rus  knyazliklarining  birlashishlari  uchun 
ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi.
Amir  Temur  o‘z  saltanatining  janubiy 
chegaralarini mustahkamlash va kengay- 
tirish maqsadida eron, Ozarbayjon, Iroq, 
Shom  (Suriya)  ustiga  uch  marta  askar  tortadi.  Bu  yurishlar  
tarixda  uch  yillik,  besh  yillik  va  yetti  yillik  urushlar  deb  nom 
olgan.  Uch  yillik  (1386–1388)  harbiy  yurishlar  natijasida  eron 
(Fors),  Janubiy  Ozarbayjon,  Iroqning  shimoliy  qismi,  Gurjis-
ton  va  Armanistondagi  (Van  ko‘li  atrofidagi)  yerlar  egallanadi. 
Amir Temur o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lib, moli omon to‘lagan  
shaharlarga  tegmagan,  qo‘shinlarni  bunday  shaharlarga  kiritma-
gan.
erondagi  muzaffariylar,  jaloyiriylar  sulolasi  vakillarining 
ayirmachilik  harakatlari,  Mozandaron,  Janubiy  eronda  ko‘ta- 
rilgan  qo‘zg‘olonlar  Amir  Temurning  eronga  yana  yurish  
qilishiga  olib  keldi.  Bu  besh  yillik  (1392–1396)  urush  davomi-
da G‘arbiy eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1398–1399-
yillarda Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi. 
1399–1404-yillarda  eron,  Old  va  Kichik  Osiyolarga  bir  ne-
cha bor yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi 
bilan kirgan. 
Keng  ko‘lamli  harbiy  yurishlar  natijasida  Sohibqiron  Amir 
Temur  saltanatining  chegarasi  Usmonli  turklar  davlati  chegara- 
siga  borib  taqaldi.  Amir  Temur  Usmonli  turklar  sultoni  Boya-
zid  Yildirim  bilan  munosabatni  yaxshilash  tarafdori  bo‘lgan. 
Ziddiyatlarni diplomatik yo‘l bilan hal qilish maqsadida ikki to-
mon  o‘rtasida  to‘rt  marta  xat  almashish  tashabbuskori  bo‘lgan. 
Sulton  Boyazid  esa  har  safar  qaysarlik,  manmanlik  qilgani, 
hatto  Amir  Temur  nomiga  nomaqbul  so‘zlarni  ham  yozganligi 
tarixiy  manbalarda  qayd  etilgan.  Boyazid  qoraqo‘yunlar,  mu-
zaffariylar,  jaloyiriylarning  Amir  Temurga  qarshi  harakatlarini 
qo‘llab-quvvatlagan. Shu omillar tufayli bu ikki davlat o‘rtasida 
to‘qnashuv bo‘lishi muqarrar bo‘lib qoldi.
Eron, Iroq, Shom, 
Hindistonga yurish


117
Amir  Temur  bilan  Sulton  Boyazid  qo‘-
shinlari  o‘rtasidagi  hal  qiluvchi  jang 
1402-yil  20-iyulda  Anqara  yaqinida,  Chubuq  mavzeyida  so-
dir  bo‘ladi.  Bu  jang  tarixda  «Anqara  jangi»  deb  ataladi.  Uch 
kun  davom  etgan  bu  jangda  har  ikki  tomondan  hammasi  bo‘lib  
360  ming  nafar,  shu  jumladan,  Sohibqiron  Amir  Temurning  
taxminan  200  ming,  usmonlilar  sultonining  160  ming  askari  
qatnashadi.  Janggohning  qulay  qismiga  joylashtirilgan  qo‘-
shinning  markaziy  qismiga  Amir  Temurning  o‘zi  qo‘mondonlik 
qiladi.  Uzoq  davom  etgan  shiddatli  jangda  Sohibqiron  kuchla-
ri  turk  qo‘shinini  tor-mor  etadi.  Sulton  Boyazid  asirga  olinadi.  
Uning  bilan  birga  o‘g‘li  Muso  Chalabiy  ham  asirga  tushadi.  
Amir  Temur  rumlik  askarlarni  ta’qib  etib  Bursa  va  O‘rta  de-
ngizning  sharqiy  sohilida  joylashgan  Izmir  shahrini  zabt  etadi 
va  salibchilarning  Yaqin  Sharqdagi  oxirgi  qarorgohiga  barham 
beradi.  Amir  Temurga  Misr  ham  o‘z  itoatkorligini  izhor  etadi. 
Vizantiya va boshqa nasroniylik olamidan Bo yazidga beriladigan 
bojlar endi Amir Temurga to‘lanadigan bo‘ldi.
Boyazid  ustidan  qozonilgan  buyuk  g‘alaba  bilan  Amir  Te-
murni Fransiya qiroli Karl VI (1380–1422), Angliya qiroli Gen-
rix IV (1399–1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III 
(1390–1407)  tabriklab,  unga  o‘z  muboraknomalarini  yuboradi-
lar.  Chunki  Sohibqiron  endigina  uyg‘onayotgan  Yevropaga  ul- 
kan  xavf  solib  turgan  Usmonli  turklar  davlatiga  zarba  berib,  
butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Kichik  Osiyodan  Samarqandga  qaytgan  Amir  Temur  1404-
yilning  27-noyabrida  200  ming  qo‘shin  bilan  Samarqanddan  
Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning 
to‘satdan  vafot  etib  qolishi  (1405-yil  18-fevral)  tufayli  amalga 
oshmay qoldi.
Amir  Temur  35  yil  davomida  mamla-
katni  boshqardi.  Hindiston  va  Xitoydan 
Qora dengizga qadar va Orol dengizidan 
Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat kat-
ta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bun-
dan  tashqari,  Kichik  Osiyo,  Suriya,  Misr  va  Quyi  Volga,  Don 
bo‘ylari, Balxash ko‘li va elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistonga-
cha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. U nafaqat Mova-
Anqara jangi
Amir Temurning 
Vatanimiz va jahon 
tarixida tutgan o‘rni


118
Buxarest
Kiyev
Yelets
Konstantinopol
Sinop
Ozoq
Saroy-Berka
Uqoq
Anqara
Trapezunt
Tarki
Darband
Antioxiya
Damashq
Bag‘dod
Isfahon
Basra
Sheroz
O‘rmuz
Sabzavor
Hirot
Kandahor
G‘azna
Laxor
Mo‘lton
Dehli
Batnir
Balx
Marv
Xo‘tan
Samarqand
Buxoro
Kat
Urganch
Xiva
Hoji
Tarxon
Sig‘noq
O‘tror
Toshkand
Xo‘jand
Qoshg‘ar
Ko‘kko‘l
Qo‘qon
Astrabod
Izmir
Kobul
Peshovar
POLSHA
VENGRIYA
KNYAZLIGI
USMONLILAR
SULTONLIGI
LITVA
RUS
KNYAZLIGI
MOLDAVIYA
KNYAZLIGI
MAMLYUKLAR
DAVLATI
RUM
DENGIZI
TRABZUN
DENGIZI
JURJON
DENGIZI
JAND
KO‘LI
Ko‘hcha
k.
Elsuvi(Ili)
Tobol
Ishim
O
L
T
I
N
O

R
D
A
(
J
O

J
I
U
L
U
S
I)
M
O

G

U
L
I
S
T
O
N
Issiqko‘l
KASHMIR
T
I
B
E
T
H
I
N
D
M
U
L
K
I
SI
ND
E
R
O
N
SEISTON
X
U
R
O
S
O
N
MOVAROUNNAHR
O
Q
O

R
D
A
Dnepr
Itil
Dnestr
Kuban
Yayla
Emba
Sayhun
Jayhun
Gilmand
Hind
FORS
QO‘LTIG‘
I
Dajla
Frot
Kura
Amir
Temur
davlatining
hududlari
(1405-yil)
Quruqlik
orqali
karvon
yo‘llari
Dengiz
orqali
savdo
yo‘llari
Masshtab
1:25
000
000
KNYAZLIGI
BUYUK
KNYAZLIGI
AMIR 
TEMUR 
DA
VLA
TI
 XARIT
ASI


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə