O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50

125
qurilib,  deh qonchilik  maydonlari  kengaytiriladi.  Yangi-yangi 
qishloqlar  barpo  etiladi.  Amir  Temur  o‘z  davlati  poytaxti  Sa-
marqand  atrofida  qad  ko‘targan  bir  qancha  yangi  qishloqlar-
ni  Sharq ning  mashhur  shaharlari  Dimishq  (Damashq),  Misr  
(Qohira),  Bag‘dod,  Sultoniya  va  Sheroz  nomlari  bilan  atadi. 
Chunki Samarqand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarak-atrofining 
obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham 
ustunroq turmog‘i lozim edi.
Tashqi  savdoda  ham  Samarqand  katta  o‘rin  tutgan.  Samar-
qandga  turli  mamlakatlardan,  xususan,  Xurosondan  ma’danlar, 
Hind  va  Sinddan  yoqut,  olmos,  Xitoydan  atlas,  choy,  mushk 
va  boshqa  mollar,  o‘zga  mamlakatlardan  oltin  va  kumush  olib  
kelinardi.  Klavixo  Xitoy  poytaxti  Xonbaliqdan  800  tuyalik  
savdo karvoni kelganini o‘z kundaligida qayd etgan.
Bu davrda Amir Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va 
Hindistondan O‘rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mam-
lakatlariga  boradigan  xalqaro  savdo  yo‘li  –  Buyuk  Ipak  yo‘lida 
savdo  karvonlari  qatnovi  xavfsizligini  ta’minlash  bo‘yicha  
muhim  chora-tadbirlar  ko‘rganlar.  Sharq  bilan  G‘arb  o‘rtasida 
savdo-sotiq  va  elchilik  aloqalari  kengaydi.  Bu  esa  Amir  Temur 
Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi.


126
davlatining  tashqi  iqtisodiy  va  elchilik  aloqalarining  barqarorli-
giga olib keldi.
1. Amir Temur qanday me’moriy inshootlar qurdirdi?
2. «Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning 
imoratlarimizga boq», degan yozuv qayerda yozilgan?
3.  Samarqandda  barpo  etilgan  binolardan  qaysilari  mustaqillik 
yillarida qayta ta’mirlandi?
4.  Qanday  omillar  hunarmandchilikning  rivojlanishiga  ijobiy 
ta’sir etdi?
5. Amir Temur barpo etgan bog‘lar haqida gapirib bering.
6. Nima uchun Amir Temur Samarqand atrofidagi qishloqlarning 
nomini Sharqning mashhur shaharlari nomi bilan atadi?
34-§. G‘ARBIY YEVROPA DAVLATLARI  
BILAN ALOQALAR
Tayanch tushunchalar: Yevropaning Amir Temur bilan  
yaqinlashuvi; Diplomatik aloqalar; Elchilar tashrifi
Sohibqiron  Amir  Temur  jahon  siyosiy  
ha yotiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lumki, 
bu  davrda,  bir  tomondan,  sulton  Boya- 
zidning  Bolqon  yarimoroli  davlatlariga  nisbatan  tazyiqi  ku- 
chayib,  butun  Yevropaga  xavf  solayotgan  edi.  Ikkinchi  tomon-
dan,  Boyazidning  o‘zi  G‘arbga  tomon  shiddat  bilan  siljib  bora-
yotgan  xavfli  raqib  – Amir  Temurning  kuchli  tazyiqiga  duchor 
bo‘lgan  edi.  Bunday  siyosiy  vaziyatda  Boyazidga  qarshi  kuch-
larning ma’lum darajada birlashuvi tabiiy edi.
Avvalambor  Boyaziddan  yengilib,  o‘z  yer  va  mulklaridan  
mah rum  bo‘lgan  Kichik  Osiyo  mamlakatlarining  hukmdorlari 
Amir  Temurdan  madad  istab,  uning  Qorabog‘dagi  o‘rdagohiga 
borib,  qaror  topadilar.  Hatto  Vizantiya  va  G‘alatadagi  Genuya 
hokimining  noibi,  Fransiya  qiroli  hamda  Sultoniya  shahrining 
katolik  missionerlari  yordam  so‘rab  Amir  Temurga  murojaat 
qiladilar.  Buning  evaziga  ular  harbiy  yurish  vaqtida  unga  yor- 
dam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to‘lab 
kelgan  bojini  bundan  buyon  Amir  Temurga  to‘lashga  va’da  qi-
ladilar.  Bunday  taklif  Amir  Temurga  ma’qul  tushadi.  Chunki 
Turkiyaning  dengiz  sohilidagi  tayanchidan  ajratish  uchun  unga 
Xalqaro siyosiy 
vaziyat


127
dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr oxiri va XV 
asr boshlarida sulton Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy 
vaziyat vujudga keladi. Bu vaziyatdan Amir Temur ustalik bilan 
foydalanadi.
Bu  davrda  Amir  Temur  Boyazid  bi-
lan  o‘zaro  diplomatik  yozishmalar  olib  
borish  bilan  bir  qatorda,  bo‘lajak  to‘q-
nashuvda  Trapezund  va  Konstantinopolning  harbiy  kemalaridan 
foydalanishga  harakat  qiladi.  Shu  maqsadda  u  Genuya  va  Ve-
netsiyaga sovg‘a-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yubo-
radi.
O‘zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi  
Ioann  VII  Paleolog  bilan  ham  yozishmalar  olib  boradi.  Amir 
Temurning  1402-yil  15-may  kuni  Ioann  VII  Paleolog  nomiga 
yo‘llagan  xatining  mazmuniga  qaraganda,  Konstantinopol  noi-
bi  va  Genuyaning  Peradagi  hokimi  Boyazidga  qarshi  kurashda 
Amir  Temurga  xizmat  qilish  bilan  yordam  berish  majburiyatini 
o‘z zimmalariga oladilar. Buni Ispaniya elchisi Klavixo ham o‘z 
kundalik daftarida qayd qilib o‘tadi.
Bu  davrda  Amir  Temur  Fransiya  qiroli  Karl  VI,  Angliya 
qiroli Genrix IV, Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Tras-
tamaralar  bilan  diplomatik  aloqalar  o‘rnatib,  yozishmalar  olib 
boradi.  Fransiya  fuqarolari  hisoblangan  genuyaliklarning  yer  va 
mulklarini, ayniqsa, G‘alatadagi mustamlakalarini himoya qilish 
uchun  Karl  VI  o‘z  navbatida  Amir  Temurdan  madad  kutar  va 
u  bilan  diplomatik  aloqalar  o‘rnatishga  urinar  edi.  Amir  Temur 
va  Karl  VI  yozishmalarida  qayd  etilishicha,  Sohibqiron  qirol-
ni  qo‘llab-quvvatlaydi.  Anqara  yaqinida  turklarning  160  ming  
kishilik  qo‘shini  ustidan  qozonilgan  buyuk  g‘alabadan  so‘ng 
Amir Temurning G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan bo‘lgan aloqa-
larining mazmuni tubdan o‘zgaradi. endilikda Amir Temur ular 
bilan  do‘stona  munosabatlarni  mustahkamlash  va  o‘zaro  savdo-
sotiq  aloqalarini  yo‘lga  qo‘yish  kabi  masalalarga  ahamiyat  be-
radi.
Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va  
Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI 
va  Genrix  IV  nomlariga  maktublar  yo‘llaydi.  elchilar  Parijga 
1403-yil  may  oyida  yetib  boradilar.  elchilar  ikki  mamlakatning 
Davlatlararo
yozishmalar
Elchilik aloqalari


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə