129
1403-yilda Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchi-
larni yuboradi. Unga
Klavixo boshliq qilib tayinlanadi.
1403-
yil 21-mayda Ispaniyadan jo‘nab ketgan elchilar Samarqandga
keladilar. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Temur tomo-
nidan tantanavor qabul qilinib, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsa-
tadilar.
Klavixo boshliq Ispaniya elchilari
1404-yilning sentabr-
noyabr oylarida Samarqandda bo‘ladilar. Amir Temurning Xitoy
tomonga yurishi munosabati bilan boshqa ko‘pgina davlatlarning
elchilari kabi Ispaniya elchilari ham
1404-yilning 21-noyabrida
Samarqanddan jo‘natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406-
yilning mart oyida qaytib boradi. Klavixoning safar taassurotlari
«Buyuk Temur tarixi» va
«Temur qarorgohi», «Samarqandga sa-
yohat kundaligi» nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr
qilinadi.
1. XV asr boshlaridagi xalqaro siyosiy vaziyat qanday edi?
2. Yevropa hukmdorlari nima uchun Amir Temur bilan diplo-
matik aloqalar o‘rnatishga harakat qildi?
3. Fransiya qiroli Karl VI bilan yozishmalar haqida gapirib be-
ring.
4. Nima uchun Mironshoh g‘arbda «katolik oqimining homiysi»
degan sifat bilan mashhur bo‘ldi?
35-§. AMIR TEMUR VORISLARI O‘RTASIDA TAXT UCHUN
KURASH VA UNING OQIBATLARI
Tayanch tushunchalar: Muxolafat; Saltanat taxti uchun kurash;
Shohrux hukmronligining qaror topishi
Sohibqiron
1405-yil 18-fevral kuni Xi-
toy tomon yurish vaqtida, qahraton qish-
da, O‘tror shahrida vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning
bir necha o‘n yillar davomidagi sa’y-harakatlari natijasida barpo
etilgan yirik saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy saba-
bi saltanat tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq
masofalarga cho‘zilgan bo‘lib, ularni yagona bir markazdan turib
boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolafatchi
kuchlar ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar.
Taxt uchun kurash
5 – Tarix 7