O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50

119
rounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mam-
lakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband 
va  Baylakon  shaharlari  shular  jumlasidandir.  Karvon  yo‘llarida 
rabotlar,  qal’alar,  ko‘priklar,  shaharlarda  masjid  va  madrasalar 
hamda  bog‘-u  bo‘stonlar  barpo  etdi.  eng  muhimi  eron,  Ozar-
bayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, 
Sharq  bilan  G‘arbni  bog‘lovchi  qadimiy  karvon  yo‘llarini  tikla-
di. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq 
mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va 
mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi. 
Amir  Temur  Yevropaning  Fransiya,  Angliya  va  Kastiliya  kabi 
yirik  qirolliklari  bilan  bevosita  savdo  va  diplomatik  aloqalar 
o‘rnatdi.
Siyosiy  tarqoqlik  tugatilib,  markazlashgan  davlatning  tash-
kil  topishi  katta  ijobiy  oqibatlarga  olib  keldi.  Mamlakat  ishlab 
chiqarish  kuchlarini  va  mo‘g‘ullarning  bir  yarim  asrlik  hukm-
ronligi  natijasida  tanazzulga  uchragan  iqtisodni  tiklash  uchun 
qulay  sharoit  vujudga  keldi.  Ayni  vaqtda  xo‘jalikning  asosi 
bo‘lgan  sug‘orma  dehqonchilikda  muayyan  siljishlar  ro‘y  berdi. 
Yangi-yangi kanallar qazilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari  
kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan 
va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi.
Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkar-
da  sifatida  O‘zbekistonda  davlatchilikning  yuksalishida  muhim 
o‘rin  tutadi.  Tarixiy  manbalarda  Amir  Temur  Sohibqiron  nomi 
bilan bir qatorda «Sohibi jahon» hamda «Sohibi adl» – «Adolat 
sohibi» nomlari bilan ulug‘lanadi. Xalqaro UNeSKO tashkiloti-
ning tashabbusi bilan 1996-yilda Amir Temurning tavallud kuni 
keng  miqyosda  nishonlandi  va  shu  yil  «Amir  Temur  yili»  deb 
e’lon qilindi.
1. Amir Temur mamlakat xavfsizligi yo‘lida qanday tadbirlarni 
amalga oshirdi?
2.  Amir  Temur  nima  sababdan  Oltin  O‘rdaga  qarshi  yurishlar 
qildi?
3. Amir Temurning uch, besh, yetti yillik urushlarining natija-
lari haqida so‘zlab bering.
4. Anqara jangi qachon sodir bo‘ldi va qanday yakunlandi?
5. Amir Temurning Sulton Boyazid ustidan qozongan g‘alabasi 
Yevropa taqdirida qanday rol o‘ynadi?


120
32-§. AMIR TEMUR SALTANATINING MA’MURIY VA
HARBIY TUZILISHI
Tayanch tushunchalar: Saltanat boshqaruvi; Suyurg‘ol yerlar; 
Qo‘shin tuzilmasi; «Temur tuzuklari»
Sohibqiron  Amir  Temur  o‘z  zamonasi-
ning  talab-ehtiyojlaridan  kelib  chiqib 
davlat boshqaruvini takomillashtirdi, un-
ga  yan gicha  ruh  va  mazmun  berdi.  Davlatning  tarkibiy  tuzilishi 
harbiy-siyosiy  tartiblarga  asoslangan  bo‘lsa-da,  jamiyat  rivoji, 
barcha  ijtimoiy  tabaqalarning  manfaatlarini  ta’minlash  nazarda 
tutilgan edi.
Amir  Temur  saltanatida  davlat  boshqaruvi  ikki  idoradan: 
dargoh  va  vazirlik  (devon)dan  iborat  bo‘lgan.  Dargohni  Oliy 
hukmdorning  o‘zi  boshqargan.  Ijroiya  hokimiyat  –  devonni  de-
vonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, mulkchi-
lik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bular-
dan tashqari sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan 
shug‘ullanuvchi yana uch vazir bo‘lib, ular devonbegiga hisobot 
berib turgan.
Markaziy hokimiyat tizimida shayx ulislom, qozikalon, sadri 
a’zam,  dodxoh,  yasovul,  muhassil,  tavochi,  muhtasib  va  boshqa 
amaldorlar xizmat qilgan.
Dargohda  bosh  hojib,  xazinabon,  xonsolar,  qo‘shchi,  bako-
vul,  kotiblar,  bitikchilar,  tabiblar,  sozandalar,  dasturxonchilar 
xizmatda bo‘lgan.
Amir  Temur  ulkan  saltanat  tasarrufidagi 
o‘lkalarni o‘g‘illari, nabiralari va xizmat 
ko‘rsatgan  amirlarga  suyurg‘ol  tarzida  in’om  qilib,  ular  orqali 
boshqardi.  Movarounnahrdan  tashqari  o‘z  tasarrufidagi  barcha 
viloyat  va  mamlakatlarni  Amir  Temur  o‘limidan  biroz  avval 
o‘g‘il  va  nabiralari  orasida  bunday  taqsimlaydi:  Ozarbayjon, 
G‘arbiy eron, Iroq, Armaniston, Gurjistonni – Mirzo Umar ibn 
Mironshohga,  Forsni  –  Pirmuhammad  ibn  Umar  Shayxga, 
Xuroson,  Mozandaron,  Ray  va  Seistonni  –  Shohrux  Mirzoga, 
Sulton Mahmud G‘aznaviy mulkini Kobul va Qandahordan Shi-
moliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga – Pirmu-
hammad Jahongirga, Toshkent, Sayram, O‘tror va Ashparadan 
Saltanat
boshqaruvi
Suyurg‘ol yerlar


121
to  Xitoy  chegarasigacha  –  Ulug‘bekka,  Farg‘ona,  Tarozdan  to 
Xo‘tangacha,  ya’ni  Sharqiy  Turkistonning  janubi  g‘arbini  –  Ib-
rohim Sultonga berdi.
Uluslar  markaziy  hukumatga  itoat  etsalar-da,  ammo  ular  
ma’lum  mustaqillikka  ega  edilar.  Ulus  hukmdorlarining  alohida  
davlat  devonxonasi,  qo‘shini  mavjud  edi.  Ularning  markaziy 
hukumatga  tobeligi  xirojning  bir  qismini  Samarqandga  yuborib 
turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qat-
nashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.
Amir  Temur  davlat  mustaqilligi  va  mu-
hofaza yo‘lidagi ichki va tashqi siyosati-
da asosan qo‘shinga suyanar edi. Shuning uchun ham u qo‘shin 
boshliqlarini  tanlash  va  ularni  tarbiyalash,  harbiy  qismlar  va 
ularning  joylashish  tartibi,  navkar  va  sarbozlarning  qurollanishi  
hamda  ichki  intizom  masalalariga  nihoyatda  katta  ahamiyat  be-
rardi.
Amir Temur qo‘shini o‘ntalik askariy birikmalar asosida tuzil-
gan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar tuman – o‘n minglik, 
hazora  –  minglik,  qo‘shun  –  yuzlik  va  ayl  –  o‘nlik  birikma-
lariga  bo‘lingan.  Amir  Temur  o‘n  minglik  askarni  boshqarish 
uchun  tuman  og‘asi,  minglik  bo‘linmalar  uchun  mirihazora
yuzliklar  uchun  qo‘shunboshi  va  o‘nliklar  uchun  esa  aylboshi 
kabi harbiy mansablarni ta’sis etadi. Ularning haq-huquqlari oylik 
maoshining  darajasiga  mos  ravishda  belgilab  beriladi.  Janglarda 
bahodirlik ko‘rsatib, g‘alaba qozongan amir uchun in’omlar ham 
belgilab qo‘yilgan. Biron qo‘shinni yenggan, biror mamlakat yoki 
viloyatni  zabt  etgan  amir  bahodirlik  martabasi,  davlat  kengash-
lariga  bemalol  kirish  huquqi  hamda  biron  sarhadning  noibligi 
bilan siylangan.
*  Xonsolar  –  dasturxonchi.  Hukmdor  huzurida  ovqat 
tortish ishlarini boshqaruvchi shaxs
*  Bakovul  –  hukmdorga  va  lashkarga  ovqat  tayyor-
lash ustidan nazorat qilib turuvchi harbiy mansabdor. 
Lashkarga maosh va oziq-ovqat taqsimlash ham bako-
vullar zimmasiga yuklatilgan
*  Bitikchilar  –  xon  va  mahalliy  hokimlarning  barcha 
yozuv ishlarini olib boruvchi mansabdor
Qo‘shin tuzilishi


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə