O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50

113
1370-yilning  bahorida  Amir  Temur  butun  qo‘shinlari  bilan 
kuchli  raqib  –  Balx  hukmdori  Amir  Husaynga  qarshi  yo‘lga 
chiqadi.  Qo‘shin  Termiz  yaqinidagi  Biyo  qishlog‘iga  yetganida 
uning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka tashrif buyu-
radi.  Sayyid  Baraka  Amir  Temur  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlab, 
unga  Oliy  hokimiyat  ramzi  tabl  bilan  yalovbayroq  tortiq  qilib, 
uning  buyuk  kelajagidan  bashorat  qiladi.  Bu  voqea,  shubhasiz, 
siyosiy  ahamiyatga  ega  edi.  Chunki  u  saltanatlik  ramzi  edi.  
Amir Temur qo‘shini to Balxga yetib borgunicha, yo‘l-yo‘lakay 
unga yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shiladi. Bu paytga kelib Amir  
Husaynning  ko‘pchilik  amirlari  uni  tark  etadilar.  Jangda  Amir 
Husayn qo‘shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaldan so‘ng, 1370-
yilning  10-aprelida  Balx  shahri  Amir  Temurga  taslim  bo‘ladi. 
Amir Husayn qatl etiladi.
1370-yilning 11-aprelida Chig‘atoy ulusining bek va amirla-
ri,  viloyat  va  tumanlarning  dorug‘alari,  Amir  Temurning  qurol-
dosh do‘stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka 
ishtirokida  qurultoy  o‘tkaziladi.  Qurultoyda  Amir  Temurning 
hukmdorligi  rasman  tan  olinib,  u  Movarounnahrning  amiri  deb 
e’lon qilinadi. 
Amir  Temur  davlatni  siyosiy  va  iqtiso-
diy  jihatdan  mustahkamlashga  kirishadi. 
U  1370-yil  iyul  oyida  Samarqandda  qu-
rultoy  chaqirdi.  Qurultoyda  Shibirg‘on 
hokimi amir Zinda Chashmdan boshqa Movarounnahrning bar- 
cha amirlari va qabila boshliqlari to‘plandilar. Ikki daryo oralig‘i-
da yashovchi turk-mo‘g‘ul qabila boshliqlari, barcha amirlar Amir 
Temur  hokimiyatini  tan  oldilar.  Samarqand  davlat  poytaxti  deb 
e’lon  qilindi.  Samarqandda  mustahkam  devorlar,  qal’alar  ham-
da  saroylar  barpo  etiladi.  Amir  Temur  mamlakatda  qonun  va 
tartib ishlarini joriy etadi. Maxsus qo‘shin tuzib, unga katta im-
tiyozlar  beradi.  Amir  Temur  yirik  harbiy  bo‘linmalarning  bosh-
liqlari  etib  Ardasher  Qavchin,  Joku  Barlos,  Iskandar  A’lam 
Shayx, Usmon Abbos, Sayfiddin Barloslarni tayinladi. Tajriba-
li harbiylar sipohsolorlikka tayinlandi. 1370-yildayoq Shibirg‘on 
bo‘ysundirildi. Zinda Chashm Amir Temur xizmatiga o‘tdi.
Amir  Temur  sharqiy  hududlarni  mo‘g‘ullar  ta’siridan  ozod 
etish  uchun  Sharqiy  Turkiston  tomon  bir  necha  marta  yurish  
Markazlashgan
davlatning tashkil 
etilishi


114
qilib,  Mo‘g‘uliston  xonlariga  zarba  berib,  Farg‘ona  vodiysi  hu-
dudlarini,  O‘tror,  Yassi  (Turkiston)  va  Sayramni  o‘z  tasarrufi-
ga  oldi.  Hisor,  Badaxshon,  Qunduz  kabi  viloyat  amirlari  ham 
Amir Temur hokimiyatini tan olib, unga bo‘ysundilar. 1381-yilda  
Hirot,  Seiston,  Mozandaron  egallandi.  Shundan  so‘ng  Saraxs,  
Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari jangsiz Amir Temurga bo‘y-
sundi va uning tasarrufiga o‘tdi. Shu tariqa butun Movarounnahr 
va Xuroson birlashtirildi.
Amir Temur saltanati bilan Oltin O‘rda xonligi oralig‘ida bu 
davrga kelib mustaqil bo‘lib olgan Xorazm davlati qaror topgan 
edi. Qadimdan iqtisodiy va madaniy jihatdan Movarounnahr bilan 
bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  Xorazm  mo‘g‘ullar  davrida  ikki  qism-
ga  ajralib,  markazi  Urganch  shahri  bo‘lgan  Shimoliy  Xorazm 
Oltin O‘rdaga, markazi Kat qal’asi bo‘lgan Janubiy Xorazm esa 
Chig‘atoy  ulusiga  bo‘ysundirilgan.  XIV  asrning  60-yillari  oxi-
rida  Oltin  O‘rdada  yuz  bergan  g‘alayonlar  vaqtida  Qo‘ng‘irot 
so‘fiylari  Shimoliy  Xorazmda  yangi  sulolaning  mustaqil  hukm-
ronligini  tiklab  oladilar.  So‘ngra  Kat  va  Xiva  shaharlarini  egal-
lab,  Shimoliy  Xorazm  bilan  Janubiy  Xorazm  yerlarini  birlash-
tiradilar.  Amir  Temur  esa  butun  Xorazmni  Chig‘atoy  ulusining 
ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni o‘z 
davlatiga qo‘shib olish siyosatini tutdi.
Amir Temur 1372-yildan boshlab Xorazmga besh marta har-
biy yurish qildi, Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo‘ysundirildi.
Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xo-
razmni  birlashtirib,  yirik  markazlashgan  davlat  tuzdi.  Bu  ulkan 
hududda  yashovchi  xalqlarning  birlashuvi  ular  taqdirida  ijobiy 
ahamiyatga ega bo‘ldi.
1. Amir Temur bilan Amir Husayn o‘rtasidagi nizo qanday ya-
kun topdi?
2. 1370-yilning  11-aprelida  o‘tkazilgan  qurultoyning  tarixiy 
aha mi yati nimadan iborat?
3. Samarqand shahrini qaytadan bunyod qilishda Amir Temur-
ning xizmati to‘g‘risida nimalarni bilib oldingiz?
4. Movarounnahrning  sharqiy  hududlari  qanday  yo‘l  bilan 
birlash tirildi?
5. Xorazm yurishlari va uning natijasi haqida gapirib bering.
6. Bu  davrda  Amir  Temurning  tarixiy  xizmati  nimadan  iborat            
bo‘ldi?


115
31-§. AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI
Tayanch tushunchalar: Oltin O‘rdaga qarshi kurash; 
Anqara jangi; Amir Temurning Yevropa xalqlari oldidagi xizmati
Amir  Temur  saltanatiga  xavf  solib  tu-
ruvchi  kuchlar  hali  bartaraf  etilmagan 
edi.  Bir  tomondan,  Mo‘g‘uliston  xonlari 
Chig‘atoy ulusini birlashtirishga intilib tinchlik bermasdi. Ikkin-
chi tomondan, Oltin O‘rda va Oq O‘rdaga bo‘linib ketgan Jo‘ji 
ulusi  xonlari  ham  shimoliy  hududlar  hamda  Xorazm  tomondan 
xavf solib turardi.
Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf 
Oq  O‘rda  va  Oltin  O‘rdalar  tomonidan  edi.  Avval  Amir  Temur 
Oltin O‘rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga harakat qiladi. 
Lekin  u  Jo‘ji  ulusini  o‘z  davlatiga  qo‘shib  olish  niyatida  emas 
edi.  Amir  Temur  Oltin  O‘rda ning  Movarounnahrga  tutashgan 
sharqiy  qismini  o‘z  ta’siri  ostiga  olish  hamda  uning  poytaxti  
Saroy  Berka  orqali  o‘tadigan  karvon  yo‘lini  Movarounnahr  
tomon burib yuborishni ko‘zlaydi.
Amir Temur o‘z maqsadini amalga oshirish uchun Jo‘ji ulusi-
dagi o‘zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin 
O‘rdada  toj-taxt  uchun  ayovsiz  kurash  boshlangan  edi.  Bunday 
sharoitda ba’zi chingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlagan-
lar. Ulardan biri To‘xtamish Oq O‘rdadan qochib Samarqandga 
keldi.  Amir  Temur  unga  izzat-hurmat  ko‘rsatdi,  oxir-oqibatda  u 
Amir Temur yordamida Oltin O‘rda taxtini egalladi.
Keyinchalik  To‘xtamish  xoinlik  yo‘liga 
kiradi.  U  Amir  Temurga  qarshi  ochiq-
dan ochiq kurashga o‘tadi. Natijada Amir 
Temur  To‘xtamishga  qarshi  uch  marta  qo‘shin  tortishga  majbur 
bo‘ladi.
So‘nggi  shiddatli  jang  1395-yilning  15-aprelida  Shimoliy 
Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo‘yida sodir bo‘ldi. Shiddatli 
muhoraba (to‘qnashuv, jang) uch kun davom etdi. Bu safar Amir 
Temur  qo‘shini  dushmanga  qarshi  otdan  tushib,  uni  kamondan 
o‘qqa  tutish  usulini  qo‘lladi.  O‘q  va  qilich  zarbiga  chiday  ol-
magan To‘xtamish qo‘shinining safi buzilib, orqaga chekindi va 
tarqalib  ketdi.  To‘xtamishxon  sanoqligina  askari  bilan  qochib 
Mamlakat
xavfsizligi yo‘lida
Amir Temur va 
To‘xtamish


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə