O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)


§._CHIG‘ATOY_ULUSINING_TASHKIL_TOPISHI_Tayanch_tushunchalar:_Ulus;_chig‘atoy_ulusi;_Soliq_turlari;__Mahmud_Torobiy_qo‘zg‘oloni'>27-§. CHIG‘ATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50

101
27-§. CHIG‘ATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI
Tayanch tushunchalar: Ulus; chig‘atoy ulusi; Soliq turlari;
Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni
Zabt  etilgan  o‘lka  va  viloyatlarni  Chin-
gizxon  hali  hayotlik  chog‘idayoq  to‘rt 
o‘g‘illariga  taqsimlab  berdi.  Jumladan, 
Sharqiy  Turkiston,  Yettisuv  va  Movarounnahrga  Chig‘atoy  ega 
bo‘ldi. Shunday qilib, mo‘g‘ullar bosib olingan viloyatlarni ulus-
larga taqsimlash asosida boshqarishga kirishdi.
Chingizxon  vafotidan  so‘ng  (1227)  O‘qtoy  mo‘g‘ullar  dav-
latining  ulug‘  xoqoni  qilib  tayinlandi.  Uluslarning  hukmdorlari 
«xon»  deb  yuritilardi.  Ulug‘  xoqonning  qarorgohi  Qoraqurum 
shahrida bo‘lib, u yerdan turib xonlarning xatti-harakatini qattiq 
nazorat qilib borar edi.
Chingizxon  vafotidan  keyin  ham  mo‘g‘ullarning  G‘arbga 
tomon    yurishi  davom  etdi.  1236–1240-yillarda  Rus  davlati 
zabt etilib, Oltin O‘rda davlati tashkil topadi. 1256-yilda eron  
batamom bosib olinib, Xulakiylar davlati vujudga keladi. 1258-
yilda  Xuloku  abbosiylar  sulolasiga  xotima  beradi.  Mo‘g‘ullar 
Osiyo  va  Yevropaning  katta  qismida  o‘z  hukmronligini  o‘rnata 
olgan bo‘lsalar-da, yagona markazlashgan davlat tuza olmadilar. 
Ulus xonlari ulug‘ xoqonga nomigagina bo‘ysunsalar-da, amalda 
o‘z bilganlaricha ish yuritardilar.
XIII  asrning  20-yillarida  Chig‘atoy  ta-
sarrufiga  berilgan  Movarounnahr,  Yet- 
tisuv  va  Sharqiy  Turkistonda  Chig‘atoy  ulusi  tashkil  top-
di.  Chig‘atoyxonning  ulusni  boshqaradigan  o‘rdasi  elsuvi  (Ili) 
daryosi  bo‘yida  edi.  Viloyatlar  va  hunarmandchilik  shaharlari-
ni  boshqarishda  Chig‘atoy  o‘ziga  bo‘ysundirilgan  xalqlarning  
yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi.
Movarounnahrni  bevosita  idora  etish  ishlari  hali  Movaroun-
nahr  zabt  etilmasdan  ilgari  Chingizxon  huzurida  xizmat  qilgan 
xorazmlik  savdogar  Mahmud  Yalavochga  beriladi.  U  Xo‘jand 
shahrini  o‘ziga  qarorgoh  qilib  oladi  va  shu  yerda  turib,  Mo-
varounnahrni  idora  qila  boshlaydi.  Harbiy  hokimiyat,  aholini 
ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq yig‘ish ishlari dorug‘achi va tavg‘ach 
deb ataluvchi mo‘g‘ul amaldorlari qo‘lida bo‘lardi. Mo‘g‘ul bos-
O‘lkalarning
taqsimlanishi
Chig‘atoy ulusi


102
qoqlari  (mahalliy  hokim)  ixtiyoridagi  ko‘p  sonli  askarlar  Mah-
mud  izmiga  bo‘ysundirilgan  edi.  Mahmud  Yalavoch  shularga 
suyanib mo‘g‘ul xoqonlari talabini ijro qilar va o‘zining cheksiz 
hukmronligini amalga oshirar edi.
Chig‘atoy  xonlari  markaziy  hokimiyat  
xazinasi  uchun  aholiga  turli  soliqlar  so-
lib, zo‘ravonlik bilan undirib olishar edi.
Ziroatchilardan  olinadigan  yer  solig‘i  bu  davrda  «kalon» 
deb  yuritilgan.  Chorvadorlarga  esa  «qopchur»  solig‘i  solingan. 
Davlat xazinasi uchun «shulen» nomi bilan yuritilgan oziq-ovqat 
solig‘i  ham  undirilgan.  «Shulen»  har  bir  podadan  ikki  yashar 
qo‘y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan.
Hunarmandlar  va  savdogarlardan  «targ‘u»  solig‘i  undiril-
gan.  Targ‘u  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  yoki  sotilgan  molning 
o‘ttizdan bir qismi hajmida undirilgan. Bulardan tashqari aholiga 
tuz solig‘i, jun va kumush solig‘i solingan.
Soliqlar  mahalliy  amaldorlar  tomonidan  barot  (ijara)  tarti-
bida avvaldan bir yo‘la to‘lab yuborilardi, so‘ngra ular aholidan 
yig‘ib olinardi. Aholidan yig‘ib olish paytlarida soliqlar, shubha-
siz, rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilardi.
Zo‘rlik,  jabr-zulmning  nihoyatda  kuchayishi,  xilma-xil  maj-
buriy to‘lov va yig‘imlarning haddan tashqari ko‘pligi  mo‘g‘ul-
larga  nisbatan  norozilikni  oshirib,  istilochilar  istibdodiga  qarshi 
xalqning bosh ko‘tarishiga olib keldi. Shunday qo‘zg‘olonlardan 
biri  Buxoro  vohasidagi  Torob  qishlog‘ida  ko‘tarilgan  xalq 
qo‘zg‘oloni bo‘ldi.
Soliq turlari
Mahmud Torobiy 
qo‘zg‘oloni
* Chig‘atoy ulusi  — hokimiyat taqsimlanganda uning 
Chingizxon  o‘g‘li  Chig‘atoyga  tekkan  qismi.  Keyin-
chalik u Chig‘atoy davlatiga aylangan
* Qopchur — chorva mollari bosh sonining 2,5% miq-
dorida olingan soliq
* Kalon — hosilning 1/10 qismi hajmida olingan soliq
1238-yilda  Buxoroning  Torob  qishlo-
g‘ida  bosqinchilar  va  mahalliy  mulkdor-
lar  zulmiga  qarshi  qo‘zg‘olon  boshlana-
di.  Qo‘zg‘olonga  toroblik  g‘alvir  yasovchi  hunar mand  Mahmud 


103
boshchilik qiladi. Tarixda u Mahmud Torobiy nomi bilan shuh-
rat topadi.
Torobiyning yaqin safdoshlaridan Shamsiddin Mahbubiy va 
Buxoro  aholisi  qo‘zg‘olonchilarga  qo‘shilib  qo‘liga  qurol  oladi. 
O‘zlarining  qadrdon  shahar  va  qishloqlarini  mo‘g‘ullardan  va 
ular ning hamtovoq xizmatchilari – mahalliy ma’murlardan ozod 
qilishga  otlangan  kishilardan  kattagina  lashkar  to‘planadi.  Mah-
mud Torobiy o‘z tarafdorlari bilan Buxoroga kirib olgach, shahar 
ichidagi Robiya saroyini qarorgoh qilib oladi. Bu yerga Buxoro-
ning sadrlari, badavlat a’yonlari, yirik yer egalarini chaqirtiradi. 
U o‘zini Buxoro va atrof viloyatlarining xalifasi, ya’ni hukmdori 
deb  rasmiy  ravishda  e’lon  qilishga  ularni  majbur  etadi.  Shun- 
dan  so‘ng  Shamsiddin  Mahbubiy  sadr  deb  e’lon  qilinadi.  Mah-
mud  Torobiy  Buxoroda  o‘z  hukmronligini  o‘rnatgach,  mo‘g‘ul 
tarafdorlari  bo‘lgan  mahalliy  amaldorlar  Buxorodan  qochib  ke-
tadi.
Qochqin  amaldorlar  va  mo‘g‘ullar  noib  Mahmud  Yalavoch 
yordamida  Karmana  yaqinida  kuch  to‘plab,  Buxoro  ustiga  
yuradilar. O‘rtada jang boshlanadi. Mo‘g‘ullar yengilib, Karmana 
tomon  qocha  boshlaydilar.  Jangda  qo‘zg‘olon  boshliqlari  Mah-
mud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham halok bo‘ladilar. 
Qo‘zg‘olonchilar ularning o‘rniga Torobiyning ukalari Muham-
mad va Alini boshliq qilib saylaydilar. Oradan bir hafta o‘tmay, 
ularga qarshi mo‘g‘ullarning yangi qo‘shini hujum qiladi. Jangda 
qo‘zg‘olonchilar  tor-mor  qilinib,  Torobiyning  har  ikkala  ukalari 
ham  halok  bo‘ladilar.  Mo‘g‘ullar  Buxoroni  yana  bosib  olib,  u 
yerda ilgarigi tartiblarni qayta o‘rnatadilar.
Chig‘atoy  soliqlarni  tartibga  solish  islohotida  1238-yilda  
Mahmud  Yalavochni  noiblikdan  chetlatishga  majbur  bo‘ldi.  
Uning  o‘g‘li  Ma’sudbek  noib  etib  tayinlandi.  Ulug‘  xoqon 
O‘qtoy  Mahmud  Yalavochni  Pekin  shahriga  hokim  etib  tayin-
laydi.
1. Chingizxon zabt etilgan o‘lkalarni qanday taqsimladi?
2. Chig‘atoy ulusi qachon va qayerda tashkil topdi?
3. Mo‘g‘ullar qanday soliqlarni joriy etdilar?
4. Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni qachon va qanday boshlandi?
5. Qanday  sabablar  Torobiy  qo‘zg‘olonining  mag‘lubiyatiga 
olib keldi?


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə