O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50

98
harbiy  kuch  va  zirhli  qurollarining  ustunligiga  qaramay  o‘z  ona 
shahrini  mudofaa  qiladilar.  Poytaxt  ichida  olib  borilgan  ko‘cha 
janglarida zamonining buyuk allomasi shayx Najmiddin Kubro 
nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy 
o‘z  do‘st-u  shogirdlari  va  izdoshlari  bilan  ishtirok  etadi.  Naj-
middin  Kubroning  iltijo  bilan  «Yo  Vatan,  yo  sharofatli  o‘lim» 
deb  aytgan  xitobi  rahnamoligida  har  bir  mahalla,  ko‘cha-ko‘y, 
guzar-u  rasta,  masjid-u  madrasa  va  har  bir  xonadon  janggohga 
aylanadi. Uzoq davom etgan ko‘cha janglarida minglab mo‘g‘ul 
askarlari halok bo‘ladi. Mo‘g‘ullar to shu paytgacha Movaroun-
nahrning  hech  bir  shahrida  bunchalik  qurbon  bermagan  edilar. 
Bu qonli kurash yetti oy davom etgan.
Chingizxon  Najmiddin  Kubroga  ahli  a’yonlari,  barcha  yor-u 
do‘stlari  bilan  shahar  tashqarisiga  chiqib,  jon  saqlashni  taklif  
etgan.  Ammo  shayx  Chingizxon  taklifini  rad  qilgan.  Oqibat  
son  jihatidan  teng  bo‘lmagan  dushman  bilan  olib  borilgan  
shiddatli  jangda  og‘ir  yaralangan  Najmiddin  Kubro  o‘lim  
oldida  tig‘  tutgan  mo‘g‘ul  sarboziga  tashlanib,  qahramonlarcha 
halok  bo‘ladi.  Ilojsizlikdan  holi  tang  bo‘lib,  taslim  bo‘lgan  Ur-
ganch  bosqinchilar  tomonidan  talon-toroj  qilinadi.  Shaharning 
bosh  ihota  to‘g‘oni  buzib  yuboriladi.  Urganchni  suv  bosib  vay-
ron bo‘ladi.
Movarounnahrning  asosiy  shaharlari  
egallangach,  mo‘g‘ul  jangarilarining  
bosqinchilik  yurishi  Amudaryo  janubi-
dagi  yirik  savdo  va  madaniyat  mar- 
 kazlari:  Balx,  Hirot,  Marv  va  G‘azna  kabi  shaharlarga 
yo‘naltiriladi.  Ammo  bu  viloyatda  ular  Jaloliddin  Manguber-
dining qattiq qarshiligiga uchraydi. Bu o‘lkada u kuchli lashkar 
to‘playdi.
Jaloliddin  Manguberdi  ancha  yillar  ilgari  G‘azna,  Bomi-
yon  va  Hindiston  hududlarigacha  bo‘lgan  yerlarga  hokim  etib 
tayinlangan  edi.  Shu  boisdan  u  G‘azna  tomon  borardi.  Yo‘lda 
unga  Xuroson  noiblari  o‘z  qo‘shinlari  bilan  kelib  qo‘shilib  bor-
di. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahor shaharlari yonida mo‘g‘ul 
qo‘shinlariga  qaqshatqich  zarbalar  berib,  G‘aznaga  yetib  keldi. 
Uning  qo‘shinlari  safiga  yangi  kuchlar  qo‘shildi.  Jaloliddin  Va-
liyon  qal’asini  qamal  qilayotgan  mo‘g‘ul  qo‘shinlariga  qarshi 
Jaloliddin
Manguberdining
jasorati


99
hujum qilib, ularni tor-mor etadi. Bu Ja-
loliddinning dushman ustidan qozongan 
dastlabki yirik g‘alabasi edi.
Chingizxon  Jaloliddin  Manguber-
diga  qarshi  Shiki  Xutuxu  no‘yonni 
45  minglik  qo‘shin  bilan  jo‘natadi. 
G‘azna  yaqinidagi  Parvon  dashtida-
gi  jangda  Jaloliddin  g‘alaba  qozondi. 
Biroq  g‘alabadan  keyin  qo‘lga  kiritil-
gan  o‘ljalarni  taqsimlashda  Jaloliddin-
ning  lashkarboshilari  o‘rtasida  o‘zaro 
kelishmovchilik  boshlanadi.  Oqibatda 
lashkarboshilardan  Sayfuddin  Ag‘roq, 
A’zam  Malik  va  Muzaffar  Maliklar 
qo‘shindan ajralib ketadilar. Bu voqea-
Jaloliddin Manguberdi
dan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi zaiflashib qoladi.
Fursatdan foydalangan Chingizxon G‘aznaga askar tortadi va 
ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etadi. Jaloliddin teng-
siz  janglar  olib  borib,  Sind  (Hind)  daryosi  qirg‘oqlariga  yaqin- 
lashib  boradi.  Daryo  bo‘yida  1221-yilning  25-noyabrida  ikki 
o‘rtada  qattiq  jang  bo‘ladi.  Jaloliddin  Chingizxon  qo‘shinining 
ilg‘orini yengadi. Mo‘g‘ullarning pistirma larga qo‘yilgan 10 ming  
nafar  saralangan  askari  jangni  yakunlaydi.  Jaloliddin  taslim  
bo‘lishni  xohlamay  otda  Sind  daryosiga  sakrab,  narigi  qirg‘oq- 
qa  suzib  o‘tadi.  U  bilan  birga  uning  to‘rt  ming  kishilik  askari  
ham daryodan o‘tib oladi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir  
tomoni  «Ot  sakrash»,  narigi  tomoni  «Cho‘li  Jaloliy»  deb  atala-
di.  Jaloliddinning  jasoratiga  qoyil  qolgan  Chingizxon  uni  ta’qib 
qilish  fikridan  qaytadi.  Hatto,  u  o‘g‘illariga  qarab:  «Ota  o‘g‘il 
mana shunday bo‘lishi lozim», – degan ekan.
Jaloliddin  yana  o‘n  bir  yil  davomida  goh  eron,  goh  Ozar-
bayjon  hududlarida  mo‘g‘ullarga  qarshi  kurashni  davom  etti-
radi.
Shunday  qilib  buyuk  sarkarda  Jaloliddin  Manguberdini  va 
uning  jangovar  kuchini  tashkil  qilgan  fidoyi  safdoshlari  dush-
manga  qarshi  yillar  davomida  qahramonona  kurashsalar-da, 
ammo  ona  yurt  ozodli gini  saqlab  qolishning  ilojini  qilolmaydi-
lar. Xorazmshohning hukmdorligi 1231-yilda tugaydi. Sharqdagi 


100
bu  ulkan  davlat  batamom  barham  to-
padi.
Vatan  ozodligi  yo‘lida  jon  fido  qil-
gan  buyuk  ajdodimiz  Jaloliddin  Man-
guberdi  tavalludining  800  yilligi  mus-
taqil  O‘zbekistonda  1999-yili  keng 
nishonlandi.  Xorazmda  unga  haykal 
o‘rnatildi,  yirik  ko‘cha  va  maydon-
larga  uning  nomi  qo‘yildi,  videofilm, 
pyesa  va  dostonlar  yaratildi.  2000-yil 
30-avgustda  «Jaloliddin  Manguberdi» 
ordeni ta’sis etilgan.
Mo‘g‘ullar  istilosi  oqibatida  Movaro-
unnahr  va  Xorazmning  yashnab  turgan 
obod  dehqonchilik  viloyatlari  halokatga 
uchradi.  Gavjum  va  ko‘rkam  shahar-
lar,  ayniqsa,  Buxoro,  Samarqand,  Urganch,  Marv,  Banokat, 
Xo‘jand va boshqalar xarobazorga aylantirildi. Marv vohasining 
sug‘orish  tarmoqlarining  bosh  to‘g‘oni  –  mashhur  Sultonband 
buzib tashlandi.
Samarqandliklar  o‘z  ona  shaharlarini  tark  etib  chiqib  ketdi-
lar. Marv aholisi esa suvsizlikdan qurib borayotgan qishloq larni 
tashlab, o‘zga yerlarga borib joylashdi. Urganch suvga bostirilib, 
batamom vayron etildi. Xorazm va Movarounnahrning ziroatchi 
aholisi sonining keskin kamayib ketishi oqibatida ekin maydon-
lari jiddiy qisqarib, dehqonchilik inqirozga uchraydi.
Mohir  hunarmandlar  g‘oliblarning  yurtini  obod  etish  uchun 
majburan Mo‘g‘ulistonga yuborildi. Butun Sharqda shuhrat top-
gan qurol-aslaha  yasash, nafis ipak matolar to‘qish, naqshli shi-
shasozlik hunarmandchiligi barham topdi.
Asrlar  davomida  Turkiston  orqali  o‘tgan  mashhur  Ipak  yo‘li 
mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay harakatsiz qoldi. Bu davrda 
ilm va ma’rifatga juda katta ziyon yetkazildi.
1. Urganch mudofaasi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Najmiddin Kubroning «Yo Vatan, yo sharofatli o‘lim» xitobi 
ma’nosini tushuntiring.
3. Jaloliddinni qanday kuch jasoratga undagan edi?
4. Sind daryosi bo‘yidagi jang haqida so‘zlab bering. 
Mo‘g‘ullar
istilosining  
oqibatlari
«Jaloliddin 
Manguberdi» ordeni.


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə