O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50

84
O‘zbekiston  hududida  qadimdan  o‘troq  yashab,  sug‘orma  deh-
qonchilik,  hunarmandchilik  bilan  shug‘ullanib  kelgan  mahalliy 
sug‘diylar,  baqtriylar,  xorazmiylar,  farg‘onaliklar,  shoshliklar,  
yarim  chorvador  qang‘lar,  ko‘chmanchi  sak-massaget  kabi  
etnik  guruhlar  tashkil  etgan.  Shuningdek,  Janubiy  Sibir,  Oltoy,  
Yettisuv,  Sharqiy  Turkiston  hamda  Volga  va  Ural  daryosi  
bo‘ylaridan  turli  davrlarda  Movarounnahrga  kirib  kelgan  etnik  
guruh  ham  O‘zbek  xalqi  etnogenezida  ishtirok  etadilar.  
Yuqorida  nomlari  keltirilgan  etnoslar  asosan  turkiy  va  sharqiy 
eroniy tillarda so‘zlashganlar.
Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig‘ida  yuqorida  nomlari  qayd 
etilgan  qabila  va  elatlarning  etnik  jihatdan  aralashuv  jarayoni  
natijasida  o‘troq  hayotga  moslashgan  turkiy  hududiy  maydon, 
o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllanadi.
Mil.  avv.  III  asrda  Sirdaryoning  o‘rta  oqimida  tashkil  top-
gan  Qang‘  davlati  davrida  turkiyzabon  etnoslar  ustuvorlik  
qilib,  o‘ziga  xos  uyg‘unlashgan  madaniyat  shakllanadi.  Ar-
xeologik  asarlarda  bu  madaniyat  «Qovunchi  madaniyati»  no-
mini  olgan.  Antropolog  olimlarning  ta’kidlashlaricha,  aynan  
shu  davrlarga  kelib,  O‘rta  Osiyoning  vodiy  va  vohalarida  
yashovchi aholi tashqi qiyofalarida hozirgi o‘zbek va voha tojik-
lariga xos antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.
O‘zbeklar  etnogenezida  qatnashgan  navbatdagi  etnik  guruh-
lar – kushonlar hamda IV–V asrlarda O‘rta Osiyoning markaziy 
viloyatlariga kirib kelgan xioniylar, kidariylar va eftallardir.
*  O‘zbek  xalqining  asosini  sug‘diylar,  baqtriylar, 
xorazmiylar,  farg‘onaliklar,  shoshliklar  va  sak-
massagetlar tashkil etgan.
* Mil. avv. III asrda «Qovunchi madaniyati» va O‘rta 
Osiyoning antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.
*  Etnik  jarayon  –  kelib  chiqishi  bir-biriga  yaqin 
bo‘lgan  turli  qabila  va  elatlarning  asrlar  davomida 
qo‘shilib borishi
* Turkiston – turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka


85
O‘zbek xalqining  
tashkil topishi
Shuningdek,  o‘zbeklar  etnogeneziga  Turk  xoqonligi  dav-
rida  O‘rta  Osiyoning  markaziy  mintaqalari  va  Xorazmga  kelib 
o‘troqlashgan  turkiy  qabilalar  faol  ta’sir  ko‘rsatadi.  Turkiy  elat-
lar  va  mahalliy  o‘troq  aholi  o‘rtasidagi  etnik-madaniy  munosa-
batlarning  rivoji  natijasida  turkiy  qatlam  madaniy  yutuqlarining  
mahalliy  madaniy-xo‘jalik  an’analar  bilan  jadal  uyg‘unlashuvi 
yuz  berdi.  VII  asrdan  boshlab  o‘lkamiz  «Turkiston»  nomi  bilan 
atala boshlagan. 
VIII  asrdan  arab  va  ajam  xalqlarining 
O‘rta  Osiyoga  kirib  kelishi  mintaqadagi 
etnik  jarayonlarga  katta  ta’sir  etmagan 
bo‘lsa-da,  bu  davrda  Movarounnahrdagi  o‘troq  va  yarim  o‘troq 
turkiyzabon  aholi,  sug‘diylar  va  Xorazmning  tub  yerli  aholisi  
o‘z  hududlarida  qolib,  arablar  hukmronligi  ostida  yagona  is- 
lomiy e’tiqod birligi uyg‘unlashdi.
IX  asrda  Movarounnahr  mintaqasida  yaxlit  turkiy  etnik  
qatlam,  jonli  turkiy  til  muhiti  vujudga  kela  boshladi  va  o‘z  
navbatida  sug‘diylar  va  boshqa  mahalliy  etnoslarda  ham  tur- 
kiylashish  jarayoni  jadallashgan.  Bu  davrda  Movarounnahr  va  
Xorazmda  turkiy  etnik  qatlam  kuchli  etnik  asosga  ega  bo‘lib,  
bu  qatlam  asosining  aksariyat  ko‘pchiligini  o‘troqlashgan  turkiy 
etnoslar tashkil qilgan.
Qoraxoniylar  davrida  Movarounnahr  va  Xorazmda  siyosiy  
hokimiyat  turkiy  sulolalarga  o‘tishi  munosabati  bilan  sodir 
bo‘lgan  etnik  jarayon  o‘zbek  xalqining  shakllanishida  yakuniy 
bosqich  bo‘ldi.  Aynan  mazkur  davrda  o‘zbek  xalqiga  xos  etnik 
omillar shakllangan. Bu davrda o‘zbeklarning umum elat tili qa-
ror topdi.
Shunday  qilib,  asrlar  osha  yurtimizda  sodir  bo‘lgan  o‘ta  
murakkab siyosiy vaziyatda, muttasil davom etgan etnik jarayon- 
lar  natijasida  IX–XII  asrlarda  o‘zbek  xalqi  shakllandi.  Uning  
asosiy,  o‘q  ildizini  o‘lkamizda  muqim  yashab  kelgan  o‘troq  
ziroatkor  va  mirishkor  chorvador  tub  yerli  aholi  tashkil  etdi.  
Bunday  ikki  turli  turmush  tarzidagi  aholi  qadimdan  ikki  tilda: 
sug‘d  va  turk  tillarida  so‘zlashgan.  Mazkur  o‘ziga  xos  ikki  tur-
kum tillar asosida «sug‘d yozuvi» va «turkiy run bitik»lari imlo-
si  yuzaga  kelgan.  Shubhasiz,  asrlar  davomida  kengayib  borgan 
o‘zaro  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalar  natijasida  o‘zbek  va  qator 


86
qardosh  elatlarning  ota-bobolarini  uyg‘unlashib,  birikishiga  olib 
kelgan. Hali yozuv yuzaga kelmasdan avval boshlangan bunday 
ulkan  etnogenetik  jarayonning  izlari  yurtimizning  joy  nomlarini 
ma’nosida o‘z ifodasini topgan.
* IX–XII asrlarda o‘zbek xalqi shakllandi. Uning aso-
sini o‘lkamizda yashab kelgan ziroatkor va chorvador 
tub yerli aholi tashkil etdi.
*  Movarounnahrda  joylashgan  aholi  qadimdan  ikki 
tilda: sug‘d va turk tillarida so‘zlashgan.
1. O‘lkamizda sodir bo‘lgan etnik jarayonlar haqida so‘zlang.
2. O‘zbek xalqi qanday shakllandi?
3. O‘zbek xalqining ajdodlarini kimlar tashkil etgan?
4. O‘zbek va O‘zbekiston nomlari qanday ma’nolarni anglatishi 
borasida o‘ylab ko‘ring.


87
IV  B O B
VATANIMIZ XALQLARINING
CHINGIZXON ISTILOSI VA
ZULMIGA QARSHI OZODLIK KURASHI
24-§. XORAZMSHOHLAR SALTANATI BILAN MO‘G‘ULLAR 
DAVLATI O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR
Tayanch tushunchalar: Mo‘g‘ul qabilalari; 
Yagona davlatga birlashish; Xorazmshohlar davlati inqirozi
XI asrda mo‘g‘ul qabilalari hayotida hali 
urug‘-aymoqchilik  munosabatlari  niho-
yatda  kuchli  edi.  Ular  asosan  ko‘chmanchi  chorvachilik,  ovchi-
lik va o‘zaro mahsulot ayirbosh qilish bilan shug‘ullanar edi. Bu 
davrda  urug‘  va  qabilalari  o‘rtasida  o‘zaro  kurash  avj  olib  bor-
moqda edi. Mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari orasidagi ichki kurashlarda 
Temuchin (1155–1227) g‘olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi 
Chingizxon
Mo‘g‘ullar davlati
bo‘yida  chaqirilgan  mo‘g‘ul  urug‘  va  qa-
bila boshliqlarining qurultoyida  Temuchin 
ulug‘ xon (qoon) deb e’lon qilinadi, unga 
«Chingiz»  laqabi  beriladi  va  Mo‘g‘ullar 
davlatiga asos solinadi.
Chingizxon ko‘p sonli yaxshi qurollan-
gan,  intizomli  va  uyushgan  qo‘shin  ham-
da  10  ming  nafar  turk  azamatlaridan  ibo-
rat kezik (keshik) – xos soqchilar qismini 
tuzib,  istilochilik  urushlari  olib  borishga 
kirishadi.


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə