Ilk o'rta asrlar davrida o'lkamiz tarixiy geografiyasi



Yüklə 73,15 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü73,15 Kb.
#147465
  1   2   3
O’RTA OSIYONING ILK O’RTA ASRLARDAGI TARIXIY GEOGRAFIYASI


MAVZU: O’RTA OSIYONING ILK O’RTA ASRLARDAGI TARIXIY GEOGRAFIYASI

REJA:
1. Ilk o'rta asrlar davrida o'lkamiz tarixiy geografiyasi
2. Kidariylar davlati
3. Kidariylar davlatining Hindstonda hukmronligi



ILK O'RTA ASRLAR DAVRIDA
O'LKAMIZ TARIXIY GEOGRAFIYASI.

Kidariylar — kelib chiqishi masalasida turli hil taxminlar majud. Ayrimlar turkiy xalq desa, boshqalari eroniy deb hisoblashadi. Kidariylarning birinchi podsholaridan biri Kidara I bʻolgan. Kidariylar Oltoy togʻlari va Sharqiy Turkiston oraligʻidan jan.gʻarbga siljib, 420 yilda Bolo (Naxshab) shahrini oʻziga qarorgoh qilishgan va Xioniylar davlati bilan qoʻshni boʻlib qolganlar.


V asrning 2-yarmida Xioniylar va Kidariylar davlati hududini oʻz ichiga olgan yangi bir davlat eftaliylar sulolasi oʻrtaga chiqadi va VI asrning 60-yillarigacha Markaziy Osiyodagi eng yirik davlatga aylanadi...
Bu davr ko`chmanchi qabilalarning kirib kelishi, qabilalar ittifoqi (konfederatsiya)ning yuzaga kelishi-yangi siyosiy kuchlarning paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Shunday kuchlardan biri - Kidoriylar xususidagi asosiy ma'lumotlar Xitoyning Beyshi solnomasida hamda g`arb tarixchilaridan biri Prisk Paniyskiy ma:lumotlarida uchraydi. Bu maMumotlarga ko`ra Kidoriylarning yuyechjilar hukmdori Sidolo yoki tadqiqotlar fikricha Kidor (ba'zan "Kidara") IV-asrda hukmronlik qilgan.
Yaponiyalik tadqiqotchi K. Yenoki braxraiy yozuvidagi bir qator "Kidara Kushon sha" deb yozilgan tangalarni tadqiq qilgan. Bu taxminan 390-430, yillarga mansub bo`lib, hind tadqiqotchisi A. Bivarning xulosasiga kO`ra bunday tangalar 2 ta hokim tomonidan bir vaqtning o`zida zarb etilgan. Yenokining fikricha Kidoriylar Tohariston va Gandxarni 412-437 yillar oralig`ida o`z qo`llarida birlashtirganlar.
Kidariylar masalasi nisbatan ancha kam i`rganilgan va tadqiqotlar davom ettirilishi kerak bо`lgan masaladir. Chunki yuqoridagi ma'lumotlarni (jumladan Beyshi) keyinchalik boshqa manbalar tilga olmaydi. Hindistonga (456 y) ketib Gupta davlatini bosib olganlaridan keyingi kidoriylar to`g`risidagi ma'lumotlar ham deyarli yo'q. Faqatgina ular Hindistonda 75 yil hukmronlik qilganlari, 477 yil Gandxardan Xitoyga elchilar yuborganliklari ma'lum xolos. Ba'zi tadqiqotchilar ularni Sharqiy Turkistondan kirib kelgan kushonlar qoldig`i deb ham tushuntirish berishadi. Shuningdek, kidoriylarning O`rta Osiyoning janubida xiyoniylar bilan birga ittifoqchiligi hamda ularning Eronga qarshi birgalikdagi harakatlari to`g`risida ham turli taxmin va fikrlar mavjud. IV-asr o`rtalarida Turon o`lkasiga shimoldan ko`chmanchi xion qabilalarining hujumi boshlanadi. Tarixda ular xiyonit yoki xioniylar nomi bilan tanilganlar. Xioniylaming 353 yil So`g`d ustiga yurish qilganliklari ma'lum. Xioniylar hukmdori o`rta yoshlardagi tadbirkor va aqlli davlat arbobi Grumbat ismli shaxs bо`lgan. 359 yil xioniylar o'z ittifoqchilik burchlariga ko`ra Shopur II bilan Suriyaning Amida (Umda) shahri uchun bо`lgan jangida qatnashishadi. Bu jangda Grumbatning o`g`li halok bo`ladi.1
Xioniylar — turkiy qabila. Baʼzi tadqiqotchilar fikriga kura, dastlab Oltoy togʻlari atrofida yashashgan va 4-asrning 1-yarmida jan.gʻarbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻiga kirib kelishgan.Xioniylar V asrdaBu yerda dastlab ular Zarafshon vohasini egallab, jan.ga harakat qilishgan va ancha zaiflashib, sosoniylar Eroniga qaram boʻlib qolgan Kushon podsholigi oʻrnini egallaganlar hamda markazi Toxariston boʻlgan Shim. Hindiston, Afgʻoniston, Xurosonning bir kismini ham oʻz ichiga olgan X. (Xionitlar) davlatini (4— V asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa X.ning dastlab Orol dengizi shim.da yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub boʻlib, hunlar bilan aralashganligini taʼkidlaydilar (L.N. Gumilev, SP. Tolstov, K.V. Trever). Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda X. "oq hunlar" deb atalgan. 4-asrning 70-yillarida X. sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffakdyatga erishganlar. Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxran (418— 438), Yazdigard II (438—457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. X. hukmronligi davom etayotgan bir paytda yangi bir sulola — kidariylar oʻrtaga chiqqan. Ular Oltoy togʻlari va Sharqiy Turkiston oraligʻidan jan.gʻarbga siljib, 420 yilda Bolo (Naxshab) shahrini oʻziga karorgoh qilishgan va Xioniylar davlati bilan qoʻshni boʻlib qolganlar.
V asrning 2-yarmida X. va Kidariylar davlati hududini oʻz ichiga olgan yangi bir davlat eftaliylar sulolasi oʻrtaga chiqadi va VI asrning 60-yillarigacha Markaziy Osiyodagi eng yirik davlatga aylanadi.
IV-asrning 60-70 yillarda. Eron bilan munosabatlar yana keskinlashib, Eron shohi Shopur II xioniylar bilan kurash olib boradi vaikki marotaba yengiladi. Bu kurashda xioniylar kidoriylar bilan ittifoqchilikda bо`lgan bo`lishiari ham ehtimoldan xol emas, Bu davrda Sirdaryo bo`yidan Amudaryogacha cho`zilgan hudud xioniylar ta'siri ostida bо`lgan.
Umuman olganda, xioniylar kidoriylar bilan ko`pincha ittifoqda harakat qilgan bo`lishlari kerak. Chunki tadqiqotlarda ularning nomi ko`pincha birgalikda uchraydi. Ularni ba'zida eftalitlarning bir qismi deb ham hisoblashadi. Fikrimizcha, ulardagi o`zaro farqlanish etnik emas, faqat sulolaviy bо`lgan. Chunki ularning hammasi qon-qardosh turkiyxalqlardan bo`lishgan.
Eftalitlar tarixi yuzasidan ma'lumotlar, rim, vizantiya, suriya va arman tarixchilari asarlarida hamda Xitoy solnomalarida, pahlaviy matnlarida, Firdavsiyning "Shohnoma" asarida ham uchraydi.
Eftaliylar davlatlari — Oʻrta Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlarda milodiy V asr oʻrtasida barpo etilgan davlatlar:
1) Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati milodiy V asr oxiri - VI asr boshida ravnaq topib, uning hududi hozirgi Afgʻonistonning katta qismi, Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkistonning sharqiy va jan.sharqiy viloyatlarini oʻz ichiga olgan. Poytaxti Balx xisoblanadi. Uning asosiy negizini Baqtriya Toxariston tashkil etgan. Shu yerdan turib eftaliylar qoʻshni mamlakatlarga yurishlar qilganlar. Eftaliylar Sosoniylar Eroni ustidan bir qancha janglarda zafar quchgan, janglardan birida sosoniylar shahanshohi Peroz halok boʻlgan. U koʻp yillar mobaynida eftaliylarga katta miqdorda tovon toʻlab kelgan edi. Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati bir qancha yarim mustaqil mulklarning konfederatsiyasidan iborat boʻlib, ularni eftaliylar podshosiga tobe merosiy sulolalar boshqarar edi. Bu yerda Hindistondagi kabi tanga pullar markazlashgan tartibda zarb qilinmagan, aksincha deyarli har bir mulk oʻzining qumush yoki mis tangasini zarb qilgan. Saltanatda bir necha turdagi yozuvlar (sugʻd, baqtriy, braxmi va boshqalar) mavjud boʻlgan, lekin baqtriy yozuvi davlat yozuvi hisoblangan. Eftaliylarning oʻzi dastlab koʻchmanchi boʻlib, keyinchalik shaharlarni bosib olishlari bilan, asosan, oʻtroq hayot tarziga oʻtgan boʻlsalar kerak.
Shu tufayli Vizantiya tarixchilari (Menandr) eftaliylarning shahar qabilasi sifatida taʼriflaydi. Eftaliylar jamiyatida mulkiy tabaqalanish mavjud edi. Eftaliylar kuchli, asosan, otliqlardan iborat qoʻshinga ega boʻlgan. Eftaliylar orasida poliandriyaning shakllaridan biri hukm surgan. Eftaliylar oʻt va quyoshga sigʻinishgan, Oʻrta Osiyodagilar esa - budsaviylik, manixeylik, xristianlik, zardushtiylikka eʼtiqod qilishgan;
2) Eftaliylar Hindistonga bostirib kirishi natijasida vujudga kelgan. Shim. Hindiston, Pokiston va jan.sharqiy Afgʻoniston hududidan iborat boʻlgan. Hindistondagi Eftaliylar davlati milodiy V asr oxiri- VI asrning 1-yarmida, Toʻramon va uning vorisi Mixirakula davrida kuchqudratga toʻlib, ravnaq topgan. VI asr oʻrtalariga kelib tanazzulga yuz tutgan.2
Ushbu manbalarning ma'lumot berishicha, o`sha davrda eftalitlar btlan Eron sosoniylari o`rtasida bir necha marta to`qnashuvlar bo`lib o`tadi. Ular o`rtasidagi birinchi to`qnashuvlar V-asrning 30-yillardiyoq sodir bо`lgan edi. Arman tarixchisi Vardapetning ma'lumotiga ko`ra V asrning 50-yillariga kelib Eftalitlar konfederatsiyasi nihoyatda kuchayib ketadi. 456 yildayoq eftalitlar o`z elchilarini Xitoyga jo`natadilar. Eftalitlar tobora janubga qarab siljiy boshlaydilar va o`z navbatida ularning Eron bilan munosabatlari keskinlasha boradi. Sosoniylar bilan hal qiluvchi kurashlar davri shoh Peroz (Feruz) davriga (459-484 yy.) to`g`ri keladi. Taxminan 457 yili Vaxshunvor (Axshunvor) Eftalon boshchiligidagi eftalitlar Chag`oniyon (Surxondaryo vil. Terraiz shahridan shimoldagi yerlar), Tohariston, Badaxshonda o`z hokimiyatlarini o`rnatadilar. 459-yilda Eron taxtiga Peroz chiqadi. Manbalarda Perozning hokimiyatga kelishi eftalitlar bilan bog`liq ravishda bayon qilinadi. Peroz Eftalitlarning kuchayib borishini vaqtinchalik deb bilib, ular kuchidan Eron taxtiga kelish uchun foydalangan bo`lishi kerak. Ammo, eftalitlar qudrati oshib tez orada ular sosoniylarga ham qarshi turishlarini anglagan Peroz eftalitlarga qarshi jangga kiradi. Bu to`g`risidagi maMumotlar "Baxman-Yashta"da ham, arab tarixchisi at-Tabariyning asarlarida ham uchraydi. Peroz (459-484) 3 marotabaeftalitlarga qarshi yurish qiladi.



Yüklə 73,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə