O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)


 «Bayt ul-hikma» haqida nimalarni bilib oldingiz? 2



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50

75
1. «Bayt ul-hikma» haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.  Ahmad  al-Farg‘oniy  va  Xorazmiyning  matematika  fanida 
tutgan o‘rni nimalardan iborat?
3. Imom al-Buxoriy va Abu Mansur al-Moturidiylarning ilmiy 
merosi ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
21-§. MOVAROUNNAHR VA XORAZMNING MADANIY
HAYOTIDA YANGI DAVR (IX–XIII ASR BOSHLARI)
IX  asrning  ikkinchi  yarmida  xalifalik 
hukmronligi  tugab,  Somoniylar  bosh-
qaruvining  qaror  topishi  bilan  madaniy 
hayotning  rivoji  uchun  keng  yo‘l  ochiladi.  Movarounnahrning 
madaniy hayotida uyg‘onish davri boshlandi.
Buxoro,  Samarqand,  Urganch,  Marv,  Balx,  Nishopur  
kabi  mar kaziy  shaharlarda  kutubxonalar,  kitob  do‘konlari  
qurilgan.  Movarounnahr  va  Xorazm  jahon  fani  va  madaniyati  
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarni o‘z bag‘rida 
tarbiyalab kamolotga yet kazdi.
1004-yilda shakllangan «Dorul hikma va maorif» («Bilim-
donlik va maorif uyi») – «Ma’mun akademiyasi»ning asosini Abu  
Nasr ibn Iroq (X asr–1034), Abulxayr ibn Hammor (991–1048),  
Abu  Sahl  Masihiy  (970–1011),  Abu  Rayhon  Beruniy  (973–
1048), Abu Ali ibn Sino (980–1037) va boshqalar tashkil etgan.
1017-yil  Mahmud  G‘aznaviy  Xorazmga  bostirib  kirgandan 
so‘ng  «Dorul  hikma  va  maorif»ning  faoliyati  tugatilgan,  olim-
larning ko‘pchiligi G‘azna shahriga majburan olib ketilgan.
1997-yil  11-noyabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  Preziden-
tining  «Xorazm  Ma’mun  akademiyasini  qaytadan  tashkil  etish 
to‘g‘risida»gi farmoni  chiqdi. 2006-yil kuzida Respublikamizda 
«Xorazm Ma’mun akademiyasi»ning 1000 yilligi nishonlandi.
Abu Nasr Farobiy 873-yilda Aris suvi - 
ning  Sirdaryoga  quyi lishida  joylashgan 
Farob shahrida tu g‘il gan. U avval ona shahrida, so‘ngra Sa  mar-
qand,  Buxoro  va  Bag‘dodda  bilim  olgan.  Umrining  oxirlarida 
Xalab  va  Da mashq  shaharlarida  yashagan.  Farobiy  riyoziyot,  
falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, til  shunoslik, tarbiya-
shunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. 
Madaniy va  
ma’naviy uyg‘onish
Abu Nasr Farobiy


76
U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr ilm-
fan  va  madaniyatiga  ulkan  hissa  qo‘shdi. 
Bular  orasida  «Arastuning  «Metafizika» 
asariga  sharh»,  «Musiqa  kitobi»,  «Baxt-
saodatga eri shuv haqida», «Tirik mavjudot 
a’zolari  haqida»,  «Fozil  odamlar  shahri» 
va boshqa ko‘pgina asarlari muhim ahami-
yatga  ega  bo‘lgan.  Farobiy  Sharqda  Aras-
tudan  (Aristotel)  keyingi  yirik  mutafak- 
kir – «Muallim us-soniy» nomi bilan shuh-
rat topdi.
Abu Ali ibn Sino
Abu Ali ibn Sino
Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro ya-
qinidagi  Afshona  qishlog‘ida  mahalliy 
amaldor oilasida dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu 
Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. 
O‘n  olti  yoshidan  boshlab  turli  fanlar  bo‘yicha  Sharq  va  G‘arb 
olimlarining  ilmiy  asarlarini  mustaqil  o‘rgandi.  Ayniqsa,  u  ta-
bobat  ilmi ning  qadimgi  allomalari  Gippokrat  va  Galen  hamda 
o‘rta  asr  Sharqining  buyuk  hakimi  va  mutafakkiri  Abu  Bakr 
ar-Roziyning (865–925) asarlarini puxta o‘rganadi.
Ibn  Sino  o‘n  yetti  yoshidayoq  e’ti- 
borli  ha kim  va  olim  bo‘lib  yetishadi.  U 
amir  Nuh  ibn  Mansurni  davolab  tuzat-
gach,  somoniylarning  saroy  kutubxo-
nasidan  foydalanishga  ruxsat  oladi.  Ibn 
Sino  taqdir  hukmi  bilan  Gurganchdagi 
(Urganch) Xorazm Ma’mun akademiya-
si olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037-
yilda  vafot  etadi  va  Hamadonda  dafn 
etiladi.
Ibn  Sino  450  dan  ortiq,  shu  jumla-
dan,  tibbiyotga  doir  43  ta  asar  yozgan. 
Uning 5 jildlik «Al-qonun fit-tib»  («Tib 
* Abu Ali  ibn  Sino  Sharqda  «Shayx  ur-rais»,  G‘arb- 
da esa «Avitsenna» nomlari bilan shuhrat topdi.
Abu Nasr Farobiy


77
qonunlari»)  nomli  qomusiy  asarida  kasalliklarning  kelib  chi-
qish  sabablari  va  manbalari,  tashxis,  muolaja  usullari,  dorivor 
o‘simliklar  va  dori-darmonlarning  xususiyatlari,  parhez,  inson 
salomatligi  uchun  jismoniy  tarbiyaning  ahamiyati  kabi  tabobat-
ning g‘oyat muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Uning 
«Al-qonun  fit-tib»  asari  XII  asrdayoq  lotinchaga  tarjima  qilinib, 
to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida 
foydalanilgan.
Abu  Rayhon  Beruniy  (973–1048)  Xo-
razm ning Kat shahrida tug‘ilib, Urganch-
da  ta’lim  olgan.  Xorazmshoh  Abul  Ab-
bos  Ma’mun  II  saroyida  to‘plangan  olimlar  bilan  birgalikda 
Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Xorazm Mahmud G‘aznaviy 
tomonidan bosib olingach, Beruniy va boshqa olimlar bilan birga 
G‘azna  shahriga  olib  ketiladi  va  umrining  oxirigacha  shu  yerda 
ijod qildi. Beruniy 1048-yilda G‘aznada vafot etadi. 
Beruniy astronomiya, geogra fiya, matematika va tarix fanlari 
bo‘yi cha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning «Qadimgi xalqlar-
dan qolgan  yodgorliklar», «Hin diston», «Mineralogiya», «Geo-
Abu Rayhon Beruniy
Abu Rayhon  
Beruniy
deziya»  kabi  yirik  asarlari  shular  jum-
lasidandir. U o‘zining astrono mi yaga oid 
asarlarida  Kopernikdan  qariyb  besh  asr 
muqaddam Yerning Quyosh atrofida ayla-
nishi haqi dagi fikrni o‘rta asrlarda bi   rinchi 
bo‘lib ilgari surdi. Beruniy yerning duma-
loq  shaklda  ekanligini  asoslab  berdi.  U  
1029  ta  yulduzning  koordinatlari  katta-
liklari  qayd  etilgan  yulduzlar  jadvalini 
hamda  dunyoning  geografik  kartasini 
tuzgan.  Beruniyning  ilmiy  va  falsafiy  
ulkan  merosi  shubhasiz  jahon  fani  va  
madaniyati  xazinasiga  qo‘shilgan  ulkan 
hissa bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonda  shahar,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fan-
lar  Akademiyasining  Sharqshunoslik  instituti,  Toshkent  Dav-
lat  Texnika  universiteti  Beruniy  nomiga  qo‘yilgan.  Beruniy  
nomidagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  mukofoti  ta’sis  etil-
gan.


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə