O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)


Abulqosim  Mahmud  az-Zamaxshariy



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50

78
Abulqosim  Mahmud  az-Zamaxshariy 
1075-yilda  Xorazmning  Zamaxshar  
qishlo g‘ida  dunyoga  kelgan.  Ilmga  bo‘l-
gan  chanqoqlik  uni  Buxoro,  Marv,  Nishopur,  Isfahon,  Shom, 
Bag‘dod,  Hirot  va  Makkada  hayot  kechirib,  arab  tili  va  adabi-
yotini,  diniy  ilmlarni,  xattotlik  san’atini,  arab  maqollari  va  urf-
odatlarini  chuqur  o‘rganishiga  sabab  bo‘ldi.  U  mintaqa  geogra-
fiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi.
Mahmud  Zamaxshariy  turli  soha  ilmlariga  oid  50  dan  ortiq 
asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va mor-
fologiyasiga bag‘ishlangan «Al-Mufassal», Qur’oni karim tafsiri-
ga  oid «Al-Kashshof» asari musulmon olamida mashhurdir. Za-
maxshariy «Arab va g‘ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» kabi 
sharafli  nomlar  bilan  ulug‘langan.  Qohiradagi  dunyoga  dong‘i 
ketgan  Al-Azhar  diniy  dorilfununining  talabalari  hozir  ham  
«Al-Kashshof» asosida Qur’oni karimni o‘rganadilar.
Mashhur  fiqh  (huquqshunos)  olimi  Bur-
ho nuddin  al-Marg‘inoniy  1123-yilda 
Rishtonda  (Farg‘ona  vodiysi)  tavallud 
topgan. Al-Marg‘inoniyning eng nodir asari to‘rt jildlik «Hidoya» 
asaridir.  «Hidoya»  islom  huquqshunosligi  bo‘yicha  mukammal 
asar  bo‘lib,  bir  necha  asrlar  davomida  musulmon  mamlakatlari-
dagi huquqshunoslar uchun ham nazariy, ham amaliy qo‘llanma 
vazifasini  o‘tab  kelgan.  Kitob  bir  qancha  tillarga  tarjima  qilin-
gan.  Hozirgi  kunda  ham  muhim  manba  sifatida  foydalanib  ke-
linmoqda.
2000-yilda al-Marg‘inoniyning 910 yilligi nishonlandi.
Bu  davrda  Movarounnahr  va  Sharqiy 
Tur kistonda turkiy xalqlarning qadimdan 
da vom  etib  kelayotgan  og‘zaki  adabiyo-
ti  bilan  bir  qatorda,  yozma  adabiyot  yuzaga  keladi.  Qator  yirik  
asarlar  bitildi.  Ulardan  eng  nodirlari  Yusuf  Xos  Hojibning 
(XI  asr)  «Qutadg‘u  bilig»,  Mahmud  Qoshg‘ariyning  «Devonu 
lug‘atit-turk»,  Ahmad  Yugnakiyning  «Hibat  ul-haqoyiq»,  Ah-
mad Yassaviyning «Hikmat» kabi asarlaridir.
Bu  davr  turkiy  adabiy  tili  eski  o‘zbek  va  uyg‘ur  tillarining 
vujudga kelishida ham muhim bosqich bo‘ldi.
Burhonuddin
al-Marg‘inoniy
Turkiy yozma
adabiyot
Mahmud
az-Zamaxshariy


79
1.  Nima  uchun  IX–XII  asrlarda  yurtimizda  ilm-fan  yuksak  ta-
raqqiy etdi?
2.  «Ikkinchi  muallim»  –  Farobiy  ijodi  haqida  nimalarni  bilib 
oldi n giz?
3. Ibn Sinoning jahon fanida tutgan o‘rniga baho bering.
4. Beruniy va Zamaxshariy ijodini ta’riflang.
22-§. ME’MORCHILIK, SAN’AT,  
MUSIQA VA DINIY E’TIQOD
Tayanch tushunchalar: Me’morchilik; San’at; din; Tasavvuf; 
Tariqat; Mafkura
O‘rta  asr  jamiyatining  ijtimoiy-siyosiy 
tuzumi  va  islom  dini  mafkurasi  mada-
niy  hayotning  bu  sohasiga  ham  kuchli 
ta’sir qildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‘zgan va 
Marv  kabi  shaharlarda  bu  davrda  ko‘plab  saroy,  masjid,  mad- 
rasa,  minora,  maqbara,  tim  va  karvonsaroylar  quriladi.  Buxo-
ro  shahridagi  Ismoil  Somoniy  maqbarasi,  Namozgoh  masjidi,  
Minorai  Kalon  hamda  Vobkent  va  Jarqo‘rg‘ondagi  minora-
lar  va  ko‘pgina  boshqa  binolar  o‘sha  davr  me’morchiligining  
namunalaridandir.  Bu  yodgorliklar  o‘ziga  xos  me’morchilik- 
ning rivoj topganligidan dalolat beradi. 
X asr suv omborining 
to‘g‘oni — Xonbandi.
Me’morchilik
va san’at
Bu  davrda  yo‘nilgan  tosh, 
pishiq  g‘isht  va  suvga  chidam-
li  quri lish  qorishmalaridan  turli  xil 
suv  inshootlari:  suv  omborlari  –  
bandlar,  ko‘priklar,  sardobalar  va 
koriz lar  barpo  etiladi.  Bunday  in-
shootlarning  o‘lchamlari  matematika 
nuq   tayi  nazaridan  g‘oyat  puxta  ish-
langan.  Masalan,  X  asrda  Nurota 
tizmalari dagi  Pastog‘  darasi  to‘silib 
barpo  etilgan  Xonbandi  nomli  suv 
omboriga  1,5  mln  metr  kub  suv 
to‘plangan.  To‘g‘on  granit  toshi  
va  suvga  chidamli  qurilish  qorish-


80
masidan  qurilgan.  Bu  suv  omborini  qurishda  suvning  vertikal  
va  gorizontal  bosim  kuchi  va  bu  hududlarda  tez-tez  so-
dir  bo‘ladigan  zilzilalarning  silkinish  kuchlarini  ham  hisobga  
olganlar.  Bu,  shubhasiz,  XVII  asr  mashhur  fransuz  fizigi  Blez 
Paskal  tomonidan  suvning  bosim  kuchi  to‘g‘risida  yaratilgan 
kashfiyotdan  qariyb  7  asr  muqaddam  movarounnahrlik  muhan-
dislarga ma’lum ekanligidan dalolat beradi.
X  asrdan  boshlab  binokorlikda  sinchkori  imoratlar  keng 
tarqaladi.  Yakkasinch  va  qo‘shsinchli  binolarning  tagsinch-
laridan  tortib  ustunlari-yu  sarrovlari  va  to‘sinlarigacha 
yog‘ochlarni  biriktirish  uslubida  qurilib,  sinchlarning  orasi 
xom  g‘isht  yoki  guvalalar  bilan  urib  chiqilgan.  Bu  tuzilishdagi  
imoratlarni  qurish  hozirgacha  saqlanib  keladi.  Afrosiyob,  Va-
raxsha,  Buxoro  va  Poykand  shahar  xarobalarida  kovlab  ochil- 
gan  turarjoy  qoldiqlaridan  ma’lum  bo‘lishicha,  X–XI  asrlar-
da  ham  paxsa  va  xom  g‘ishtdan  qurilgan  imoratlar  shahar 
me’morchiligida asosiy o‘rinni egallagan.
IX–XII asr boshlarida me’morchilik bilan 
birga  naqqoshlik  va  o‘ymakorlik  san’ati 
ham  ancha  rivoj  topadi.  Imoratning  
peshtoqi,  eshigi  va  devorining  ayrim 
qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi.
Bu  davrda  xattotlik  xalq  san’atining  muhim  va  keng  tarqal-
gan  sohalaridan  biri  edi.  Hali  kitob  bosish  kashf  etilmaganligi, 
qo‘lyozma kitoblarning nusxalari faqat qo‘lda ko‘chirilishi tufayli 
xattotlik  san’ati  ancha  rivoj  topdi.  Turli  uslubda  husnixat  bilan 
bitilgan  xattotlik  namunalari  me’moriy  naqshlarda  ham  hayotiy 
mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.
IX–XIII  asr  boshlarida  musiqa  san’ati 
ham  g‘oyat  taraqqiy  qiladi.  Bayramlar, 
to‘ylar,  xalq  sayillari  va  boshqa  marosimlar,  shubhasiz,  kuy  va 
qo‘shiqsiz  o‘tmas  edi.  Bu  davrda  sozandalar  ud,  tanbur,  qo‘biz, 
rubob, nay, surnay, karnay, qo‘shnay va qonun kabi g‘oyat xilma-
xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg‘u asboblaridan keng 
foydalanganlar.
Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining 
mumtoz  kuyi  «Shashmaqom»  uchun  poydevor  bo‘lgan  «Rost», 
«Xusravoniy»,  «Boda»,  «Ushshoq»,  «Zerafkanda»  «Buzruk», 
Naqqoshlik, 
o‘ymakorlik va 
xattotlik
Musiqa san’ati


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə