O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50

81
Din
«Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi yangi-yangi kuylar 
ijod etilgan. Musiqa san’ati she’riyat hamda musiqashunoslik ilmi  
bilan uzviy bog‘langan holda taraqqiy etadi.
IX–XIII  asr  ma’naviy  hayotida  islom  
dini  muhim  o‘rin  egallaydi.  Bu  davr-
da  musulmon  Sharqida  keng  tarqalib,  jahon  dini  darajasigacha  
ko‘tarilgan islom dini xalq hayotida muhim o‘rin egallaydi. Mo- 
varounnahr  aholisi  islom  dinini  qabul  qilib,  shariat  ahkomla- 
rini bajarishga, arab tili va yozuvini o‘rganishga kirishdi. Marka-
ziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko‘tardi.
XII  asrda  esa  Buxoroning  Darvozai  Mansur  mahallasida  
hatto  qonunshunoslar  uchun  maxsus  «Faqihlar  madrasasi»  qu-
rilgan.  Bunday  oliy  dorilfunun  asosan  islom  dini  ta’limotining 
asosiy  manbalari:  Qur’oni  karim,  Hadisi  sharif  va  arab  tilini 
mukammal  o‘rganishga  katta  e’tibor  bergan.  Shariat  ahkomlari-
ni har tomonlama chuqur o‘rgatishda «Tafsir» – Qur’oni karim-
ning  sharhlari  juda  boy  va  qimmatli  manba  hisoblangan.  Fiqh 
fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat ahkomlari borasida  
mukammal ma’lumot beradi.
Islom  dini  ta’limotining  ravnaqi  va  targ‘ibotining  kengayi-
shida,  ayniqsa  Buxoro  shahri  markazga  aylandi.  Buxoro  madra-
salaridan  juda  ko‘p  yetuk  fiqhshunos  olimlar,  qozilar,  imomlar 
yetishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan boshlab «Qub-
bat  ul-islom»  –  «Islom  dini ning  gumbazi»  nomi  bilan  shuhrat 
topadi.
Tasavvuf  o‘rta  asrlar  musulmon  Shar-
qida  keng  tarqaladi.  Bu  ta’limot  dastlab 
VIII asr o‘rtalarida Iroqda yuzaga kelgan.
Tasavvuf  ta’limoti  asosida  inson  faoliyati  va  uning  kamolo-
ti  yotadi.  Movarounnahrning  turli  o‘lkalarida  tasavvufning  tur-
li  tariqatlari  paydo  bo‘ladi.  Turkistonda  XII  asrda  Yassaviya,  
XII  asr  oxirida  Xorazmda  Kubroviya,  XIV  asrda  Buxoroda 
Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi.
Movarounnahrda  keng  yoyilgan  tasavvuf  –  Yassaviya  tari-
qati  bo‘lib,  unga  Ahmad  Yassaviy  asos  soladi.  Tariqatning 
asoslari  Yassaviyning  mashhur  «Hikmat»  asarida  bayon  etiladi.  
Ahmad  Yassaviyning  fikricha,  shariatsiz  tariqat,  tariqatsiz 
ma’rifat,  ma’rifatsiz  haqiqat  bo‘la  olmaydi.  Ularning  har  biri 
Tasavvuf


82
ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviy tariqatining  
asosida  kamolotga  uzlat  va  tarkidunyochilik  orqali  yetishish  
g‘oyasi olg‘a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va farog‘atidan 
voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo‘lida zahmat chekib, mashaq-
qatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. Xullas, Yassaviy 
tariqatida  mashaqqatli  mehnat  va  aziyat  shariat  yo‘lida  bo‘l-
mog‘i hamda tarkidunyochilik targ‘ib etilsa-da, inson zoti sharif 
darajasida  ulug‘lanadi.  Insonning  har  qanday  mol-dunyodan  va 
davlatdan ustun turishi ta’kidlanadi.
*  Tasavvuf    (sufiylik)  —  musulmonlarni    halollikka, 
poklikka,  tenglikka,  inson  qadr-qimmatini  yerga 
urmaslikka  chorlovchi,  har  kimni  o‘zining  halol 
mehnati  bilan  yashashga,  boshqalarning  kuchidan 
foydalanmaslikka da’vat etuvchi ta’limot
*  Tariqat  —  tasavvuf  qoidalariga  amal  qilib  yashash, 
ya’ni,  komil  inson  darajasiga  erishishni  ko‘rsatuvchi  
yo‘l
Tasavvuf  ta’limotining  buyuk  siymolaridan  yana  biri  Naj-
middin  Kubro  (1145–1221)  edi.  U  Xorazmda  «Kubroviya»  
tariqatiga asos soladi.
Yassaviya  tariqatidan  farqli  o‘laroq,  Kubroviya  tariqati  tar- 
ki dun yochilikni  rad  etadi.  Kamolot  yo‘lida  olib  boriladigan  
mashaqqatli  mehnat  jarayonida  bu  dunyo  noz-ne’matlaridan  
bahramand  bo‘lish ning  joizligi  g‘oyasi  ilgari  suriladi.  Kubro-
viya  tariqatida  xalqqa  va  Vatanga  bo‘lgan  muhabbat  nihoyatda  
kuchli  bo‘lib,  har  qanday  og‘ir  damlarda  ham  omma  bilan  bir-
ga  bo‘lish,  Vatanni  mudofaa  qilish  va  uning  mustaqilligi  uchun 
kurashga da’vat etiladi.
Tasavvuf  XIV  asrda  naqshbandiya  tariqatida  yanada  rivoj  
topadi.  Unga  Bahouddin  Naqshband  asos  soladi.  U  1318-
yilda  Buxoro  yaqinida  Qasri  Hinduvon  qishlog‘ida  matolarga 
naqsh  bosuvchi  hu nar mand  oilasida  dunyoga  keladi.  Yoshligida 
ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta 
o‘rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan.
Xoja Bahouddin «Hayotnoma» va «Dalil al-oshiqin» nomli 
asarlar  yozib,  o‘z  tariqatini  yaratadi.  Naqshbandiya  tariqati  Mo-


83
varounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Naqshbandiya 
tariqati insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z mehnati bilan kun 
kechirishga,  muhtojlarga  xayr-ehson  berishga,  sofdil  va  kamtar 
bo‘lishga chaqiradi. Uning «Dil ba yor-u dast ba kor» («Ko‘ngil 
Allohda  bo‘lsin-u,  qo‘l  mehnat  bilan  band  bo‘lsin»)  degan  hik-
mati Naqshbandiya tariqatining hayotiy mohiyatini ifodalaydi. U 
tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdon-
likni  targ‘ib  etadi.  Naqshbandiya  ta’limoti  taraq qiyotiga  keyingi 
asrlarda  Alisher  Navoiy,  Abdurahmon  Jomiy,  Xo‘ja  Ahror 
kabi buyuk allomalar katta hissa qo‘shadilar.
Mustaqillik  sharofati  bilan  Ahmad  Yassaviy,  Bahouddin 
Naqshband,  Najmiddin  Kubro  singari  bobokalonlarimizning 
aziz  nomlari  tiklandi,  qadamjolari  obod  etildi.  Asarlari  chop 
etilib,  ularning  bebaho  ma’naviy  meroslaridan  hozirgi  avlodlar 
bahramand  bo‘lmoqdalar.  Holbuki,  islomiy  ta’lim-tarbiya  asosi-
da  ajdodlarimiz  kamol  topib,  o‘zlaridan  o‘chmas  tarixiy  meros 
qoldirganlar.
1. Me’morchilikdagi yutuqlar haqida gapirib bering.
2.  Musiqa  san’atidagi  madaniy  meros  haqida  nimalarni  bilib 
oldingiz?
3. Ma’naviy hayotda islom dinining ahamiyati nimada deb o‘y-
laysiz?
4. Tasavvuf qanday ta’limot, uni qanday muhit keltirib chiqardi?
5. Yassaviya tariqati asosida qanday qarash ustunlik qiladi?
6. Kubroviya tariqatidagi vatanparvarlik g‘oyalarini ta’riflang.
7. Naqshbandiya tariqati insonlarni nimaga da’vat etadi?
23-§. ETNIK JARAYONLAR VA O‘ZBEK XALQINING 
SHAKLLANISHI
Tayanch tushunchalar: Etnik jarayon; O‘zbek xalqi
Jahondagi  boshqa  xalqlar  kabi  o‘zbek 
xalqining  shakllanishi  ham  uzoq  yillar 
davomida sodir bo‘lgan etnik jarayonlar mahsulidir.     
O‘zbeklar  alohida  etnik  birlik  (elat)  bo‘lib,  Movarounnahr,  
Xorazm,  Yettisuv,  qisman  Sharqiy  Turkistonning  g‘arbiy  
mintaqalarida  shakllangan.  O‘zbek  xalqining  asosini  hozirgi  
Etnik jarayon


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə