O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50

92
25-§. CHINGIZXON BOSQINI
Tayanch tushunchalar: Mudofaa rejasi; O‘tror qamali; 
Buxoro fojiasi; Temur Malik jasorati
Chingizxon Movarounnahr yurishiga kat- 
ta  ahamiyat  berib,  puxta  tayyorgarlik 
ko‘rgan  edi.  Hali  harbiy  yurish  bosh-
lanmasdanoq  u  o‘z  dushmanining  kuch-qudrati  va  urushga  tay-
yorgarligi  to‘g‘risida  savdogarlar  orqali  to‘plagan  ma’lumotlar- 
ni  sinchiklab  o‘rgangan.  Chingizxon  Xorazmshohlar  davlatining 
ichki ziddiyatidan to‘la xabardor edi.
Xorazmshoh bilan sarkardalar o‘rtasida mavjud ixtiloflar av-
val boshdanoq mavjud ustunlikdan foydalanishga imkon berma-
di.  Urush  boshlanishi  arafasida  bo‘lgan  harbiy  kengashda  ular 
o‘rtasidagi  kelishmovchilik  yaqqol  namoyon  bo‘ldi.  Kengashda 
dushmanga zarba berishning yagona rejasini yakdillik bilan bel-
gilab  olish  o‘rniga  fikrlar  bo‘linib  ketdi.  Sulton  katta  qo‘shinni  
bir  joyga  to‘plashdan  qo‘rqar  edi.  Sulton  nazarida  bir  joyga 
to‘plangan  qo‘shin  uni  taxtdan  ag‘darib  tashlashi  mumkin  edi. 
Shuning  uchun  ham  harbiy  kengashda  sulton  o‘z  qo‘shinlarini 
turli  shaharlarda  alohida-alohida  joylashtirishga,  urushda  mudo-
faa taktikasini qo‘llashga qaror qiladi. Shu tariqa mamlakat katta 
xavf ostida qoldi.
1219-yilning  kuzida  Chingizxon  Xo-
razmshohga qarshi yurish boshladi. Uning 
jami askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon qo‘shini Sirdaryo 
bo‘yida joylashgan O‘tror shahri ustiga yurish qildi. Chingizxon 
bu  shahar  yaqinida  Movarounnahrni  qisqa  muddat  ichida  zabt 
etish uchun butun harbiy kuchlarini to‘rt qismga bo‘ldi. Uning bir 
qismini  o‘g‘illari  Chig‘atoy  va  O‘qtoy  boshchiligida  O‘trorni 
qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Jo‘ji boshliq 
etilib, u Sirdaryo etagi tomon yuborildi. Unga Sig‘noq, O‘zgan, 
Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni buyurdi. Besh ming 
kishilik  uchinchi  qo‘shin  Aloqno‘yon  hamda  Sukatu  Cho‘rbiy 
qo‘mondonligida  Sirdaryoning  o‘rta  sohili  bo‘ylab,  uning  yuqo-
ri  oqimida  joylashgan  Banokat  va  Xo‘jand  shaharlari  tomon  
yuborildi.  Chingizxonning  o‘zi  asosiy  kuchlari  bilan  Buxoro  
tomon askar tortdi.
Xorazmshohning 
mudofaa rejasi
O‘tror qamali


93
Ray
Astrabod
Sabzavor
Deynek
Dehiston
Faroba
Niso
Asake-Kandan
Kat
Xiva
Adoq
Urganch
Beshtomqal’a
Buxoro
Chorjo‘y
Samarqand
Marv
Naxshab
Kesh
Munk
Termiz
Balx
Salisaroy
Yorkand
Andijon
Qoshg‘ar
Shosh
Sovrom
O‘tror
Yassi
Sayram
Sig‘noq
Taroz
Chu
Merke
Bolosog‘un
Jand
Yangikent
Saroychiq
Hoji
Tarxon
Saroy
Botu
Asanas
SARBADORLAR
DAVLATI
(1337–1381)
MOZANDARON
GURGON
B
A
L
X
Q
U
N
D
U
Z
B
A
D
A
X
S
H
O
N
Q
O
S
H
G

A
R
M
O
V
A
R
O
U
N
N
A
H
R
B
U
X
O
R
O
X
U
R
O
S
O
N
Y
E
T
T
I
S
U
V
J U R J
O N
D E N G
I Z I
JAND
KO‘LI
X
o
r
a
z
m
u
l
u
s
i
S
h
a
y
b
o
n
u
l
u
s
i
M
a
n
g‘
i
s
h
l
o
q
u
l
u
s
i
Itil
Yoyiq
Emba
Irgiz
Turg‘ay
Sarisu
Sayhun
Chu
Ko‘hcha
tangiz
Elsuvi(Ili)
Issiqko
‘l
Norin
Yorkand
Murg‘ob
Panj
Talos
Zarafshon
Vaxsh
Jayhun
O‘troq
asosiy
hududlari
Mo‘g‘ul
hukmronligining
Jo‘ji
ulusi
(Oltin
o‘rda)
Chig‘atoy
ulusi
Xulagular
davlati
Amir
Temur
yurishlari
Masshtab
1:12
500
000
1387–1388
1387
1385
1392
1399
1398–1399
1377
1392
1390
1391
To‘xtamishga
qarshi
yurish
Nishopur
O‘R
TA
 OSIYODA
 MO‘G‘
ULL
AR 
H
UKMRONLIGI
 (XIII–XIV
 asrlar)


94
O‘tror  mustahkam  qal’ali  chegara  shahar  edi.  Qal’a  noibi 
G‘oyirxon  (Inolchiq)  boshchiligida  shaharda  20  ming  suvoriy 
bor  edi.  Qamal  arafasida  unga  yordam  uchun  Qoracha  Hojib 
qo‘mondonligida  yana  10  minglik  qo‘shin  kelib  qo‘shilgan  edi. 
Juvayniyning  ma’lumotiga  qaraganda,  bu  kuchdan  tashqari  Sul-
ton  Muhammad  «Lashkari  berun»  deb  atalgan  50  ming  askar 
yuborgan. Natijada O‘tror shahrida dushmanga qarshi kuchli bir 
himoya  quvvati  tashkil  bo‘lgan  edi.  Shunday  bo‘lsa-da,  o‘sha 
davr  solnomachilarining  naqliga  qaraganda,  mo‘g‘ullar  shahar-
ni  qamalga  olishlari  bilan  mudofaachilar  sarosimaga  tushganlar. 
Qamalning  dastlabki  kunlaridayoq  shahar  hokimiyatining  vakili 
Badruddin  Amid,  Safiy  Aqra’  Hojib  boshliq  sulton  tomoni-
dan qatl etilgan O‘tror qozisining avlodlari mo‘g‘ullar tomoniga  
o‘tib ketadilar.
Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali 5 oy davom etgan. Mo‘g‘ullar 
shaharga  oqib  kiradigan  ariqlarni  ko‘mib  tashlagan,  manjaniq-
lardan  shaharga  qarata  tosh,  neft  bilan  to‘ldirilgan  ko‘zachalar 
(piliklarini  yondirib)  irg‘itganlar,  qo‘rg‘on  tevaragida  xandaqlar 
shox-shabba  va  tuproq  bilan  to‘ldirilgan,  qo‘rg‘on  devori  osti- 
dan  lahim  (tunnel)  qazilgan,  daraxtlar  kesib  ulama  shotilar  ya-
salgan va devorga tiklangan.
O‘tror qamali davrida nafaqat qamaldagilar, balki mo‘g‘ullar 
ham katta talafot ko‘rganlar. Qamaldagilarning safi siyraklashib, 
oziq-ovqat tanqisligi kuchaygan. O‘tror mudofaasining eng og‘ir 
paytida  Qoracha  Hojib  o‘z  qo‘shini  bilan  shahar  darvozasi-
dan  chiqib,  mo‘g‘ullarga  taslim  bo‘lgan.  Biroq  xiyonatkorlarni 
mo‘g‘ullar  ham  kechirishmagan.  Ular  Qoracha  Hojib  va  uning 
askarlarini qatl etishgan.
Shu  asnoda  o‘trorliklar  shaharni  mudofaa  qilib,  uni  besh  oy 
davomida  o‘z  qo‘llarida  ushlab  turadilar.  Ayniqsa  G‘oyirxon 
o‘zini  Chingizxon  savdogarlari  va  sarbonlarini  o‘ldirishda  ayb-
dor  his  qilib,  so‘nggi  nafasigacha  dushmanga  qarshi  kurashadi. 
Uning  askarlari  ellik-elliktadan  bo‘lib,  qal’adan  tashqariga  chi-
qar  va  bosqinchilar  bilan  jang  qilib,  halok  bo‘lardi.  Chig‘atoy 
qo‘shini  shahar  devorlaridan  raxnalar  (tuynuklar)  ochib,  ichka-
riga  yopirilib  kirgan,  aholisini  shahristondan  quvib  chiqarib  
shaharni talaganlar. 
G‘oyirxon  boshliq  mudofaachilarning  bir  qismi  O‘tror  arki-


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə