O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50

88
Qo‘shni 
davlatlarning bosib 
olinishi
O‘zaro elchilik
aloqalari
1206-yilda  dastlab  naymanlar  bo‘ysun-
dirildi.  1207–1208-yillarda  enasoy  hav- 
zasi,  so‘ngra  Yettisuv  viloyatining  shi-
moliy  qismi  zabt  etildi  va  uyg‘urlar  tas- 
lim bo‘ldi. 
1211–1215-yillarda  Chingizxon  bir  necha  bor  Xitoyga  hu-
jum qilib, Shimoliy Xitoyning markazi – Szindi (Pekin) shahri-
ni  ishg‘ol  qilib,  Szin  sulolasini  taxtdan  qulatdi.  Shimoliy  Xitoy  
yerlari  Mo‘g‘uliston  davlatiga  qo‘shib  olindi.  Chingizxon  
Xitoydan  ko‘p  o‘ljalar,  cho‘rilar  bilan  harbiy  qurol  yasaydigan  
va  ularni  ishlata  biladigan  mohir  hunarmandlarni  ham  Mo‘-
g‘ulistonga olib ketadi. Shu yo‘l bilan u o‘z qo‘shinini zamona-
sining eng yaxshi harbiy qurol-aslahalari bilan ta’minlaydi.
Chingizxon  1218–1219-yillarda  Sharqiy  Turkiston  va  Yet-
tisuv  viloyatlarini  deyarli  talafotsiz  qo‘lga  kiritib,  bu  yerdagi 
Kuchluk davlatini tugatdi. Shunday qilib, Gobi sahrosining shar-
qiy  chegarasidan  to  Tangritog‘  (Tyanshan)  tizmasining  g‘arbiy 
etaklarigacha  bo‘lgan  viloyatlar  Mo‘g‘ullar  davlati  hukmronli-
gi  ostida  birlashti rilgan  edi.  Shu  tariqa  Mo‘g‘ullar  davlatining 
g‘arbiy  hududlari  Sulton  Muhammad  Xorazmshoh  saltanatining 
chegarasiga bevosita tutashib ketdi.
Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasida bir-
birining  kuch-qudratini  bilib  olishga  va 
bu  haqda  ma’lumotlar  to‘plashga  hara-
kat qilinadi. Ikki o‘rtada hatto elchilik aloqalari o‘rnatiladi.
Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Ba-
houddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini yuboradi. elchilarni 
Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi. Hatto, elchilardan u Sulton  
Muhammadni G‘arbning  sohibqironi (G‘arb  mamlakatlari yerla-
rining  sultoni),  o‘zini  esa  Sharqning  podshosi  deb  hisoblashini 
Xorazmshohga yetkazishlarini so‘raydi. Chingizxon qimmatbaho 
sovg‘alar  va  mollar  ortilgan  katta  karvon  bilan  o‘z  elchilarini 
Xorazmga  yuboradi.  elchilarga  xorazmlik  savdogar  Mahmud 
Yalavoch boshliq qilib tayinlanadi. Chingizxon elchilarini Sulton 
Muhammad 1218-yilning bahorida Buxoro shahrida qabul qila-
di.  elchilar  Chingizxon  Sulton  Muhammadni  qudratli  podshoh 
sifatida bilib, uni o‘zining eng ardoqli o‘g‘illari qatorida ko‘rishi 
hamda u bilan do‘stona shartnoma tuzishga roziligini aytadi. eng 


89
ardoqli o‘g‘illari qatorida ko‘rish «iltifoti», shubhasiz, Sharq us-
tomonligida  «Chingizxonning  Xorazmshohni  o‘ziga  qaram  qilib 
olish niyati bor» degan ma’noni anglatardi. O‘zini Iskandari so-
niy  (Ikkinchi  Iskandar)  deb  hisoblab  yurgan  podshoga  bunday 
«istiqbol»  sira  yoqmas  edi.  Xorazmshoh  Mahmud  Yalavochni 
tunda  xufiyona  o‘z  huzuriga  chaqirtirib  keladi.  Elchiga  xorazm-
lik  bo‘lgani  uchun  Chingizxonga  emas,  balki  Xorazm  shohiga 
xizmat  qilishini,  Chingizxon  to‘g‘risidagi  bor  haqiqatni  aytishi-
ni,  keyinchalik  xon  qarorgohida  Xorazmshohning  josusi  bo‘lib  
qolishini  talab  qiladi.  Chingizxon  o‘z  elchilarining  ish  natija-
laridan  mamnun  bo‘ladi.  Chunki  Mahmud  Yalavoch    Xorazm 
davlati  va  uning  podshosi  to‘g‘risida  Chingizxonga,  mo‘g‘ullar 
to‘g‘risida  Xorazmshohga  aytgan  ma’lumotlariga  qaraganda  
ham ko‘proq axborot to‘plab qaytgan edi.
Chingizxon  Sulton  Muhammadga  o‘z 
minnatdorchiligini  izhor  etish  va  ikki  
buyuk  qo‘shni  davlatlar  o‘rtasida  shart-
noma  tuzish  uchun  1218-yilning  o‘zidayoq  Xorazmga  juda  kat-
ta  savdo  va  elchilar  karvonini  jo‘natadi.  Karvon  ko‘p  miqdorda  
oltin,  kumush  buyumlar,  xitoy  ipak  matolari,  suvsar  va  qunduz 
mo‘ynalari  va  boshqa  har  xil  qimmatbaho  mollar  ortilgan  500 
tuyadan  hamda  450  musulmon  savdogarlardan  tashkil  topgan  
edi.  Bu  ulkan  savdo  karvoni  mamlakat  poytaxti  Urganch  shahri 
tomon borar edi. Ammo karvon yo‘lda chegara shahar O‘trorda 
ushlanib  qoladi.  Shaharning  noibi  G‘oirxon  (Inolchiq)  tomoni- 
dan  karvon  talanib,  savdogarlarning  hammasi  qirib  tashlanadi. 
Faqat  bir  tuyakashgina  o‘limdan  qutulib  qoladi.  U  Chingizxon-
ning  qarorgohiga  zo‘rg‘a  yetib  borib,  karvonning  dahshatli  qis-
matidan xabar beradi.
Chingizxon  Xorazm  ma’murlaridan  hisoblangan  O‘tror  no-
ibining  xiyonatkorona  xatti-harakatidan  nihoyatda  g‘azablandi. 
Ammo  g‘azabini  bosib,  Ibn  Kafroj  Bug‘roni  ikki  ishonchli  
mulozim  kuzatuvchilar  bilan  Xorazmshoh  huzuriga  elchi  qilib 
yuboradi.  Chingizxon  Sulton  Muhammaddan  aybdorlarni  jazo-
lashni  va  Inolchiqni  tuttirib,  uning  ixtiyoriga  jo‘natishni  talab 
qiladi.  Xorazmshoh  Chingizxonning  talabiga  javoban  elchini 
o‘ldirishni  va  u  bilan  birga  kelgan  ikkita  mulozimning  soqol-
mo‘ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyura-
Munosabatlarning 
keskinlashuvi


90
Xorazmliklarning mo‘g‘ullarga qarshi jangi.


91
di. Bu voqealar ikkita eng katta davlatlar o‘rtasida savdo aloqa- 
lari  va  elchilik  munosabatlari  tamomila  uzilganini  bildirar  edi. 
Xorazmshoh  uyushtirgan  bu  voqea  har  ikki  buyuk  davlatlar 
o‘rtasida urush boshlanishiga bahona bo‘ldi.
XIII  asrning  boshlarida  Xorazmshohlar  
saltanati qo‘shinining umumiy soni Chin-
gizxon  harbiy  kuchiga  nisbatan  birmun-
cha  oshiqroq  edi.  Xorazmshoh  hokimi-
yati siyosiy, xususan, ma’muriy boshqaruv jihatidan mustahkam 
emas  edi.  Chunki,  mansabdorlar  davlat  tang  ahvolga  tushib 
qolgan  paytlarda  o‘z  vazifalarini  tashlab  ketar,  podshoga  itoat-
sizlik  qilar,  o‘zboshimchalik  bilan  o‘z  bilganlaricha  yo‘l  tutar 
edilar.  Hatto  ayrim  viloyat  hokimlari  Xorazmshohga  nomigagi-
na bo‘ysunib, amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton 
oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa, Turkon 
xotun,  ya’ni  «turklar  onasi»  nomi  bilan  shuhrat  topgan  Sulton  
Muhammadning  volidasi  qo‘shinning  oliy  sarkardalari  hisob-
langan  qipchoq  oqsuyaklari  bilan  urug‘-qabila  aloqalari  orqali 
mahkam  bog‘langan  edi.  U  o‘z  qabiladoshlari  manfaati  yo‘lida 
saroyda ko‘tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, hatto ularda 
shohga qarshi adovat ruhini uyg‘unlashtirib qo‘ygan edi.
Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi kucha-
yib,  mamlakat  siyosiy  hayoti  inqirozga  yuz  tutgan  edi.  Bunday 
o‘ta  xavfli  vaziyatni  bartaraf  etish  maqsadida  Sulton  Muham-
mad  o‘z  hukmronligining  so‘ngida  «Davlat  kengashi»ni  ta’sis 
etadi.  Kengashga  6  nafar  bilimdon  vakillar  jalb  etiladi.  Unda 
eng  dolzarb  masalalar  muhokama  etilib,  qaror  qabul  qilinsa-da, 
ammo  u  amalda  ijobiy  natija  bermaydi.  Ana  shunday  vaziyatda 
u  jangari  mo‘g‘ul  qabilalarining  Chingizxon  boshliq  bosqiniga 
duchor bo‘ldi.
1. Mo‘g‘ullar davlati qanday vujudga keldi?
2. Chingizxon qaysi qo‘shni davlatlarni bosib oldi?
3. Chingizxon  va  Xorazmshohning  elchilik  aloqalaridan  tub 
maqsadlari nima edi?
4. Chingizxon  va  Xorazmshoh  aloqalari  nima  uchun  keskin-
lashdi?
5. Qanday  sabablar  Xorazmshohlar  davlatini  siyosiy  inqirozga 
olib keldi?
Xorazmshohlar 
davlatining inqirozga 
yuz tutishi


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə