108
V B O B
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATI
29-§. AMIR TEMURNING SIYOSIY KURASH
MAYDONIGA KIRIB KELISHI
Tayanch tushunchalar: Siyosiy tarqoqlik; Siyosiy kurash maydoni;
Mamlakat mustaqilligi uchun kurash; Sarbadorlar
XIV asrning 50–60-yillarida Movaroun-
nahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga
bo‘linib ketgan. Samarqand viloyatida
Amir Bayon Sulduz,
Keshda
Amir Hoji Barlos, Xo‘jandda
Amir Boyazid Jaloir,
Balxda
O‘ljaytu Sulduz, Hisori Shodmon chegarasida
Amir
Husayn va
Amir Yasovuriylar o‘zlarini
hokimi mutlaq deb
e’lon qiladilar.
Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan
Mo‘g‘uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish
qilib, uni talaydilar. Mo‘g‘uliston xonlarining vayronagarchilikka
olib keluvchi yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq hara-
katlari boshlanadi.
Mana shunday o‘zaro ichki urushlar qizigan, mo‘g‘ullar zul-
miga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda
mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.
Amir Temur Kesh viloyatidgi Xoja
Ilg‘or qishlog‘i (Yakkabog‘ tumani)da
1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan.
Uning to‘liq ismi
Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir
Barqul. Amir Temurning onasi
Takina xotun Kesh yurtining
obro‘li beka (bek og‘o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir
Siyosiy tarqoqlik
Amir Temurning
yoshlik davri
109
Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqolla-
ridan bo‘lib, ajdodlari Kesh va Nasaf
viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan
va bu yurtda hokimlik qilgan.
Amir Temurning yoshligi ona yurti
Keshda kechdi. Yetti yoshga to‘lgach,
otasi uni o‘qishga beradi. Shayx
Sham-
siddin Kulol Temurbekning piri bo‘l-
gan. U yoshlik chog‘laridanoq chavan-
dozlik va ovga ishqiboz bo‘lib, ka-
mondan nishonga o‘q uzish, ot chop-
tirib turli mashq va harbiy o‘yinlar
bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi.
Shu asnoda Amir Temur tulporlarni
Sohibqiron Amir Temur
saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak baho-
dir sifatida voyaga yetadi. Uning atrofiga bolalikdagi do‘stlari
va maktabdoshlari to‘planishib, birgalikda mashq qilar, mu-
sobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo‘lishib, har-
biy guruhga birlashib borishardi. Bu guruh orasida
Abbos Ba-
hodir, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Sayfud-
dinbek va boshqalar bo‘lgan. Keyinchalik ular Amir Temurning
safdoshlariga aylanib, uning qo‘shinida lashkarboshilik darajasi-
gacha ko‘tarilganlar.
O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi nav-
karlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshla-
gan. Ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan
va janglarda chiniqqan. Harbiy mahorat va oliyhimmatlilik Amir
Temurning shuhratini oshirib, uning dong‘i butun Qashqadaryo
vohasi, xususan Kesh viloyatiga yoyilgan. Otasi Amir Temurni
avval (1352)
Amir Joku Barlosning qizi
Turmush Og‘oga uy-
lantiradi. 1355-yilda Amir Temur Qazog‘onning nabirasi,
Amir
Husaynning singlisi
Uljoy Turkon Og‘oni o‘z nikohiga oladi.
Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi
Amir
Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga keladi.
XIV asrning 50-yillari oxirida Movaro-
unnahrda amirlarning o‘zaro kurashi
kucha yib, mamlakatda siyosiy parokan-
dalik avjiga chiqadi. Mo‘g‘uliston xon-
Amir Temurning
siyosiy kurash may-
doniga kirib kelishi