O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50

110
lari  Movarounnahrdagi  og‘ir  siyosiy  vaziyatdan  foydalanib,  bu 
o‘lkada  o‘z  hokimiyatini  o‘rnatishga  harakat  qiladilar.  Tug‘luq 
Temur  1360–1361-yillarda  Movarounnahrga  birin-ketin  ikki 
marta  bostirib  kiradi.  Movarounnahr  beklari  birlasha  olmay  
xalqni  o‘z  holiga  tashlab  ketadilar.  Amir  Temurning  amakisi  –  
Kesh  viloyatining  hukmdori  Amir  Hoji  Barlos  Xuroson  to- 
monga  qochadi.  24  yoshli  Amir  Temur  esa  boshqacha  yo‘l  
tutadi.
Temur  o‘z  mulkini  mo‘g‘ullar  tajovuzidan  himoya  qilish  
uchun ko‘p o‘ylab, Tug‘luq Temurning huzuriga borishga qat’iy  
ahd  qildi.  Natijada  u  Tug‘luq  Temurning  yorlig‘i  bilan  Kesh  
viloyatining dorug‘asi (hokimi) etib tayinlanadi.
* Dorug‘a – mo‘g‘ulcha «nazoratchi», «shahar boshli- 
g‘i»  degan  ma’noni  beradi.  Mo‘g‘ullar  davlatida  ma-
halliy  hokimlar  huzuridagi  ulug‘  qoon  vakili,  noibi. 
Dorug‘a  zimmasiga  quyidagi  vazifalar  yuklatilgan:   
aholini ro‘yxatga olish; mahalliy xalqdan qo‘shin to‘p-
lash; pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish; soliqlar yig‘ish; 
to‘plangan  soliq-to‘lovlarni  ulug‘  qoon  saroyiga  yet-
kazish
Shu tariqa, Amir Temur siyosiy kurash maydoniga kirib kel-
di.  Keyinchalik,  o‘zining  bu  xatti-harakatini  Temurbek  aholini 
mo‘g‘ullar  tomonidan  talon-toroj  etishdan  himoya  qilishning  
yagona  yo‘li  –  puxta  o‘ylangan  reja  100  ming  kishilik  qo‘shin-
dan kuchli deb, izohladi.
Tug‘luq  Temur  o‘g‘li  Ilyosxo‘jani  Movarounnahrning  
hukmdori etib tayinlab, Mo‘g‘ulistonga qaytib ketadi. Ilyosxo‘ja 
bilan  Amir  Temurning  murosasi  to‘g‘ri  kelmaydi.  Shu  sababli 
u  Movarounnahrning  nufuzli  amirlaridan  biri,  Balx  hokimi  Hu-
sayn  bilan  ittifoq  tuzib,  mo‘g‘ullarga  qarshi  kurash  olib  boradi. 
1363-yilda Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida 
umumiy  dushman  ustidan  g‘alaba  qozonadilar.  Keyingi  ikki  yil 
davomida  ittifoqchilar  Ilyosxo‘ja  boshliq  jeta  lashkarlari  bilan 
bir  necha  marta  jang  qiladilar.  Nihoyat  1364-yil  oxirida  ular 
mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.
Biroq  Movarounnahrni  qo‘ldan  chiqarishni  istamagan  Ilyos-
xo‘ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo‘shin 


111
tortadi. Ikki o‘rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan 
Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida sodir bo‘ladi. Tarix-
da  u  «Loy  jangi»  nomi  bilan shuhrat  topadi. Chunki  o‘sha  kuni 
kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar 
loyga botib qolgan.
Jangda  Amir  Temur  qo‘shini  g‘olibona  harakat  qilib,  dush-
man  qo‘shinining  o‘ng  qanotiga  qaqshatqich  zarba  berayotgan 
bir paytda Husayn o‘z askarlarini raqibning so‘l qanotiga tashla-
may, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga majbur 
bo‘ladi.
Bu g‘alabadan so‘ng Ilyosxo‘ja hech qanday qarshilikka uch-
ramay, Xo‘jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga 
yuradi.  Samarqandda  qurolli  qo‘shin  bo‘lmasa-da,  xalq  shahar 
mudofaasini  o‘z  qo‘liga  oladi.  Uzoq  davom  etgan  mo‘g‘ullar 
hukmronligiga  qarshi  ko‘tarilgan  bu  xalq  harakati  tarixda  Sar-
badorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi.
Sarbadorlar  harakati  XIV  asrning  60-
yillarida  Movarounnahrda  mo‘g‘ul  xon-
larining  hujumi  munosabati  bilan  vujud-
ga  keldi.  Samarqand  sarbadorlariga  mudarris  Mavlonzoda  Sa-
marqandiy, hunarmand Abu Bakr Kalaviy va shahar mahallalari- 
dan birining oqsoqoli, mohir mergan Xurdaki Buxoriylar bosh-
chilik  qiladilar.  Sarbadorlar  mo‘g‘ullarga  Samarqand  shahri-
da  qaqshatqich  zarba  beradilar.  Buning  ustiga  ularning  otlari  
orasida o‘lat tarqab, otlar qirila boshladi. Chorasiz qolgan Ilyos-
xo‘ja  avval  Samarqandni,  so‘ngra  esa  butun  Movarounnahrni 
tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi.
Sarbadorlar  amaldorlar  mol-mulkini  bir  qismini  musodara  
etib  kambag‘allarga  taqsimlab  berganlar.  Bu  esa  hukmdor  taba-
qalarning  keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.
Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» kitobida: «Yo 
Olloh!  Kambag‘alni  badavlat  kishiga  aylantirding»,  –  
deb yozadi.
 
Sarbadorlar  boshchiligidagi  samarqandliklarning  mo‘g‘ul- 
lar  xoni  Ilyosxo‘ja  ustidan  g‘alabasi  va  shahardagi  beqarorlik  
to‘g‘risidagi xabar Amir Temur bilan Amir Husaynga ham borib 
Samarqand
sarbadorlari


112
yetadi.  1366-yilning  bahorida  ular  Samarqandga  yo‘l  oladilar 
va shahar yaqinidagi Konigil mavzeyiga kelib tushadilar. Beklar 
sarbadorlarning yetakchilari bilan muzokara olib boradilar. Uch-
rashuvning  birinchi  kunida  ularga  izzat-ikrom  ko‘rsatildi.  Lekin 
ertasi kuni Abu Bakr Kalaviy bilan Xurdakiy Buxoriylar Amir 
Husayn  buyrug‘iga  ko‘ra  dorga  tortiladilar.  Bundan  kech  xabar 
topgan  Amir  Temur  Mavlonozodaning  hayotini  Amir  Husayn- 
dan  so‘rab  oladi  va  uni  o‘limdan  qutqarib  qoladi.  Shu  tariqa  
sarbadorlar  boshliqsiz  qoldirilib,  harakat  bostiriladi.  Movaroun-
nahrda  Amir  Husaynning  hukmronligi  o‘rnatiladi.  Ammo  ko‘p  
vaqt  o‘tmay  Husayn  bilan  Amir  Temur  o‘rtasida  munosabat 
keskinlashib, ochiqdan ochiq nizoga aylanadi. 1366–1370-yillar 
davomida ular o‘rtasida bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlar ham 
bo‘ladi.
1. Nima sababdan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik kuchaydi?
2. Amir Temurning yoshligi haqida nimalarni bilasiz?
3.  Amir  Temur  qanday  vaziyatda  siyosiy  kurash  maydoniga 
kirib keldi?
4. «Loy jangi» haqida so‘zlab bering.
5. Sarbadorlar kimlar. Ular kimlarga qarshi kurashganlar?
6. Amir Temur haqida qanday kitoblar o‘qigansiz?
30-§. AMIR TEMUR – MARKAZLASHGAN
DAVLAT ASOSCHISI
Tayanch tushunchalar: Amir Temur hukmronligining boshlanishi; 
Oliy hokimiyat ramzi; Markazlashgan davlat; 
Movarounnahr va Xurosonning birlashtirilishi
XIV asrning 60-yillarida Movarounnahr-
da hukm surgan og‘ir siyosiy va iqtisodiy 
vaziyat  mamlakatni  birlashtirib,  kuchli 
bir  davlat  tashkil  etishni  talab  qilmoqda 
edi.  Amir  Temur  o‘z  zamonining  bunday  talabini  boshqa  amir-
larga nisbatan yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u mar-
kazlashgan  davlat  tuzishga  kirishdi.  Bunday  maqsadni  amalga 
oshirishda  u  oqsoqollar,  harbiylar,  savdogarlar  va  shahar  hunar-
mandlari  tabaqalariga  suyanadi.  Amir  Temur  bu  ulkan  maqsa-
dini  ro‘yobga  chiqarish  ishini  avvalo  ichki  g‘animlariga  qarshi 
kurashdan boshlaydi. 
Amir Temurning 
hokimiyat tepasiga 
kelishi


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə