O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Yüklə 3,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/145
tarix27.12.2023
ölçüsü3,7 Kb.
#163008
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   145
O\'zbekiston tarixi 9-sinf

Me’morchilik 
maktablari
Islomxo‘ja minorasi
http://eduportal.uz


151
!
!
!
Yevropa uslubidagi 
binolar qurilishi
ri yaratish va tabiatdagi turli giyoh va o‘simliklardan betakror rang lar 
kashf etish mumkinligini amalda isbotlab berdilar.
XX asr boshlarida tiklangan Islomxo‘ja minorasining (1908–1910) 
yara tish tashabbuskori va homiysi Asfandiyorxonning bosh vaziri
ma’rifatli inson Islomxo‘ja edi. U bunyod ettirgan minora Xivaning fax
-
riga aylandi. Qolaversa, Islomxo‘ja o‘z davrining yirik madaniyat va 
davlat arbobi edi. U Xorazm ni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qa
-
torida ko‘rishni istagan, vatanini tashqi dunyo bilan bog‘lashga intilgan, 
ilg‘or g‘oyalar bilan to‘lib-toshgan inson edi.
Xorazm me’morchilik maktabining e’tiborli tomoni shundaki, 
peshtoq lar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va nafosat timsoli arabiy yo
-
zuvlar bilan bezatilardi. Mohir xattotlar bu yozuvlarni o‘ta mohirlik bilan 
bino bezagiga uyg‘unlashtirib yubora olardilar. Yog‘och o‘ymakorligi 
esa eshik, darvoza va ustunlarni o‘ymakor naqshlar bilan bezab, o‘sha 
binolarning umumiy ko‘rinishiga o‘ziga xoslik va jilo baxsh etardi.
Farg‘ona vodiysida ham o‘zbek xalq me’morchiligining o‘ziga xos 
tarmog‘i mavjud edi. XIX asrning ikkinchi yarmida vodiy milliy me’mor-
chiligiga Yevropa me’moriy uslubidagi binolarni qurish an’analari ki
-
rib keldi. Shunday bo‘lsa-da, XIX asr oxirlarida qurilgan Andijon jome 
masjidi o‘z qurilishi bilan yuksak milliy me’morchilik namunasi bo‘lib 
qoldi.
Yodda tuting!
Xorazm me’morchilik maktabining e’tiborli tomoni shun-
daki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va nafosat 
timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilardi. Xattotlar bu 

Yüklə 3,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə