O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlarida hisobot-saylovni olib borish



Yüklə 26,69 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü26,69 Kb.
#138320
  1   2
Hisobot saylov yig\'ilishi o\'tkazish tartibi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlarida hisobot-saylovni olib borish
T A R T I B I

Assalomu alaykum, hurmatli Yoshlar ittifoqi a’zolari!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun biz Ittifoqning boshlang‘ich tashkiloti faoliyatining o‘tgan yil yakunlarini, barcha sohalar uchun kelgusi rejalarni belgilash va boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zolarini saylashga bag‘ishlangan navbatdagi majlisga yig‘ildik. Xabaringiz bor, 2017-yil 12-avgustda maktabimizda Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti tuzilgan edi. Bugungi kunda maktabimizdagi “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari soni 00 nafarni, Ittifoq a’zolari soni 00 nafarni tashkil etadi. Boshlang‘ich tashkilotimiz jami 00 nafar a’zolardan iborat. Bugungi yig‘ilishda boshlang‘ich tashkiloti a’zolarining 00 nafari ishtirok etmoqdalar. Yoshlar ittifoqi Ustaviga ko‘ra yig‘ilishni vakolatli deb hisoblash va yig‘ilishimizni ochiq deb e’lon qilishimiz mumkin.
Boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishini ochish to‘g‘risida qanday taklif bildirasizlar?
Ochilsin, degan taklif tushdi.
Taklif bo‘yicha qo‘l ko‘tarib ovoz berishingizni so‘rayman.
Rozilar? Qarshilar? Betaraflar?
Rahmat, yig‘ilishni ochiq deb e’lon qilaman!
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!
Hisobot-saylov yig‘ilishni tartibli olib borish uchun yig‘ilish hay’atini saylab olishimiz kerak.
Hay’at bo‘yicha kimda qanday taklif bor?
Marhamat so‘z BT Kengashi a’zosi ga.
Hay’at a’zolari - kishidan iborat bo‘lsin degan taklif tushdi.
Qo‘shimcha takliflar bormi?
Ovozga qo‘yaman. Rozilar? Qarshilar? Betaraflar?
Qabul qilindi, rahmat.
Hay’at a’zolari bo‘yicha taklifingizni bildiring (hay’at a'zoligiga besh kishini noma-nom taklif etadi).
1)___, 2) , 3) , 4)_ 5)
Kimda qo‘shimcha takliflar bor?
Taklifni ovozga qo‘yaman. Tasdiqlab berishingizni so‘rayman.
Rozilar? Qarshilar? Betaraflar?
Tasdiqlandi. Marhamat hay’at a’zolari joyingizni egallashingiz mumkin.
Endi kotibiyatni ham saylab olishimiz lozim.
Kotibiyat bo‘yicha kimda qanday taklif bor?
Marhamat so‘z BT Kengashi a’zosi ga.
Kotibiyat son jihatidan 00 kishi bo‘lsin degan taklif tushdi. Shu taklifni ovozga qo‘yaman. Marhamat, tasdiqlab berishingizni so‘rayman.
Rozilar? Qarshilar? Betaraflar?
Marhamat, Kotibiyat a’zoligi bo‘yicha taklifingizni bildiring
1) , 2) 3) ....
Qo‘shimcha takliflar bormi?
Bo‘lmasa, ovozga qo‘yaman. Tasdiqlab berishingizni so‘rayman.
Rozilar? Qarshilar? Betaraflar?
Tasdiqlandi. Marhamat, kotibiyat a’zolari o‘zjoylaringizni egallashlaringiz mumkin.
Hurmatli hisobot-saylov yig‘ilishi qatnashchilari! Yig‘ilishimizning kun tartibiga quyidagi masalalarni qo‘yish taklifi bor:

  1. Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

  2. BT Kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida;

  3. Boshlang‘ich tashkilotning navbatdagi yil uchun ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.

Kun tartibi bo‘yicha qo‘shimcha takliflar bormi? Qo‘shimcha takliflar bo‘lmasa, ovozga qo‘yaman va tasdiqlab berishingizni so‘rayman.
Marhamat. Rozilar? Qarshilar? Betaraflar?
Tasdiqlandi. Rahmat.
Yig‘ilishimizni tartibli olib borish uchun reglamentni ham belgilab olishimiz kerak. Quyidagi tartibdagi reglament taklif qilinadi:
Ma’ruzachilar uchun 15 daqiqagacha, muzokaralar uchun 3-5 daqiqagacha vaqt belgilash taklifi bildirilgan.
Boshqa takliflar bormi? Bo‘lmasa, tasdiqlab berishingizni so‘rayman.
Rozilar? Qarshilar? Betaraflar?
Tasdiqlandi. Rahmat.
Endi kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqishga o‘tamiz.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so‘z boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi ga.
(Ma'ruzachi boshlang'ich tashkiloti tomonidan o'tgan yil davomida ish rejasi va rejadan tashqari qilingan ishlar yuzasidan ma'lumot berib o'tadi).
Ma’ruzachiga savollar bormi?
(Muhokama bo'lib o'tadi, barcha sinf sardorlari yoki boshqa a'zolar o‘z fikr mulohazalarini bildiradilar).
Yo‘q bo‘lsa, ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilsak. Yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar (a’lo, qoniqarli, yaxshi) darajada deb qabul qilishga rozimisizlar.
Ovoz berib, tasdiqlab berishingizni so‘rayman.
Rozilar? Qarshilar? Betaraflar? Tasdiqlandi. Rahmat.
Yig‘ilish kun tartibidagi keyingi masalalarga o‘tamiz.
Kun tartibidagi 2-masala bo‘yicha asosiy ma’ruzani eshitishga o‘tamiz.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan so‘z tuman (shahar) Kengashi raisi (yoki muassasa direktorining o‘rinbosariga berilishi mumkin) ga.

Yüklə 26,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə