O'zbekistonda davl atning raqobatni rivojlantirish siyosati



Yüklə 38,34 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü38,34 Kb.
#166120
  1   2
Asrayev Shavkat maqola


O'ZBEKISTONDA DAVL ATNING RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH SIYOSATI
Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali katta oʻqituvchisi
Saitov S.A
Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi
Asrayev Shavkat Baxtiyor o’g’li
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada zamonaviy O‘zbekistonda raqobat muhitini rivojlantirish tendensiyalari tahlil qilingan. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda qabul qilinayotgan farmonlar, qonunlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar muhokama etilgan. Shu bilan birga davlatimizning raqobatbardoshligini oshirish uchun qanday yo‘nalishda harakat qilish haqida mulohazalar bildirilgan.
ABSTRACT: This article analyzes the trends in the development of the competitive environment in modern Uzbekistan. In recent years, decrees, laws and measures implemented in this direction have been discussed. At the same time, opinions were expressed about how to act in order to increase the competitiveness of our country.
Kalit so’zlar: raqobat muhiti, antimonopoliya, innovatsiyalar, bozor sharoiti, farmonlar, konsepsiyalar, chora-tadbirlar, proteksionizm siyosati.
Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlar joriy qilinadi.
Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oldindan shakllanib boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiisteʼmol qilishni ta’kidlaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890-yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli koʻrinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Masalan, AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada — Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yaponiya va Janubiy Koreyada — Halol raqobat boʻyicha komissiya, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat boʻyicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi organ 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996-yil 15-mayda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. 2000-yil 2 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” gi farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi.
Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.
Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda “Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida” gi qonun (1992-yil 3 avgust) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni monopollashtirish,raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).
Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan: a) monopol mavqeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qoʻyish; b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan monopolik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” (1996-yil 26-aprel) qonuni asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida” qonuni (1996-yil 27 dekabr) monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilishning oldini olish va monopoliyadan chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini koʻzlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, “tabiiy monopoliyalar” deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida” gi qonunida (1997-yil 25 aprel; yangi tahrirda 1999-yil 19 avgust) respublikada tabiiy monopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilib, ularning Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi taʼminlab borilmoqda.
O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi hamda tashqi savdoning liberalizatsiyalashuvi jarayonlarining kuchayishi sharoitida ichki bozorda raqobat muhitini ta’minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish talab qilinadi. Bu esa mamlakatda raqobat muhitining shakllanish jarayonini tadqiq etish, sohaga doir qonunchilikni takomillashtirish, antimonopol siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini rivojlantirishni obyektiv zaruratga aylantiradi. Shu bois, raqobatni rivojlantirish tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020-yil 28 mayda o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida “Raqobat bo‘lmasa, sifat bo‘lmaydi, narx tushmaydi. Zamon o‘zgarapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti. Qat’iy choralar ko‘rish vaqti keldi, iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz”, dedi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda Monopoliyaga qarshi qo‘mita tomonidan 42 ta normativ-huquqiy aktlar loyihasi ishlab chiqilgan, davlat unitar korxonalari soni 22 foizga qisqartirilgan, 75 tashkilotda komplayens nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilgan, sog‘lom raqobat talablariga javob bermaydigan davlat va mahalliy hokimiyat organlarining 1,5 mingta qarori bekor qilingan. Ushbu raqamlar mamlakatimizda sog‘lom raqobat muhitini yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida darak bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 14 yanvardagi PF-5630-son Farmoniga ko‘ra Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining alohida davlat muassasasi sifatida ajratilishi maqsadga muvofiq deb topildi. Ushbu qo‘mitaning qator asosiy vazifalari belgilandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshida raqobat siyosati va tabiiy monopoliyalar muammolarini tadqiq etish markazi yaratilmoqda. Raqobat muhitini doimiy baholash tizimini yaratish maqsadida raqobatni rivojlanish Indeksi joriy etiladi.
So‘nggi ikki yilda davlat unitar korxonalari soni 22 foizga, davlat ishtirokidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 23 foizga va davlat ishtirokidagi korxonalar miqdori 35 foizga qisqartirildi. 2020-yil 7 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni chiqdi. Unga ko‘ra “Raqobat to‘g‘risida” va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlar birlashtirib, yangi qonun loyihasi ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Ushbu qonun loyihasi hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlangan. Shuningdek, yuqorida nomi keltirilgan farmonga muvofiq “2020-2024 yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasi” ham qabul qilindi. 2022-yil 29-yanvarda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish yo‘nalishida “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–228-son, 30.09.2022 y.) qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksporterlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshirilmoqda va 2022-yil 20 dekabrdagi o‘z murojaatida Davlat rahbari: “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi o‘z samarasini bermoqda. Bir yilning o‘zida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi. Navbatdagi masala – 2023-yilda tayyor mahsulotlar eksportini qo‘shimcha 4 milliard dollarga oshirish asosiy maqsadimiz bo‘ladi”, deb ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga ko‘ra biror normativ-huquqiy hujjat qabul qilinayotganda zaruriy ravishda uning raqobat muhitiga ta’siri o‘rganilishi kerak. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan 820 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar baholanib, taxminan ularning 70 foizida raqobatga zid keluvchi normalar borligi aniqlangan. Bundan tashqari, davlat va mahalliy ijroiya organlarining 1,5 mingta qarorlari raqobat muhiti talablariga javob bermasligi sababli bekor qilingan.
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib rivojlanishi, jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashi, aholi turmush darajasi va farovonligining yanada oshirilishi olib borilayotgan izchil davlat siyosatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Jahonda iqtisodiy globallashuv keng miqyosda ortib borayotgan bir sharoitda har qanday o‘zgarishlarga, ichki va tashqi bozor talablariga moslashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni shakllantirish taqozo etiladi. Innovatsiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy etish hamda mahsulot va xizmat turlarini muttasil yangilab borish hisobiga raqobatbardoshlikni ta’minlovchi infratuzilmalarni rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ba’zi davlatlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida proteksionizm siyosati yurgiziladi. X.Rajapov proteksionizm siyosati haqida fikr yuritib, bunday siyosat ba’zan salbiy oqibatlarga olib kelishini aytib o‘tadi. Uning fikricha:bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun “betashvish hayot”ni yuzaga keltiradi, “bu esa mahalliy tadbirkorlarda texnologik rivojlanishga bo‘lgan rag‘batni susaytiradi”. Proteksionizm siyosati foyda keltirishining yagona sharti – mahalliy korxonalarga xotirjam bo‘lib qolish imkonini bermaslikdir. Buni esa faqat mamlakatda ichki raqobatni rivojlantirish orqaligina amalga oshirish mumkin. Raqobatbardosh korxonalarni xalqaro maydonga chiqishga undash kerak. Raqobat qonunchiligi juda ham serqirra. Raqobat siyosatining samaradorligi raqobat qonunchiligini shu sohaga mutasaddi xodimlarning va aholining qanday bilishiga ham bog‘liq, shu sababli, xodimlar orasida xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda raqobat siyosati to‘g‘risida seminar, treninglar o‘tkazish yaxshi samara beradi. Raqobat muhitini rivojlantirish uchun yuqorida ko‘rsatilgan ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa, raqobatbardoshlikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun innovatsiyalarga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Global innovation Index ko‘rsatkichlariga ko‘ra O‘zbekiston 2022-yilda 132 davlat ichida 82 o‘rinni egallagan. Bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 4 punktga yuqori. Janubiy va Markaziy Osiyo 10 ta mamlakatlari iqtisodiyoti ichida O‘zbekiston 3-o‘rinni egalladi. Innovatsiya tushunchasining ta’rifini aniqlash uchun Immanuil Kantning “Axloqiylik metafizikasi asoslari” asaridagi etikani kategorik imperativ sifatidagi tushunchasining zamonaviy ishbilarmon insonga nisbatan ta’rifiga murojaat qilish mumkin. Bu konsepsiyani jahon xo‘jaligi taraqqiyotiga ekstrapolyatsiya qilgan holda jamiyatning ijtimoiy-madaniy jarayonning odatiy an’analaridan faol tarzda voz kechayotganini ko‘rishimiz mumkin. Globallashuv jarayonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga muvofiq yangi paradigmalarni faol qidirish yuz bermoqda.
Tadbirkorlik sohasining shakllanayotgan mulk egalari va menejerlari yangi avlodi uchun innovatsiyalar biznesni muvaffaqiyatli olib borishning zaruriy sharti bo‘lib qolmoqda. A.E.Norovning fikricha, innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.
Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan “Davlat raqobat qo‘mitasi» asosida “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi» (Antimonopoliya qo‘mitasi) tashkil etilgani to‘g‘risidagi yangilik kishini quvontirdi. Alohida va mustaqil monopoliyaga qarshi kurashuvchi idora joriy iqtisodiy islohotlar zanjirida yetishmayotgan edi.
Bu kabi islohot mamlakatda 2000 yilda ham amalga oshirilgan — Moliya vazirligi tarkibidan mustaqil “Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi” ajratilgan edi. Biroq hukumatning 2012 yildagi qarori bilan “Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi” va “Davlat mulk qo‘mitasi” yangi idoraga — “Davlat raqobat qo‘mitasi”ga aylantirildi.
Afsuski, bu yangi tashkil etilgan qo‘mita faoliyatida bevosita raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi yo‘nalish oz o‘rin olgan edi. Davlat raqobat qo‘mitasining 2012 yildan keyingi hisobotlari bunga dalolat bo‘la oladi. Ularda asosan davlat aktivlarini xususiylashtirish, sotish, boshqarish, nochor korxonalar bilan ishlash va hokazolar yoritilgan.
Ya'ni, aytishim mumkinki, 2012 yilda Davlat mulk qo‘mitasi Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasini “yutib yubordi”. Bu esa mamlakatdagi raqobatni himoya qilishga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Shu sababdan, mustaqil Antimonopoliya qo‘mitasi tashkil qilinishini bozor iqtisodiyotini qurishdagi to‘g‘ri qadam, deb hisoblayman.

Yüklə 38,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə