O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
14-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.12.2022
tarixidan o‘zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e’tibor bilan qaragan
va uni rivojlantirishga harakat qilgan.
Ibn Sino, Beruniy, al-Xorazmiy, Amir Tem ur,
Ulug‘bek va boshqa ko‘plab allomalar ilm -fanni dunyoga tanitganlar. Ilm -ma’rifatga
beqiyos hurm at bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to'siqlar bo'lm asin, o 'z
farzandlarining savodli bo'lishini
orzu qilganlar, ularini yoshligidanoq maktabga
o'qishga berganlar.
Demak, O'zbekistonda o'qitishning o'ziga xos usullari mavjud bo'lgan va ular
rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechmagan, ba’zi xato va kamchiliklarga ham yo'l
qo'yilgan.Grammatik, orfografik materiallarni izchil o'rgatishga, o'quvchilarning har
tomonlam a savodli bo'lib, madaniy nutqni egallashlariga
katta ahamiyat berila
boshlandi. O'quvchilar va o'qituvchining o'quv mehnatini tashkil etishning asosiy
shakli bo'lgan dars metodikasi muvaffaqiyatli ishlana boshlandi. Bu o'rinda ona tiliga
katta vazifa yuklatildi:
Ona tili ta’limiga o'quv fani sifatidagina emas, balki butun ta’lim
tizimini
uyushtiruvchi ta ’lim jarayoni sifatida qaraldi. Ona tili bo'yicha minimal talablar uch
parametrli standart o'lchovi orqali aks ettirildi: o'qish texnikasi, o'zgalar
fikrini va
matn m azm unini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. Bu talablarni
amalda bajarish ta ’lim jarayoniga yangicha o'qitish texnologiyalarini tatbiq etishni
taqozo qiladi.
Hozirda o'quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda
mustaqil ishlarni
uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi m etodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilm
oqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta ’limiy o'yinlarni joriy etish
keng tus olmoqda, ta ’lim jarayonida
test topshiriqlaridan, turli boshqotirm a va
jadvallardan
keng
foydalangan
holda
mashg'ulotlar
uyushtirilmoqda.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, ona tili o'quv
fani sifatida shakllanib, rivojlanish
ning murakkab yo'lini bosib o'tmoqda va biz pedagoklar ona tilimizni rivojlanishiga o’z
hissamizni qo’shib kelmoqdamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Umumiy oʻrta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va oʻquv dasturi (Boshlangʻich
ta’lim).- Toshkent, 2017.
2. Roziqov O. va boshqalar. Ona tili didaktikasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi,
2005.
3. Qosimova K., Matchonov S., Gʻulomova X., Yoʻldasheva SH., Sariyev Sh. Ona tili
oʻqitish metodikasi. -Toshkent, «Nosir», 2009.