O’zbekistonda futbolning rivojlanishi O’zbekistonda zamonaviy futbol o’tgan asrning boshlarida paydo bo’ldi va tezda mashhur o’yinga aylandi. Uning rivojlanish joylari Farg’ona, Toshkent, Andijon, Qo’qon va Samarqand edi



Yüklə 0,98 Mb.
tarix29.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#113984
Muhammad


1.1. Futbol o`yinining paydo bo`lishi va rivojlanishi. Futbol bu «oyoqtо‘pi» degan ma’nodagi inglizcha sо‘z bо‘lib, Fransiya, Ispaniya, Rossiyada shu nom saqlanib qolgan. Nemislarda u «fusbol», Venriyada «labduragosh», Italyanlarda «kalchio», Yugoslavlarda «nagomet», Amerikada «sokker» deyiladi. Futbolning xalq, ommasini jismoniy rivojlantirishning, uning salomatligini mustahkamlashning eng ommabob, vositasidir. Bu kattalarga ham, о‘smirlarga ham, bolalarga ham birdek ma’qul bо‘lgan chinakam о‘yin.
X1X asr о‘rtalariga kelib, sport metodi jismoniy tarbiyaning eng maqbo’l metodi deb topilib, sport hamda sport о‘yinlari jismoniy rivojlanishining samarali vositasi bо‘lib qolgandan keyin futbol tarixida yangi bosqich boshlandi.
1.2. O’zbekistonda futbolning rivojlanishi O’zbekistonda futbolning rivojlanishi O’zbekistonda zamonaviy futbol o’tgan asrning boshlarida paydo bo’ldi va tezda mashhur o’yinga aylandi. Uning rivojlanish joylari Farg’ona, Toshkent, Andijon, Qo’qon va Samarqand edi. Ilk bor futbolni Farg’ona shahrida o’ynaganlar. Xuddi shu yerda 1911 yilning oxirida birinchi futbol jamoasi tashkil topgan. Farg’onada tuzilgan futbol jamoalari soni 1912 yil avgustida "Futbolchilar jamoasi"ga birlashishga yo’l berdi.
1928 yil Moskvada bo’lib o’tgan xalqaro spartakiadada qatnashish O’zbekiston futbolchilari uchun nihoyatda jiddiy imtihon bo’ldi. Futbol bo’yicha spartakiada birinchiligi uchun 22 jamoa kurash olib bordi, ular qatorida Angliya, Germaniya, Avstraliya, Shveysariya va Finlyandiyaning ishchi klublardan iborat terma jamoalari ham bor edi. Shveysariya va O’zbekiston jamoalarining uchrashuvi futbol ishqibozlarida katta qiziqishga sazovor bo’ldi. O’zbek futbolchilari bu o’yinda jamoaviy o’yin, chiroyli va chaqqon kombinasiyalar namoyish etdilar. Ammo asosiy vaqt 3:3 hisobi bilan yakunlangani sababli, g’olibni aniqlash uchun qo’shimcha 30 daqiqa qo’shib berildi. So’nggi 15 daqiqa ichida O’zbekiston futbolchilari shveysariyaliklar qarshiligini yenga oldilar va raqib 8:4 hisob bilan O’zbekiston futbolchilari g’alaba qozondilar
2.1. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi O'zbekiston mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o'sdi. Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando, ushu, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonun, qator qarorlarni amalga oshirishda katta tadbirlar o'tkazildi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:  O’zbekistonda Olimpiya Xarakatini rivojlantirish, olimpizm g’oyalarini keng targ’ib etish;  Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, boshqa mamlakatlar milliy olimpiya qo’mitalari, Xalqaro sport federatsiyalari va uyushmalari bilan hamkorlik qilish, XOQning “Olimpiya birdamligi” dasturida ishtirok etish;  Mamlakat terma jamoalari va sport zaxiralarini tayyorlashda davlat, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga ko’maklashish;  Respublika aholisini jismoniy va ma’naviy tarbiyalashga, jismoniy tarbiya va sport, milliy sport turlarini, nogironlar o’rtasida sportni rivojlantirishni ta’minlash;  Yoshlarni boshqa mamlakatlar sportchilari bilan do’stlik va birodarlikni mustahkamlash, musobaqalarda halol kurashish, raqibiga olijanoblik bilan munosabatda bo’lish tamoyillari asosida tarbiyalash;  O’zbekiston sportchilari yutuqlarini keng targ’ib qilish;  Sport kadrlari o’rtasida tajriba almashish, ular malakalarini oshirish uchun anjumanlar tashkil etish.
2.2.Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi Futbol o’yini tasnifiga: o’yinchilarni maydondagi harakatlanish texnikasi, ya’ni yurish , yugurish,sakrash, burulishlar kiradi. Bundan tashkari maydon o’yinchisini texnikasi ya’ni to’pga zarba berish,oyok bilan kaftni ichki tomoni bilan, oyoq yuzi ichki qismi bilan, oyoq yuzi tashqi qismi bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan.
Futbol о‘yin maydoni О‘lchamlar. О‘yin maydoni tо‘g‘ri burchak shaklida bo’ladi. Yon chiziqlar darvoza chizig‘iga nisbatan uzunroq bo’lishi kerak. Uzunligi: 120m, 90m. Eni: 45m, 90m. Halqaro matchlarda. Uzunligi: minimum 100m. maksimum 110m. Eni: minimum 64m. maksimum 75m.
Belgilar. Maydon uchun belgilar chiziqlar yordamida amalga oshiriladi. Bu chiziqlar ular chegaralab turgan maydonga kiradi. O’yin maydonini chegaralab turgan 2 ta uzun chiziqlar yon chiziklar 2 ta qisqasi darvoza chiziqlari deyiladi. Xar qanday chiziq eni 12 sm dan oshmasligi kerak. О‘yin maydoni urta chiziq yordamida 2 yarim qismga bo’linadi. О‘rta chiziq о‘rtasida maydon markazi belgilanadi. Maydon markazidan 9,15m radiusda aylana о‘tkaziladi
Darvoza maydoni. Darvoza maydoni har ikkala yarim qismining oxirida qо‘yidagicha bо‘ladi. Darvozaning har qaysi ustuni ichki tomonidagi nuqtadan 5,5 m masofada darvoza chizigiga tug‘ri burchak qilib maydon ichiga 2 chizik tortiladi. 5,5 m masofada bu chiziqlar darvoza chizig‘iga parallel qilib boshka chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziqlar va darvoza chizig‘i chegaralab turgan zona, darvoza maydoni deyiladi
Futbol tо‘pining о‘lchamlari va sifatlari.Tо‘p •Charmdan yoki shunga о‘xshash materialdan aylana shaklda tayyorlangan bо‘ladi. •Aylanasining uzunligi 70sm dan oshmagan va 68 sm dan kam bо‘lmagan xolatda bо‘ladi. 28 •Musobaqa boshlanish vaqtida 450 grammdan oshmagan va 410 grammadan kam bо‘lmagan bо‘lishi kerak. •Havo bosimi 0,6 – 1,1 atmosfera (600-1100 gramm kv sm) bо‘lishi kerak
Match g‘olibini aniqlash tartibi. 11m nuqtadan zarbalarni bajarish va oltin gol – bu musobaqa nizomiga kо‘ra match durang natija bilan tugaganda g‘olibni aniqlash uchun qо‘llaniladigan usuldir. Oltin gol. Tartib. • Asosiy о‘yin vaqti tugagandan sо‘ng tayinlangan qо‘shimcha vaqt davomida birinchi tо‘p urgan jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi. Agar tо‘p urilmasa, unda match g‘olibi 11 metrlik nuqtadan bajariladigan zarbalar yordamida aniklanadi.
Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə