O’zbekistonda gandbolning rivojlanish tarixi



Yüklə 56,53 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü56,53 Kb.
#166897
  1   2   3   4
Gandbol o’yinining kelib chiqish qoidalari va rivojlanish tarixi


O’zbekistonda gandbolning rivojlanish tarixi.

REJA


  1. Gandbol o’yini haqida

  2. Gandbol o’yining kelib chiqish tarixi

  3. O’zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy

bosqichlari.
Foydalanilgan adabiyotlar

Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo’lib, u o’quvchi yoshlarni jismoniy rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning eng ommabop, binobarin, eng qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun ham, o’smir-yoshlar uchun ham birdek ma‘qul bo’lgan chinakam xalqchil o’yin hisoblanadi. Musobaqada o’n ikki o’yinchidan tashkil topgan ikki jamoa qatnashadi. O’yin maydoni 40x20 m kattalikdagi to’rtburchakdan iborat.


O’yinda qatnashuvchi jamoa o’yinchilarining maqsadi - to’pni egallab olib, dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga kiritish. To’p bilan barcha harakatlar faqat qo’lda bajariladi. To’p uchun kurashda, qarshilik ko’rsatishda qo’pollik va sportchiga xos bo’lmagan harakatsiz qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim. O’yin ishtirokchilarning yoshi va jinsiga bog’liq bo’lib, 30 daqiqadan 60 daqiqagacha davom etadi. O’yin vaqtida har bir o’yinchi o’zining shaxsiy fazilatlarini ko’rsatish imkoniyatlariga ega. Ammo, shu bilan birga, o’yin har bir gandbolchidan o’z shaxsiy intilishlarini umumiy maqsadga bo’ysindirishini talab qiladi.
Gandbol o’yinining asosini yugurish, sakrash, to’pni uzatish, uloqtirish kabi shug’ullanuvchilarning har jihatdan uyg’un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. YUklamalar organizmdagi barcha funksional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy tasir etadi. Mashg’ulotlar tasirida, shuningdek, musobaqalarda shug’ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol o’yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo’lib xizmat qila oladi. Yo’nalishni o’zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal tezlikda harakat qilish yo’llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli qo’l to’pi har qanday ixtisosdagi talaba uchun zarur bo’lgan sport o’yinlari qatoridan joy olgan.
Gandbol o’yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida keng qo’llanilmoqda. Qo’l to’pi musobaqalari mehnatkashlarni muntazam tarzda jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga jalb qilishning muhim vositasi, sport mahoratini oshirishning hamda «Alpomish va Barchinoy» me‘yoriy talablarini bajarishning asosiy omillardan hisoblanadi.
1898 yilda - qo’l to’piga asos solingan. Daniyaning Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o’qituvchisi Xolger Nilson futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yog’inli havoda zalda o’ynasa bo’ladigan yangi sport o’yinini yaratishga qaror qiladi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini qisqartirib, to’pni uzatish va otish faqat qo’l bilan bajarilishini taklif qiladi. SHu tariqa olamda «Xandbol» inglizchadan tarjima qilinganda hand-qo’l, ball-to’p ya‘ni ―qo’l to’pi‖ yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jahonga tarqab ketadi.
1904 yili birinchi bo’lib Daniya qo’l to’pi federatsiyasi tashkil topdi.
1906 yili Kopengagen shahrida qo’l to’pi o’yinining dastlabki qoidalari nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham X. Nilson hisoblanadi.
Sobiq Ittifoqda qo’l to’pi bo’yicha birinchi yirik musobaqa 1928 yili I Butunittifoq spartakiadasi doirasida o’tkazilgan. 1955 yilda Butunittifoq qo’l to’pi federatsiyasi tashkil topgan. 1962 yildan boshlab erkaklar va ayollar o’rtasida muntazam Ittifoq chempionatlari o’tkazilib turgan.
Hozirgi kunda Xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 123 davlati a‘zo bo’lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug’ullanadi. SHu jumladan, 1,4 million shug’ullanuvchi sobiq Ittifoq mamlakatlari gandbolchilaridir.

Yüklə 56,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə