O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi reja


Usullar, metodologiya va iqtisodiyot



Yüklə 99 Kb.
səhifə3/6
tarix07.06.2023
ölçüsü99 Kb.
#115833
1   2   3   4   5   6
1443690507 61395

Usullar, metodologiya va iqtisodiyot

Usullar, metodologiya va iqtisodiyot haqida so‘z yuritganda shu narsani unutmaslik kerakki, metodologiya barcha fanlar uchun eng umumiy uslubdir. Demak, iqtisodiyotda ham xususiy uslublar mavjud. Nafaqat iqtisodiy sohada, balki barcha fanlarning o‘ziga xos uslublari bor. Umuman, tadqiqot olib borish uchun son-sanoqsiz uslublar bor, desak xato bo‘lmaydi. So‘z, ana shu son-sanoqsiz uslublardan iqtisodiy sohalar uchun qaysilarini tanlab olish kerakligi haqida bormog‘i lozim. Faylasuf Omonulla Fayzullayev ta’kidlaganidek, olam (biz uchun) bitta bo‘lsa ham uni o‘rganadigan yagona usul yo‘q.


Chunki olam, koinot, tirik, notirik tabiat xilma-xil bo‘lganligi uchun ham uni bir yoki bir necha usullar bilan o‘rganish kifoya qilmaydi. Olamni tadqiq qilish uchun turli tomondan yondashgan holda tahlil qilish kerak. Buning uchun turli uslublar borligiga murojaat qilamiz. Bu o‘rinda magistrantlarga usullarning xilma-xilligini ko‘rsatish maqsadida O.Fayzullayevning usullar haqida xulosalarini to‘liq keltiramiz:
Umumiy usullar:
Empirik. Nazariy. Induksiya-deduksiya. Analiz-sintez. Tarixiy- mantiqiy. Qiyoslash. Analogiya. Tipologiya. Sistema. Klassifikatsiya. Formallashtirish. Ideallashtirish. Konkretlashtirish. Umumlashtirish. Abstraktlashtirish. Aksiomalashtirish. Teoremalashtirish. Lemmalashtirish. Prinsiplashtirish. Gipoteza. Modellashtirish. Kutubxona va internetdan foydalanish. Maktab va repititorlik. Fikran eksperiment. Miqdoriy eksperiment. Reduksiya. Ekstra interpolyatsiya. Kompleks-sistemalash. Bashorat. Tanqid-maqtash. Yordam. Pedagogik Evristika. Algoritmlash va hokazo. Bu usullar hamma fanlarga daxldor bo‘lganidan, ularni falsafiy usullar, deb ham aytish mumkin.
O‘rtacha umumiy usullar:
Matematik. Iqtisodiy. Statistik-ehtimoliyot. Korrelyatsiya. Programmlash. Kriminalistik. Balans. Instruksiya. Grafik. Golografiya. Leksikografik. Topografik. Kartografik. O‘yin nazariyasi. Graflar nazariyasi. Garmoniya. Genealogiya va boshqa usullar.
Maxsus usullar:
Fizikaviy usullar: Optik. Akustik. Spektral. Radiatsion. Furespektroskopiya. Rentgen. Radiolokatsiya. Elektrofizik. Issiqlik-fizik. Lazer va boshqalar.
Kimyoviy usullar: biokimyoviy. Rentgenfaza analizi. Kataliz. Geterogen. Tseolit va hokazo.
Biologik usullar: Litologik-Gistologik. Evolyutsion. Genetik. Immunologik. Geobotanik. Introduksiya-akklimitatsiv va hokazo.
Hozirgi kunda jahon miqiyosida yaratilgan ilmiy tadqiqot va bilish usullarini sanab o‘tish - maqsadimizning o‘zi emas. Ularning borligini eslatish yosh olimlarimizga yordam berishdir. Darhaqiqat, ilmiy tadqiqot usullarini hisoblab chiqish, ularning effektlarini aniqlash - juda qiyin masala.
Misollar
Tarixda va hozirgi kunda jahon miqyosida yaratilgan ilmiy tadqiqot va bilish usullarini sanab o‘tish foydali. Lekin, ulardan amalda qanday foydalanilyapti va biz ham kelgusida qanday foydalanishimiz mumkin, - bu bizning maqsadimiz. Shu vazifa bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tekshirish institutlarida ishlatilayotgan usullar bilan tanishib chiqdik.
Yuqorida keltirib o‘tilgan usullar tasnifini qaytarmaslik uchun, usullarni 4 ta toifaga bo‘ldik: 1) strukturalarni tadqiq qilish usullari, 2) xarakteristikalarni aniqlash usullari, 3) sifatni oshirish usullari, 4) modellash usullari.

Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə