O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi reja



Yüklə 99 Kb.
səhifə5/6
tarix07.06.2023
ölçüsü99 Kb.
#115833
1   2   3   4   5   6
1443690507 61395

Sifatni oshirish usullari:
Gullar merosistemasini faollashtirish usuli bilan unimi o‘nlab
marta oshirildi. Nashani dalada yo‘qotadigan biopreparat usuli
ishlab chiqildi. Nikellash elektrolitlari optimal tarkibini aniqlashda sirtqi taranglatish usuli yaratildi. Ko‘p fazali muhit gidromexanikasi qonuniyatidan foydalanib tuproq osti sug‘orish usuli yaratildi. Gidroprivozli manipullash organining mustahkamligini oshirish usuli. Orol havzasi suvini tozalashning nazorat usullari ishlab chiqildi. Natriy volframati eritmalarini tozalash usuli.
Kingisep fosforini ishlash usuli. Tuproq sifatini oshirish yangi usullari. Chigitning sifatini oshirish usullari. Tseolit usuli tajribadan o‘tkazildi. Chigitning kasallikdan qutqarish usullari. Qandlavlagini qayta ishlash kompleks usuli. Televideniye effektligini oshirish usuli yaratildi. Yuqori voltli elektroforez usuli mukammallashtirildi. Yangi spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarish usullari joriy etildi. Ko‘kalamlashtirish va gulshunoslikda ilg‘or usullar yaratildi. Yadro reaksiyalari usuli bilan bir qancha materiallar xususiyatlari bunyodga keldi. Chigitni elektrik tok va kompozitsiya bilan qayta ishlash usuli yaratildi.
Modellashtirish usuli
1) Matematik modellashtirish. Metallogenetik analiz uchun ikki model tavsiya etildi: ob’yektlarning fazoviy tarqatishi modeli va ob’yektlar orasida geometrik munosabatlar modeli. Suv havzasida suvning yuqori qatlamida tasodifiy jarayonlar nazariyasidan foydalanib matematik model yaratildi. Paxta teruvchi mashina harakatining matematik modeli bunyod etildi. Ilk ontogenezning modeli. Fazoviy komponovka konstruktsiyalari matematik modeli. Boshqaruv hujjatlari maketi optimallashtirish matematik model. Differensial tenglamalar sistemasini yechishning modeli. Filtrlash modeli. Gidrokimyoviy jarayonlarni matematik modeli. Har xil sistemalar dinamikasining matematika modeli. Statistik modellarning turg‘unligi tatqiq etildi. Paxta terish apparatida tola va chigitning zararlanishining ehtimollik modeli. Stoxastik differensial tenglamalarga asoslangan tasodifiy tebranishlarning miqdoriy modeli. Hisoblash matematikasi va texnikasining zamonaviy modellari, informatika texnologiyasining oxirgi modellari ustida ish olib borilmoqda.
2) Fizik modellash. Tog‘ jinslarining transportlash jarayonini modellash. Makromolekula deformatsiyasi va destruksiyasi mexanizmlarining modeli. Nuklon zarbasida kvark-glyuon modeli. Ekvivalent elektr o‘tkazishni aniqlash. Seysmik ta’sirda o‘zaro ta’sir modeli. Suyuqlikda generatsiya qilish modeli. Ko‘p darajali tarqatilgan ekspert sistemalarini avtomatlashtirish modeli yaratildi. Yozib olish, modefikatsiya va ko‘chirib yozish modeli. Hisoblash kompleksida idora qilish situatsiyalarini modellash. Chuqur fokusli zilzila geodinamik modeli. G‘o‘zaning ilk rivojlanish modeli. Murakkab strukturali tuproqda namlik, issiqlik va tuzlarning o‘tish modeli. Salbiy geotropizm effektini ifodalovchi model.
3) Struktura - funksional modellar. Dispetcherlik boshqaruvida axborotlarni ishlash modeli transportda ko‘p ishlatilmoqda. Informatsion texnologiyalari asosida ilmiy-texnikaviy rivojlanish modellari yaratildi. Agrosanoat ishlab chiqarishda oldindan bilish modeli. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda talablarning o‘zgarib turishini hisobga oladigan konseptual model ishlamoqda. Byudjetga kirimni operativ oldindan aytish adaptiv modeli. Paxta terish mashinalari uzellari va agregatlarini boshqarish modeli. Kardiologiyada ekspert modeli. Algoritmlar xarakteristikalari tadqiq qilishning dialog modeli. Energoob’yektlar strukturasini aniqlovchi model. “Dvigatel-nasos-truboprovod” sistemasining umumlashtirilgan dinamik modeli kashf etildi. Strukturalarni analiz qiluvchi tashqi model. Elektro texnika asboblarining ish qobiliyatini topuvchi mantiqiy model yaratildi. Oldindan aniqlash vositasi bo‘lgan makroekonomik model ishlatilmoqda. Iqtisodiy siyosatni modellashtirish modeli yaratilmoqda1.
Ishonchimiz komilki, magistrantlar keltirilgan usullarga qiyoslash natijasida o‘zlarining tadqiqotlari jarayonida yangi usullarga duch keladilar va o‘zlari ham yangi usullarni kashf qiladilar.
Metodologiya ana shu usullarni boshqaradi, ularga ta’sir etadi, boyitadi, o‘z navbatida o‘zi ham mazmunini boyitadi. Metodologiyani yanada yaxshiroq tushunish uchun quyidagi fikr va mulohazalarga diqqatni jalb etamiz.
Ma’lumki, metodologiya bu – dialektikadir. Narsa va hodisalarni nisbiy bilish shu metodologiyaga bog‘liq. Metodologiya eng umumiy, unversal usuldir. U o‘zining eng umumiyligini quyidagicha namoyon qiladi. Masalan, bug‘doy o‘simligini olaylik. Bug‘doy o‘zining mazmuni, sifati, shakli, voqeligi, tuzilishi, miqdori, ziddiyatlariga ega. Mazmun, sifat, shakl, voqelik, tuzilish, miqdor, ziddiyat va boshqalar esa falsafiy kategoriyalardir. Ushbu falsafiy kategoriya yoki tushunchalar orqali bug‘doyning turli xususiyatlarini o‘rganishga kompleks yondashiladi. Shunday yondashilganda bug‘doy haqida to‘la ma’lumot olish mumkin bo‘ladi. Xo‘sh, bu iqtisodiyotda qanday amalga oshadi, degan savol tug‘iladi. Demak, iqtisodiyotda ham metodologiya – ya’ni dialektikadan shunday maromda foydalaniladi. Masalan, tovarning tannarxini aniqlash uchun uning miqdorini, sifatini, shaklini, mazmunini, tuzilishini, zaruriyligini, mohiyatini va hokazolarni o‘rganilib xulosa chiqariladi. Bu holatlar xususiy usullar yordamida amalga oshiriladi. Xulosa shundan iboratki, metodologiya iqtisodiy sohalarga har tomonlama yondashib o‘rganishni taqozo etadi.



Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə