«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


Dastlabki ma’lumotlarni aniqlash metodikasi va tavsiflari



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Dastlabki ma’lumotlarni aniqlash metodikasi va tavsiflari 
Neftli maydon
yuzasi (F) qazilgan burg’ quduqlar va ularni sinash ma’lumotlari 
asosida aniqlanadi. Neft zaxiralarini hisoblashda mahsuldor maydon hisoblash 
planlarida o’lchanadi. 
Hisoblash plani konning o’lchamlariga ko’ra 1:5000 dan 1:50000 gacha 
masshtablarda tuzilgan, mahsuldor gorizontning ustki qismi bo’yicha chizilgan 
struktura xaritasidir. Bu xaritada hisoblash sanasiga qazilgan barcha burg’ quduqlarni 
sinash natijalari shartli belgilar bilan ifodalanadi. Planda quyidagilar ko’rsatiladi: 
a) suvsiz neft yoki gaz bergan burg’ quduq belgisi yonida kasr suratida neft yoki 
gazning boshlang’ich o’rtacha sutkalik debiti, suv paydo bo’lgan hollarda uning 
paydo bo’lgan kuni va shu sanaga foizlarda uning miqdori ko’rsatiladi; mahrajida 
joriy sutkalik o’rtacha debiti va hisoblash sanasi (kuni)ga foizlarda suvning miqdori 
ko’rsatiladi; 
b) neft yoki suvli gaz bergan burg’ quduq belgisi yonida kasr suratida neft yoki 
gazning boshlang’ich o’rtacha sutkalik debiti va foizlarda suvning miqdori 
ko’rsatiladi, mahrajida joriy o’rtacha sutkalik debit va hisoblash sanasiga suvning 
miqdori foizlarda ko’rsatiladi; 
v) suv yoki gaz bergan quduqlar; 
g) sinalganda neft pardasi bilan suv bergan quduqlar; 
d) burg’ilash jarayonida neft yoki gaz oqimini uchratgan quduqlar; 
e) sinalgan, lekin karotaj diagrammasi bo’yicha neft-gazlilikka ijobiy belgilari 
mavjud quduqlar. 


382 
Mahsuldor maydon o’lchamlarini aniqlash uchun quduqni sinash dalillarini 
sinchkovlik bilan tahlil qilish, olingan natijalarni quvurlar birikmasini teshish 
oraliqlari, kernni o’rganish ma’lumotlari va quduqlarda kon-geofizik tadqiqotlar 
materiallari (elektr va radioaktiv karotaj, yonlama zondlash karotaji va b.), quduq 
konstruktsiyasining texnik tavsifi va h.k.lar bilan taqqoslash zarur bo’ladi. 
Neftlilik va mahsuldor maydonlar chegaralarini aniqlashda suv-neft tutash yuza 
xaritasidan foydalanish kerak. 
Neftga to’yingan qatlam qalinligi (h)

odatda qatlamning og’ish burchagiga 
tuzatish kiritmasdan, qatlamning vertikal qalinligi aniqlanadi (chunki qatlam hajmini 
hisoblaganda odatda maydonning gorizontal tekislikka proektsiyasining vertikal 
qalinlikka ko’paytmasi olinadi). 
Neftga to’yingan qalinlikni to’g’ri aniqlash muhim masala hisoblanadi. Buning 
uchun kernni tahlil qilish, elektr va radioaktiv karotaj ma’lumotlaridan hamda suv-
neft tutash yuzasi va neftga to’yingan foydali qalinlik chegaralarini o’rnatish 
imkonini beruvchi quduqni sinash materiallaridan foydalaniladi. Ayniqsa karbonat 
jinslarda neftga to’yingan qalinlikni aniqlash murakkabdir. Bu holda ushbu qiymatni 
aniqlashda tadqiqotlar majmui (kernlarni o’rganish, elektr va radioaktiv karotaj, 
mexanik karotaj)dan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Neftga to’yingan 
qalinlikning pastki chegarasini aniqlash oraliq zonaning mavjudligi bilan 
murakkablashadi; odatda oraliq zona o’tkazuvchan kollektorlarda 0,3 m gacha, 
yomon o’tkazuvchan kollektorlarda 8 m va undan ko’pni tashkil etadi. 
Qatlamning neftga to’yingan qalinligini alohida burg’ilangan quduqlar bo’yicha 
to’g’riroq aniqlash uchun yonlama elektr zondlash ma’lumotlaridan foydalanish 
kerak. 
Agar kollektor birin-ketin almashinuvchi yupqa qumtosh, qum, gil va h.k. 
qatlamchalardan tashkil topgan bo’lsa, mavjud kern materiallari bo’yicha qatlamning 
haqiqiy qalinligini aniqlash qiyin kechadi, chunki kernning chiqishi o’zgaruvchan 
bo’lib, odatda 50-60% dan oshmaydi. 
Neft bilan to’yingan qalinlikning haqiqiy qiymatini aniqlashda kuzatuvlar 
majmuasidan (kernni o’rganish, quduqni sinash, elektr va radioaktiv karotaj) hamda 
quduqning texnik ma’lumotlaridan (quduq tubi holati, teshiklarni otish oraliqlari va 
b.) foydalaniladi. 
Qatlamning o’rtacha neftga to’yingan foydali qalinligi turli usullar: o’rtacha 
arifmetik qiymat yoki maydon bo’yicha o’rtacha me’yordagi kattalik bilan 
hisoblanishi mumkin. 
Odatda qazilgan quduqlar soni juda kam va bu quduqlar bo’yicha aniqlangan 
qalinliklar qiymati bir-biridan anchagina farqlansa, u holda o’rtacha arifmetik qiymat 
hisoblanadi. Agar qazilgan quduqlar soni ko’p bo’lib, ularda qatlam qalinligi bir tekis 
o’zgarsa, u holda o’rtacha qalinlik izopaxit xaritasini tuzish va shu asosda maydon 
birligiga mos keluvchi o’rtacha me’yordagi qalinlikni hisoblash mumkin: 
n
2
1
n
n
2
2
1
1
f
...
f
f
f
h
...
f
h
f
h
h








(18.3) 


383 
bunda f
1
, f
2
..., f


qo’shni izopaxitlar bilan chegaralangan qatlamning ayrim 
uchastkalarining maydoni, m
2
; h
1
, h
2
, ..., h
n

ko’rsatilgan uchastkalarga mos 
keluvchi va ikki qo’shni izopaxitlar orasidagi o’rtacha qiymat tarzida aniqlanadigan 
o’rtacha izopaxitlar, m. 
Qatlamning mahsuldor qismining hajmi (Fh)
eng muhim parametr hisoblanadi. 
Uyumning hajmini to’g’ri aniqlash uchun neft va gazi bor bo’lgan kollektorlarning 
tarqalish chegaralarining ishonchli aniqlanishi zarur; bu vazifa ayniqsa har xil 
litologik tarkibli qatlamlar bilan bog’liq uyumlar uchun murakkabdir. 
Mahsuldor qatlam hajmini aniqlash arifmetik usulda, izopaxit xaritalar va 
litologik xaritalardan foydalanib hamda umum-statistik kesim tuzish yo’li bilan 
bajariladi. 
Qatlam hajmini arifmetik usul bilan aniqlash eng oddiy usul bo’lib, tuzilish 
shakli oddiy, jinslarning fatsial tarkibi ma’lum darajada bir xil va qalinligi deyarli 
o’zgaruvchan bo’lmagan monolit qatlamlar uchun qo’llaniladi. Uning mohiyati 
shundayki, bunda qatlamni neftga to’yingan foydali qalinligining o’rtacha qiymati 
quduqlar bo’yicha aniqlanadi va bu o’rtacha qiymatni quduqlar joylashgan plandagi 
qatlam proektsiyasi maydoniga ko’paytiriladi. 
Qatlam quduqlar bilan etarli darajada qazilganda mahsuldor hajmni aniqlash 
uchun izopaxit xaritalaridan foydalanish kerak. Izopaxit xaritalarini oddiy usul bilan 
tuzish tarkibi va tuzilishi har xil qatlamlarning borligi bilan metodik jihatdan 
murakkablashadi. Bunday hollarda qo’shni burg’ quduqlar orasidagi kollektorlarning 
tarqalish chegaralarini belgilash usuli qanday kechadi, degan savol paydo bo’ladi. Bu 
chegaralar turli metodlar: qo’shni quduqlar orasidagi qalinlik qiymatini oddiy 
interpolyatsiya qilib, keyinchalik izopaxit xaritalarini tuzish yo’li bilan; kon-
geofizika ma’lumotlari bo’yicha qatlamning kollektorlik xususiyatlari va potentsial 
qarshilik (PS) anomaliyasi orasidagi korrelyatsion bog’liqlik asosida qatlamning 
geoelektrik tavsifidan foydalanish yo’li bilan; qatlam qalinligi qiymatining o’zgarish 
qonuniyatidan foydalanish yo’li bilan o’tkaziladi. 
Izopaxit xaritalarini tuzish uchun qalinlik 
qiymatini 
oddiy 
interpolyatsiya 
qilish 
qo’llanilganda 
interpolyatsiyaning 
ikkita 
usulidan foydalaniladi: chiziqli va nochiziqli 
(18.1

rasm). 
Chiziqli 
interpolyatsiyada 
izopaxitlar 
qiymati quduqlarni joylashish nuqtalari orasida 
bir tekisda interpolyatsiya qilinadi (hattoki 
ikkinchi qo’shni quduqda qalinlik nol 
bo’lganda ham). 
Nochiziqli interpolyatsiyada (ikkinchi 
qo’shni quduqda qalinlik nol bo’lganda) nol 
izopaxit shartli ravishda quduqlar oralig’ining 
o’rtasi 
qabul 
qilinadi 
va 
qalinlik 
interpolyatsiyasi shu joydan o’tkaziladi 
(o’rtasiga interpolyatsiya qilish). 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə