«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 POTENTSIAL ZAXIRALARNI BAHOLASH



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

 
20.3. POTENTSIAL ZAXIRALARNI BAHOLASH 
 
Yuqorida qayd qilinganidek, biron-bir geologik tadqiqotlar o’tkazilmagan, 
cho’kindi yotqiziqlari bilan qoplangan hududlarning neft-gazliligini geologik 
mezonlar yordamida baholab bo’lmaydi. Bunday hududlarning mumkin bo’lgan neft-
gazliligi haqida faqat umumiy geologik mulohazalarga asoslanib fikr yuritish 
mumkin va shunga asoslanib ular potentsial zaxiralar turkumiga kiritiladi. 
Potentsial zaxiralarni baholash ham xuddi bashorat qilinadigan zaxiralarni 


444 
baholash kabi bo’ladi, bunda etalon hudud bilan o’xshashligi taqqoslanib, solishtirma 
zaxiralar metodi bo’yicha aniqlanadi. 
Bashorat qilinadigan zaxiralarni baholashdan farqli o’laroq potentsial zaxiralarni 
baholashda yaxlitlangan ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, etalon 
maydon sifatida sanoat ahamiyatiga molik neft-gazi bor, razvedka qilingan va 
o’rganilgan region to’liq qabul qilinadi. 
Potentsial zaxiralarni hisoblash ikki variantlarda bajarilishi mumkin: 
1) hududda tarqalgan (neft-gazi yo’q maydonlarni va sanoat ahamiyatiga molik 
neft-gaz konlari bor bo’lgan maydonlarni birga olganda) cho’kindi jinslar qatlami 
chegarasida har bir km
3
hajmda mavjud uglevodorodlarning o’rtacha miqdorini 
etalon raqam sifatida qabul qilish orqali; 
2) etalon hududdagi mahsuldor maydonlar hissasini (% da) hisoblash yo’li bilan 
va faqat shu maydonlar uchun hajm birliklarida (t/km
3
da) uglevodorodlar miqdorini 
aniqlash va keyinchalik olingan raqamlardan o’xshashlik metodidan foydalanib 
hududni baholash. 
U.L.Rassel AQShning bir qator neft-gazli havzalari uchun cho’kindi qatlamidagi 
uglevodorodlar miqdori (t/km
3
larda) haqidagi quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: 
Michigan va Kentukki ................................................... 200 
Illinoys ......................................................................... 1100 
Meksika ko’rfazining Texas sohillari ……….............. 1900 
Oklaxoma ..................................................................... 2300 
Kaliforniya .................................................................... 5800 
Texas (umuman) ........................................................... 1200 
Istiqbolli maydonlar zaxiralarini baholash uchun yuqorida keltirilgan 
raqamlardan foydalanishni taklif etib, muallif shu o’rinda hududlarni baholashning 
qulay va noqulay sharoitlarini hisobga olishni tavsiya etadi. Bunday sharoitlarga 
baholanayotgan regionda sanoat miqyosidagi neft va gaz zaxiralarining borligi yoki 
yo’qligini; neft-gazlilikning lokal yoki regional miqyosda tarqalganligini (masalan, 
ayrim geosinklinal oblastlarda mahsuldor maydonlar baholanayotgan umumiy 
maydonning 1-5% ni tashkil qilishini) kiritish mumkin. Lekin istiqbolli maydondagi 
zaxiralarni ozmi-ko’pmi ishonchli baholashda, ayniqsa qayd qilingan cheklashlarni 
hisobga olganda, bu raqamlarni qo’llanilishi katta qiyinchiliklarga duch keladi. 
A.I.Levorsen istiqbolli maydonlarni baholash haqida shunga o’xshash 
mulohazalarni aytib o’tadi. Cho’kindi jinslar tarqalgan yer yuzasining turli 
o’lkalaridagi neft zaxiralarini baholashda o’rta hisobda 1 km
3
cho’kindi jinsga 2800 t 
neft to’g’ri kelishi mumkinligi taxmin qilinadi. Amerika olimlarining ayrimlari 
gazning potentsial zaxiralarini baholash uchun mahsuldor gazli maydonning 1 km
2
ga o’rtacha 5,5 ming m
3
gaz to’g’ri keladi, deb qabul qiladilar. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə