«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

k
V
Q
V
Q
e
e
ba
ba


(20.4) 
bunda Q
ba

bashorat qilinayotgan maydondagi neft yoki gaz zaxiralari, mln.t 
yoki mlrd.m
3
; V
ba

bashorat qilinayotgan hududda baholanayotgan, tarkibida neft 
yoki gaz zaxiralari bo’lgan jinslar-kollektorlar hajmi, km
3
; Q
e

etalon uchastkada 
hisoblangan neft yoki gaz zaxiralari, mln.t yoki mlrd.m
3
; V
e

etalon uchastkada 
tarkibida neft yoki gaz zaxiralari bo’lgan jinslar 
- kollektorlar hajmi, km
3
; k 

o’xshashlik darajasiga kiritiladigan umumiy tuzatish koeffitsienti (baholash qulay 
bo’lganda u birdan katta va noqulay sharoitli hollarda birdan kichik bo’ladi). 
Bashoratli zaxiralarni hisoblashda baholanayotgan hududda borligi mumkin 
bo’lgan neft-gaz maydonining o’lchamlarini aniqlash, hattoki geologik mezonlaridan 
foydalanilganda ham istiqbolli maydonlarni ajratish eng murakkab masalalardan biri 
hisoblanadi. 
Agar etalon uchastkada neft va gaz uyumlarini taqsimlanish qonuniyatlari 
haqidagi qandaydir farazlar yoki ishchi sxemalar mavjud bo’lsa, u holda o’xshashlik 
metodi bo’yicha ularni bashorat qilinadigan hududlar uchun ishlatish juda foydalidir. 
Adabiyotlarda uchraydigan mahsuldor maydonlarning hissasi va neft-gaz 
uyumlarining taqsimlanishi haqidagi hamda ayrim neft hududlari bo’yicha M.A. 
Jdanov tomonidan olingan ma’lumotlarni keltirish qiziqarlidir. 
Jumladan, U.L.Ressel geosinklinal oblastlarda uchraydigan neft konlarida 
mahsuldor maydonlar umumiy maydonining 1-5% ni tashkil qilishini qayd qiladi. 
Sharqiy Kavkazoldi regionida tarqalgan chokrak 

spirialis yotqiziqlar uchun 
M.A. Jdanov tomonidan bajarilgan shunga o’xshash hisoblashlar bu qiymatni uning 
turli uchastkalari uchun 0,49-2,43 % ga teng ekanligini ko’rsatdi; shu mahsuldor 
maydonning 87% da neft uyumlari va 13% da erkin gazi bo’lgan uyumlar mavjud. 
Maykop yotqiziqlari uchun mahsuldor maydonlar ulushining qiymati yanada 
pastroqdir, ya’ni 0,014-0,031 % ga teng bo’lgan. Kumaoldi oblastining va 
Karpinskiy tog’ tizmasining ko’milib ketgan janubiy yonbag’irligidagi quyi bo’r 
davri yotqiziqlari uchun mahsuldor maydon 1,55-4,88 % ni tashkil qiladi; bu 
raqamlarning 32% erkin gazi bo’lgan uyumlariga va 68 % nefti bor uyumlarga 
mansub. 
Umuman olganda, Kavkazoldi o’lkasining old egilmasi chegarasida toza neft 
konlari razvedka qilingan konlarning umumiy sonidan 71% ni, gaz-neftli (gaz 
qalpog’i bilan) konlarning 15,2 % ni, gaz konlarining 12,6 % ni, gaz kondensat 
konlarining 1,2% ni tashkil qiladi. Hududning platforma qismi uchun toza neftli 
konlar 49,3 % ni, gaz-neftli konlar 3,9% ni, gaz konlari 35,0 % ni va gaz kondensat 
konlari 11,8 % ni tashkil qiladi. 
Etalon hududlar uchun mahsuldor maydonlar hissasini, neft va gazning 
solishtirma zaxiralarini tavsiflovchi qiymatlarni olgandan so’ng bashoratli 
hududlarning neft va gaz zaxiralarini miqdoriy baholashga o’tish mumkin. 
Bu holda hisoblashni stratigrafik birliklar va tektonik elementlar bo’yicha o’zaro 


443 
tegishli nisbatda alohida olib borish mumkin. 
'
'
100
q
f
F
Q
ba

(20.5) 
bunda Q
ba

bashorat qilinadigan hududdagi neft va gaz zaxiralari, t; F 

bashorat qilinadigan hududning umumiy maydoni, km
2
; f 

etalon hududdagi 
mahsuldor maydon hissasi, %; q’’ 

etalon hudud bo’yicha hisoblangan neftning 
solishtirma zaxirasi, t/km
2
(butun hudud bo’yicha emas, balki mahsuldor maydon 
uchungina). 
Agar bashorat qilinayotgan hududda mahsuldor qatlamning taxmin qilinayotgan 
qalinligi N metrlarda aniqlangan bo’lsa, u holda etalon hududdagi mahsuldor 
qatlamning solishtirma zaxirasi q’’ quyidagi nisbat bo’yicha t/(km
2

m)larda 
hisoblanadi: 
'
'
100
Hq
f
F
Q
ba

.
(20.6) 
Agar bashorat qilinayotgan zaxiralar ayrim stratigrafik birliklar va tektonik 
elementlar bo’yicha alohida-alohida baholansa, u holda ularning aniqligi yanada 
ortadi, natijada etalon va o’xshash hududlarni geologik jihatdan taqqoslash oson 
kechadi. 
Xulosa qilib shuni qayd qilish mumkinki, turli mualliflar tomonidan 
zaxiralarning hisoblashning boshqa variantlari ham taklif qilingan. Jumladan:
1) bashorat qilinayotgan hudud maydonini bitta struktura maydoniga bo’lish 
orqali bashorat qilinayotgan hududdagi strukturalar sonini aniqlash va etalon hudud 
bilan taqqoslash mumkin bo’ladi, natijada har bir strukturadagi zaxiralar hisoblanib 
ularning o’rtacha qiymatlari aniqlanadi;
2) hajmiy-genetik metod, cho’kindi tarkibidagi tarqoq organik moddalarni qayta 
o’zgarishidan hosil bo’lgan gazsimon uglevodorodlar va neftning to’planishini 
miqdoriy baholash imkonini beruvchi nazariy taxminlarga asoslanadi;
3) hajmiy-statistik metod asosan hajmiy formulalardan foydalanishga tayanadi. 
Qayd qilingan metodlar neftning bashorat qilinadigan zaxiralarini baholashda 
o’zining murakkabligi, aniqligining pastligi va solishtirma zaxiralar ma’lumotlari 
asosida bajariladigan hisoblash metodidan (ya’ni etalon hududdagi zaxiralar zichligi) 
afzal emasligi bois keng qo’llanilmadi. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə