7-ma’ruza Ishlatish yer osti quduqlari jihozlari



Yüklə 16,19 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.12.2023
ölçüsü16,19 Kb.
#167310
7-ma’ruza Ishlatish yer osti quduqlari jihozlari



7-ma’ruza 
Ishlatish yer osti quduqlari jihozlari 
Quduq usti jihozi buzilganda yoki ziyon etganda, ishlatish quvurlari 
buzilganda va quvurlararo oraliq sifatsiz sementlanganda ochiq favvoralanish 
quduq tubi ishlatish quvurlari yordamida bartaraf qilinadi. SHuningdek, u bir 
vaqtning o‘zida alohida ikki va undan ortiq mahsuldor gorizontlarni ishlatishda
ochilgan mahsuldor gorizontni yuqorigi va pastki gorizontlardan ajratishda, liftli 
quvurlarni quvurorti muhitidan ajratishda, qator texnologik jarayonlarni 
o‘tkazishni ta’minlashda qo‘llaniladi. 
Quduq ichi jihoziga odatda, pakerlar, yakorlar, quvurlarni ajratgich, quduqni 
tayyorlashda qo‘llaniladigan asboblar, ajratuvchi klapanlar, o‘tkazuvchi nippellar, 
quduq tubi jihozlarini boshqarishga mo‘ljallangan kanat texnikasi qismlari kiradi. 
KPG, KO va KSG majmualari
ga belgilangan gaz olish rejimi buzilganda 
yoki halokatlar sodir bo‘lganda quvurlarni avtomatik tarzda berkitishni 
ta’minlovchi quduq ajratgich-klapanlar kiradi. 
Echib o‘rnatiladigan quduq jihozlari texnologik jarayonlar vaqtida 
almashtiriladi. Buning uchun LSG1K-131 (quduq usti germetik bo‘lganda) turidagi 
kanat texnikasi va qurilmalari qo‘llaniladi. 
Majmualarning shartli belgilanishi quyidagicha: 
K-kompleks; S (yoki P) - quduq(quduq tubi); G – gazli quduqlar; harfdan 
keyingi son–quvurlarning shartli diametrlari (mm); keyingi sonlar – ishchi 
bosim(MPa); oxirgi son – paker diametri(mm);
K1 – kislotoga chidamlilik (muhitda SO
2
hajmiy miqdori 10% gacha); K2 – 
sulfid kislotaga chidamlilik (muhitdagi SO
2
va N
2
S hajmiy miqdori har biri uchun 
26% dan kam). 
Misol: KPG-89-35-145K1; KPG-89-35-145K2; KGS-73-70-112; KSG-89-
70-136K3. 
KPG turidagi gaz quduqlari uchun quduq tubi jihozlari majmuasi 
agressiv muhitdagi SO
2
va N
2
S ning hajmiy miqdori 6% gacha bo‘lgan gazli 
quduqlarni qazib chiqarishga mo‘ljalangan. 


KPG majmuasi tarkibiga quyidagilar kiradi (2.17-rasm, 2.8-jadval): 2PD-
YAG turidagi gidravlik paker, quvurlarni bir-biridan ajratgich RK, sirkulyasiya 
mexanik klapani KSM, sirkulyasiya gidravlik klapani KSG, ingibitor klapani 
KING, teleskopik birikma ST, ajratuvchi klapan KA, boshmoq klapani, qabul 
qiluvchi klapan nippeli, keskich klapani uchun nippel va presslovchi klapan uchun 
nippel. 
Sirkulyasiya mexanik klapani quduqlarni to‘g‘ri va teskari yuvishdaquvur va 
quvur orti muhitida o‘zaro aloqa o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Yana quduqlarni 
o‘chirishda qo‘llash mumkin. 
Sirkulyasiya gidravlik klapani quduqlarni o‘chirish jarayonida sirkulyasiya 
mexanik klapani yordamida iloji bo‘lmaganda quduqlarni halokatli o‘chirishda 
qo‘llaniladi. Klapan quvur yoki quvur ortida ortiqcha bosim ta’sirida emirilib 
ketadi. 
Mexanik va gidravlik sirkulyasiya klapanlari kanat texnikasi yordamida 
boshqariladi. 
2.19-rasm. KPG turidagi quduq jihozlari majmuasi: 
a-emirilishga chidamli toifa; b-normal toifa; 1-ST turidagi teleskopik birikma; 2-
KSG turidagi sirkulyasiya klapani; 3-KING turidagi ingibitor klapani; 4-KSM 


turidagi sirkulyasiya klapani; 5-RK turidagi kolonnalarni ajratuvchi; 6-3PD-YAG 
(PPG5) turidagi paker; 7-o‘tkazish nippeli; 8-1ZK turidagi qulf; 9-KUM turidagi 
tenglashtiruvchi klapan; 10-KA turidagi klapan-ajratgich; 11-pakerning kesuvchi 
klapani; 12-ST2 turidagi teleskopik birikma; 13-KSG1 turidagi sirkulyasiya 
klapani; 14-K turidagi kamera; 15-KINGS turidagi ingibitor klapani; 16-2PD-YAG 
turidagi paker; 17-ZNSV1 turidagi qulf. 
 
Xulosa 
Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishning joriy xolatini taxlil etish, 
katlamning parametrlarini urganish va quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini 
tuzish maksadida davriy tarzda gazogidrodinamik tadqiqotlar olib boriladi.Bu 
tadqiqotlar davomida katlamning bosimi va xarorati urganilib , quduqning ishlashi 
bir necha rejimda sinab kuriladi.Gazogidrodinamik tadqiqotlar barqaror va beqaror 
rejimlarda olib boriladi.Barqaror rejimdagi tadqiqot natijasiga kura, indikator 
chizigi chiziladi , beqaror rejimda esa, quduq tubi bosimining tiklanish chizigi 
chizilib, bu chizma tasvirlarga ishlov berish natijasida katlamning parametrlari 
aniklanadi va quduqni ishlatishning anik texnologik rejimi tuziladi.

Yüklə 16,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə