«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

 
18.3. MODDIY BALANS METODI 
 
Moddiy balans metodi uyumni ishlatishda bosimning o’zgarishiga bog’liq holda 
qatlamdagi suyuqlik va gazning fizik parametrlarining o’zgarishini o’rganishga 
asoslangan. Suyuqlik (neft, suv) va gazni qatlamdan chiqarib olish jarayonida undagi 
qatlam bosimining o’zgarishi hisobiga neft, suv va gazlarning uzluksiz qayta 
taqsimlanishi (joylashishi) sodir bo’ladi. 
Neft, gaz va suvlarning qatlam chegarasida qayta taqsimlanishidan yuzaga 
keladigan o’zgarishlar va ular bilan bog’liq holda gaz va neftning fizik holatlarining 
o’zgarishi neft zaxiralarini moddiy balans tenglamasi bo’yicha hisoblashda 
foydalaniladi. 
Uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida qatlamda mavjud bo’lgan muvozanat 
keyinchalik buziladi, bu jarayon qatlamda sezilarli fatsial o’zgarishlar bo’lganda 
yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu hol qatlam bosimining o’rtacha qiymatini va uning 
tenglamasi, koeffitsientlarini aniqlashni qiyinlashtiradi. SHuning uchun moddiy 
balans metodini qo’llaganda hisoblash sanasiga izobaralar xaritasi tuziladi, so’ngra u 
bo’yicha maydon bo’ylab (yoki qatlam hajmi bo’yicha) qatlam bosimining o’rtacha 
arifmetik qiymati hisoblanadi. Qatlam bosimiga bog’liq bo’lgan barcha parametrlarni 
aniqlashda ushbu o’rtacha qatlam bosimi boshlang’ich ma’lumotlar vazifasini 
o’taydi. 
Ma’lumki, qatlam bosimining taqsimlanishida yuzaga keladigan farq katta 
bo’lsa, o’rtacha qatlam bosimini hisoblashdagi aniqlik past bo’ladi, shunga ko’ra 
ayrim parametrlarning hisoblangan qiymati ham noaniq bo’ladi. 
Moddiy balans metodining qo’llanilishi uyumni ishlatishning boshidanoq 
qatlamni sinchkovlik bilan o’rganishni talab qiladi. Buning uchun quduqda chuqurlik 
manometrlari bilan qatlam bosimini muntazam o’lchash, neft, gaz va suvlardan 
ishonchli namunalar olib borish, kern va chuqurlikdan olingan neft namunalarini 
mufassal tekshirish kerak. 
Kondagibarcha geologik tadqiqotlar muntazam ravishda va katta aniqlikda olib 
borilishi kerak. Moddiy balans tenglamasini chiqarish zaminda bo’lgan 
uglevodorodlarning birlamchi hajmi bilan qazib olingan va zaminda qolgan 
uglevodorodlar orasidagi balansni o’rganishga yoki neft, suv va gazlarni qazib olish 
jarayonida qatlamda bo’shagan g’ovaklar hajmini aniqlashga asoslangan. SHunga 
ko’ra moddiy balans tenglamasi ikki holat uchun tuziladi: 1) materiyaning 
saqlanishiga (ya’ni, og’irlik yoki hajm birliklarida ifodalangan qazib olingan va 
zaminda qolgan uglevodorodlar yig’indisi doimiyligiga) yoki 2) dastlab neft va gaz 
bilan band bo’lgan g’ovaklar hajmining doimiyligiga suyanish mumkin. 


407 
Formulani yozishda hisoblash ishlarini soddalashtirish maqsadida jinslar va 
flyuidlarning qayishqoqlik va taranglik xususiyatlari hisobga olinmaydi, chunki 
ularning qiymatlari o’zida neft va gaz saqlaydigan tabiiy kollektorning umumiy 
energetik balansiga nisbatan juda kichik qiymatga egadir. 
Moddiy balans metodi qo’llanganda qatlamning holati, ya’ni suyuqlik, gaz 
chiqarish va qatlam bosimining pasayish dinamikasi o’rganiladi. Yuqorida qay 
qilinganidek, zaxiralarni hisoblashda ushbu o’rtacha qatlam bosimi uchun aniqlangan 
ayrim o’rtacha parametrlardan foydalaniladi. 
Moddiy balans tenglamasida quyidagi belgilar qabul qilingan:
Q
0

standart sharoitdagi neftning balans boshlang’ich zaxirasi (hajm birligida);
Q
N

balans tenglamasi tuzilayotgan vaqtgacha olingan neft hajmi; 


ctandart sharoitlarda o’lchangan, o’rtacha qatlam bosimida r (balans 
tenglamasi tuzilgan sanada) bir hajm birligidagi neftda erigan gaz hajmining miqdori; 
r
0

standart sharoitlarda o’lchangan, o’rtacha boshlang’ich qatlam bosimida r
0

bir hajm birligidagi neftda erigan gaz hajmining miqdori; 


hisoblash sanasiga qatlamdagi bir fazali neftning hajmiy koeffitsienti 
(hisoblash sanasiga r bosimidagi neftda r hajmli gaz eriganda); 
b
0

uyumdan foydalanishgacha bo’lgan qatlamdagi bir fazali neftining hajmiy 
koeffitsienti (r
0
boshlang’ich bosimdagi neftda r
0
hajmli gaz eriganda); 
V
R

hisoblash sanasiga r bosimdagi qatlam gazining hajmiy koeffitsienti 
р
t
+
Т
0,00351
=
z
t
+
T
t
+
Т
р
1,033
=
V
k
st
k
R

V
0

dastlabki sanaga r
0
bosimida qatlam gazini hajmiy koeffitsienti
r
R

ctandart sharoitlarda, Q
N
hajmda olingan neftning (ya’ni bosimning r
0
dan r 
gacha pasayish davrida) o’rtacha gaz omili. Bu miqdor hisoblash sanasigacha olingan 
gaz jamg’armasini olingan neft jamg’armasiga nisbati orqali aniqlanadi; 
Q
g

standart sharoitlarda gaz qalpog’idagi dastlabki ozod gaz zaxiralari (hajm 
birligida); 


gaz qalpog’idagi gazli qatlam hajmining (qatlam sharoitida) tarkibida erigan 
gaz bo’lgan (qatlam sharoitida) neftli qatlam hajmiga nisbati. Qatlam qalinligi 
o’zgarmas bo’lganda bu nisbat gazlilik chegarasi bilan cheklangan maydonni gazlilik 
va neftlilik chegaralari oralig’ida joylashgan maydonga nisbati orqali topiladi: 
0
0
0
δ
b
Q
V
Q
g


(18.23) 
bundan quyidagini yozish mumkin 
0
0
0
δ
b
Q
V
Q
г

(18.24) va 
0
0
0
V
b
Q
Q
г
δ


(18.25) 


408 


standart sharoitlarda o’lchangan bosimning qiymati r

dan r gacha 
pasayganda qatlamga oqib kirgan suv miqdori (hajm birligida);


standart sharoitlarda o’lchangan bosimning qiymati r

dan r gacha 
pasayganda qazib olingan suv miqdori (hajm birliklarida); 
b

– bosim r

dan r gacha pasayganda neft hajmidan tutash yuza metodi bilan 
foydalanilganda uning hajmining o’zgarishini hisobga oluvchi, ikki fazali qatlam 
nefti va gazi aralashmasining hajmiy koeffitsienti. Bu holda bosim r

dan r gacha 
pasayganda neftdan r
0
-r hajmdagi gaz ajralib chiqadi; ajralib chiqqan gaz neft bilan 
tutash bo’lib, (r
0
-r)V

hajmni egallaydi; unda ikki fazali aralashmaning koeffitsienti 
quyidagi ifodaga ega bo’ladi: 
b
1
=b+(r
0
-r)V


(18.26) 
b=b
1
-r
0
V
0
+rV


(18.27) 
Qatlam neftining aniqlangan hajmiy koeffitsientlarining tahlili b koeffitsientini 
qatlam bosimining o’zgarishiga to’g’ri proportsional holda o’zgarishini, b
1
koeffitsientini esa, teskari proportsional holda o’zgarishini (gaz fazasini borligi 
natijasida) ko’rsatdi, ya’ni uning qiymati bosim ortishi bilan kamayadi va bosim 
kamayishi bilan ortadi. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə