69
2) dengiz sathini ifodalaydigan chiziqda qabul qilingan masshtabda quduqning
kesmadagi o’rni nuqtalar bilan ko’rsatiladi;
3) ko’rsatilgan nuqtalardan quduq tanalari vertikal chiziq holida o’tkaziladi va
quduq amplitudalari
masshtabda ifodalanadi; altitudalar (metrlarda ifodalangan
mutlaq balandlik) belgilarini birlashtirib, kesmaning yo’nalishi bo’yicha relef yuzasi
sxematik shaklda ifodalanadi;
4) quduq tanasiga parallel qilib, ikkinchi chiziq o’tkaziladi va shartli belgilarda
quduq kesimining ustuni chiziladi.
5) quduq kesimlari taqqoslanib, yakuniy geologik kesma chiziladi.
Kesimlarni taqqoslashda hamma quduqlarning kesimidagi qatlamlarning ketma-
ket qatlanib joylashishiga alohida e’tibor beriladi.
Qatlamlarning ketma-ket joylashishida alohida stratigrafik
birliklarning tushib
qolishi yoki alohida nome’yorliklarning mavjud bo’lishi mumkin. Bular o’z
navbatida tog’ jinslarining stratigrafik nomuvofiq yotishidan yoki tektonik buzilish
mavjudligidan dalolat beradi. Binobarin bunday nome’yorliklarning quduq kesimida
uchrashiga alohida e’tibor berish lozim, chunki ular birgalikda tog’
jinslarining
nomuvofiq yotish sababini aniqlashga imkon beradi hamda buzilish yuzasining
kesma tekisligi bilan kesishganligini bildiradi.
5.6-rasmda qazilgan quduqlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan
geologik kesma keltirilgan. Kesma yuqorida qayd etilgan tartibda tuzilgan.