«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

5.1.3. Zonal taqqoslash 
 
Zonal taqqoslash ayrim qatlam va ularning pachkalarini mukammal o’rganish 
uchun amalga oshiriladi. Fatsial o’zgaruvchanligi bilan tavsiflanadigan va ayrim 
qatchalarga ajraladigan, turli yo’nalishlar bo’yicha qiyiqlanadigan qatlamlarni zonal 
taqqoslash ayniqsa muhimdir. Qatlamning ishlatish sistemasini umumiy tahlil qilish 
va loyihalashda ayrim qatchalarning fatsial jihatdan o’zgaruvchanligini, qiyiqlanish 
chegaralarini, maydon bo’ylab tarqalganini kuzatib borish zonal taqqoslashda muhim 
ahamiyatga ega. Agar qatlam yosh yotqiziqlar bilan qoplangan bo’lsa, mahsuldor 
qatlamni taqqoslash uning ustki qismi bo’yicha bajariladi. Qatlamning ustki qismi 
yuvilib ketgan sharoitda esa, zonal taqqoslash qatlamning tubini o’rganish asosida, 


64 
qatlamning ustki qismi va tag qismi yuvilib ketgan bo’lsa yoki u aniq ifodalanmagan 
bo’lsa, qatlam ichidagi belgili qatchani o’rganish asosida ado etiladi. 
5.2-rasmda Romashkin konining bir uchastkasi bo’yicha quyi devon davri D

qatlamlari uchun (fran yarusining pashiy gorizonti) zonal taqqoslash sxemasi 
keltirilgan. 
5.2-rasm. Zonal taqqoslash sxemasi
(M.A.Jdanov, 1981): 1 – reper – yuqorida joylashgan 
ohaktosh gorizonti; 2 – qumtoshlar; 3 – gillar
Mazkur qatlamning yuqori qismidagi ohaktosh belgili (reper) gorizont, deb 
olingan. Sxemada D
1
qatlamda alohida zonal intervallarning juda murakkabligi 
ko’zga yaqqol tashlanib turibdi. 
Umuman sxemada ayrim intervallar yo bir-biri bilan qo’shilib ketadi (a+b
1
va 
b
3
+v), yoki butunlay qiyiqlanib ketadi (a, b
1
, v interval masofalar), yoki uchastka 
bo’ylab ularning qalinligi o’zgarib boradi (b
3
, va g interval masofalar), yoki 
maydonning cheklangan uchastkasida yakka holda tarqalgan bo’ladi (b
2
interval). 
Qatlamning murakkab tuzilganligi yuqorida keltirilgan sxemadan (5.2-rasm) 
yaqqol ko’zga tashlanadi. SHuning uchun ham bunday qatlamlar zonal taqqoslash 
yordamida ayrim qismlarga bo’lib o’rganiladi. Bunday ishlar qatlamni ishlatish bilan 
bog’liq bo’lgan turli masalalarni hal etishda muhim rol o’ynaydi. 
Zonal taqqoslashda vertikal yo’nalish bo’yicha o’zgaruvchan, gorizontal 
yo’nalish bo’yicha esa uzoq masofalarda fizik-litologik xususiyatlari umumiy va 
o’zgarmas bo’lgan quduq kesimining zonal intervallari taqqoslanadi. Ayrim kamyob 
mahalliy qatlar quduq kesimida (zonal interval ichida) uchrasa, u yoki bu intervalqa 
kiritiladi. 
SHuni inobatga olish zarurki, ajratilgan zonal intervallar mahsuldor qatlamning 
geologik tuzilishini mukammal o’rganishda muhim rol o’ynaydi, ammo bu har doim 
mustaqil ishlash ob’ekti bo’la olmaydi. 
Mahsuldor qalin qatlamlar ayrim zonalarga ajratilib, geologik tuzilishi zonal 
taqqoslash asosida mukammal o’rganiladi. Bu platformalardagi yirik neft konlarining 
ishlatish sistemasini tahlil qilish va loyihalash uchun zarur. SHuni qayd etish lozimki, 


65 
platformalardagi mahsuldor qatlamlarning fatsial tuzilishi tez o’zgaruvchanligi bilan 
ajralib turadi. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə